14
tufayli deb izohlanadi. Bunda o‘lchash zanjiridagi o‘zgarishlar oniy tarzda emas,
balki muayyan vaqt davomida amalga oshirilishi asosiy sabab bo‘ladi.
III.
Kelib chiqishi sababi (sharoitiga) qarab:
asosiy;
qo‘shimcha xatoliklarga bo‘linadi.
Normal (graduirovka) sharoitda ishlatiladigan asboblarda hosil bo‘ladigan
xatolik asosiy xatolik deyiladi. Normal sharoit deganda temperatura 20
S
5
C
havo namligi 65 %
15 %, atmosfera bosimi (750
30) mm.sim.ust., ta’minlash
kuchlanishi nominalidan
2 % o‘zgarishi mumkin va boshqalar.
Agar asbob shu sharoitdan farqli bo‘lgan
tashqi sharoitda ishlatilsa, hosil
bo‘ladigan xatolik qo‘shimcha xatolik deyiladi.
IV.
Mohiyati, tavsiflari, o‘zgarish xarakteriga
qarab va bartaraf etish
imkoniyatlariga ko‘ra:
1.
Muntazam xatoliklar;
2.
Tasodifiy xatoliklar;
3.
Qo‘pol xatoliklar yoki yanglishuv xatoliklarga bo‘linadi.