15
Bunda:
m
– muntazam
xatolik
t
– tasodifiy xatolik
q
– qo‘pol xatolik
Muntazam xatoliklarning kelib chiqish sabablari turli tuman bo‘lib, tahlil va
tekshiruv asosida ularni aniqlash va qisman yoki butkul bartaraf etish mumkin
bo‘ladi. Muntazam xatoliklarning asosiy guruhlari quyidagilar hisoblanadi:
Uslubiy xatoliklar; Asbobiy (qurilmaviy) xatoliklar; Sub’ektiv xatoliklar.
O‘lchash usulining nazariy jihatdan aniq asoslanmaganligi natijasida uslubiy
xatolik kelib chiqadi.
O‘lchash vositalarining konstruktiv kamchiliklari tufayli kelib chiqadigan
xatolik asbobiy xatolik deb ataladi. Masalan: asbob shkalasining noto‘g‘ri
graduirovkalanishi
(darajalanishi),
qo‘zg‘aluvchan
qismning
noto‘g‘ri
mahkamlanishi va hokazolar.
Sub’ektiv xatolik - kuzatuvchining aybi bilan kelib chiqadigan xatolikdir.
Muntazam xatoliklar va ularni kamaytirish usullari.
Additiv va multiplikativ xatoliklar.
Umuman, muntazam xatolikni yo‘qotish yo‘li bir aniq ishlab chiqilmagan.
Lekin,
shunga qaramay, muntazam xatolikni kamaytirishni ba’zi bir usullari
mavjud.
1.
Xatoliklar chegarasini nazariy jihatdan baholash, bu uslub o‘lchash
uslubini, o‘lchash vositalarining
xarakteristikalarini, o‘lchash tenglamasini va
o‘lchash sharoitlarini analiz qilishga asoslanadi. Masalan: o‘lchash asbobining
parametrlari yoki tekshirilayotgan zanjirning ish rejimini
bilgan holda biz uning
tuzatmasini (xatoligi) topishimiz mumkin. Xatolik, bunda, asbobning iste’mol
qiluvchi quvvatidan, o‘lchanayotgan kuchlanishning chastotasini oshishidan hosil
bo‘lishi mumkin.
2.
Xatolikni o‘lchash natijalari bo‘yicha baholash. Bunda o‘lchash
natijalari
har xil prinsipdagi usul va o‘lchash apparaturasidan (vositalaridan) olinadi.
16
O‘lchash natijalari orasidagi farq - muntazam xatolikni xarakterlaydi. Bu uslub
yuqori aniqlikdagi o‘lchashlarda ishlatiladi.
3.
Har xil xarakteristikaga ega bo‘lgan, lekin bir xil fizikaviy prinsipda
ishlaydigan apparatura yordamida o‘lchash usuli. Bunda o‘lchash ko‘p marotaba
takrorlanib, o‘lchash natijalari muntazam statistika usuli yordamida ham ishlanadi.
4.
O‘lchash apparaturasini ishlatishdan oldin sinovdan o‘tkazish. Bu usul
ham aniq o‘lchashlarda ishlatiladi.
5.
Muntazam xatoliklarni keltirib chikaruvchi sabablarni yo‘qotish yo‘li.
Masalan: tashqi muhit temperaturasi o‘zgarmas qilib saqlansa, o‘lchash vositasini
tashqi maydon ta’siridan himoyalash maqsadida ekranlashtirilsa,
manba
kuchlanishi turg‘unlashtirilsa (stabillashtirilsa) va h.k.
6.
Muntazam xatolikni yo‘qotishning maxsus usulini qo‘llash: o‘rin
almashlash (o‘rindoshlik), differensial usuli, simmetrik kuzatishlardagi xatoliklarni
kompensatsiyalash usuli.
O‘lchash vositalarining absolyut xatoligi o‘lchanadigan kattalikning
o‘zgarishiga bog‘liq, shuning uchun ham absolyut xatolik ifodasi ikki tashkil
etuvchidan iborat deb qaraladi. Masalan: absolyut xatolikning
maksimal qiymati
quyidagicha ifodalanadi:
|
|
max
=|a|+|b
x| (1.11)
Xatolikning birinchi tashkil etuvchisi o‘lchanadigan kattalikning qiymatiga
bog‘liq bo‘lmaydi va u additiv xatolik deyiladi. Ikkinchi tashkil etuvchisi esa
o‘lchanadigan kattalikning qiymatiga (o‘zgarishiga) bog‘liq bo‘lib,
multiplikativ