3
So‘z boshi
“Eksperiment natijalariga statistik ishlov berishning zamonaviy usullari”
nomidagi mazkur monografiya 05.05.07 – “Qishloq xo‘jaligida
elektr
texnologoyalar va elektr uskunalar” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan bo‘lib ilmiy
tadqiqot sohalarini hamkorlikda ishlashiga yo‘naltirilgan.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha
Harakatlar strategiyasida, jumladan Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini
etishtirish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilangan
1
.
Biologiya va qishloq xo‘jaligida statistik usullarni qo‘llashning
dastlabki
sharti (asosi) bo‘lib amalda barcha tadqiq etilayotgan ob’ektlardagi - o‘simliklar,
hayvonlar, tuproqlar va boshqalar tabiiy o‘zgaruvchanligi(variatsiyasi) xizmat
qiladi. Bu esa eksperimental ma’lumotlarni miqdoriy baholashni qiyinlashtiradi va
maxsus matematik usullarni qo‘llashni talab qiladi. Ya’ni,
mazkur usullar u yoki
bu kattalikning o‘zgarishi ma’lum bir qonuniyatga zid emasligini va tasoddifiy
o‘zgarishlardan (muhim bo‘lmagan o‘zgarishlardan) farq qilishini asoslaydi.
Ma’lumki, matematik statistika eksperimental ma’lumotlarning aniq
ekanligini baholash hamda shunday joiz chegaralarni,chiqarilgan xulosalar aniq va
etarlicha ishonchli bo‘ladigan chegaralarni, belgilash imkoniyatini beradi.
O‘rganilayotgan
kattaliklarning aloqasini, o‘zaro bog‘lanishini, o‘zaro
nisbatini yoki korrelyatsiyasini(munosabatdaligini) o‘rnatish uchun statistik usullar
muxim o‘rin tutadi. Shuningdek, statistik metodlardan(usullardan)
nazariy
ma’lumotlar asosida qurilgan o‘zgarish tavsiflarining amalda olingan natijalar
asosida qurilgan tavsifga nisbatan qancha farq qilishini ham aniq baholash imkoni
paydo bo‘ladi. Nazariy ma’lumotlar amaliy olingan natijalardan keskin farq qilgan
holatlarda ilmiy gipoteza olib tashlanishi (tashlab yuborilishi)
yoki aksincha
nazariy va amaliy ma’lumotlar yaqin kelsa, gipoteza
qabul qilinishi mumkin
bo‘ladi.
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo ‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni