I-BOB. O‘LCHASH ASOSLARI BO‘YICHA ASOSIY MA’LUMOTLAR




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/45
Sana26.12.2023
Hajmi1,74 Mb.
#128387
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
Wd3cBV9aDMQgnkT7Ggr5a3SYfpa6iV83EIJ7f0Up

I-BOB. O‘LCHASH ASOSLARI BO‘YICHA ASOSIY MA’LUMOTLAR 
1.1. Tadqiqot natijalariga statistik ishlov berishning asoslari. 
Biologiya va qishloq xo‘jaligida statistik usullarni qo‘llashning dastlabki 
sharti (asosi) bo‘lib amalda barcha tadqiq etilayotgan ob’ektlardagi - o‘simliklar, 
hayvonlar, tuproqlar va boshqalar tabiiy o‘zgaruvchanligi(variatsiyasi) xizmat 
qiladi. Bu esa eksperimental ma’lumotlarni miqdoriy baholashni qiyinlashtiradi va 
maxsus matematik usullarni qo‘llashni talab qiladi. Ya’ni, mazkur usullar u yoki 
bu kattalikning o‘zgarishi ma’lum bir qonuniyatga zid emasligini va tasoddifiy 
o‘zgarishlardan (muhim bo‘lmagan o‘zgarishlardan) farq qilishini asoslaydi. 
Mazkur bo‘limda quyidagi adabiyotlar tahlil qilindi[1-22,26,27,46]. 
Ma’lumki, matematik statistika eksperimental ma’lumotlarning aniq 
ekanligini baholash hamda shunday joiz chegaralarni, chiqarilgan xulosalar aniq va 
etarlicha ishonchli bo‘ladigan chegaralarni, belgilash imkoniyatini beradi.
O‘rganilayotgan kattaliklarning aloqasini, o‘zora bog‘lanishini, o‘zora 
nisbatini yoki korrelyatsiyasini(munosabatdaligini) o‘rnatish uchun statistik usullar 
muxim o‘rin tutadi. Shuningdek, statistik metodlardan(usullardan) nazariy 
ma’lumotlar asosida qurilgan o‘zgarish tavsiflarining amalda olingan natijalar 
asosida qurilgan tavsifga nisbatan qancha farq qilishini ham aniq baholash imkoni 
paydo bo‘ladi. Nazariy ma’lumotlar amaliy olingan natijalardan keskin farq qilgan 
holatlarda ilmiy gipoteza olib tashlanishi (tashlab yuborilishi) yoki aksincha 
nazariy va amaliy ma’lumotlar yaqin kelsa, gipoteza qabul qilinishi mumkin 
bo‘ladi. 
Yuqoridagilarni amalga oshirishda statistik usullarni birdan-bir maqsadga 
aylantirish mumkin emas, balkim qishloq xo‘jaligi ob’ektlarining xossalaridan 
kelib chiqgan holatdan tadqiqiy natijalariga to‘g‘ri ishlov berish va tahlil qilishda 
yordamchi vosita bo‘lishi talab etiladi. ya’ni bu usullar tajriba o‘tkazuvchining 
maxoratiga sira ham ta’sir ko‘rsata olmaydi. Ular faqat matematik apparat bo‘lib 
EHM bazasida ma’lumotlar usulida arifmetik amallarni bajaradi xolos. Demak, 
tajriba o‘tkazuvchi inson malakasiz bo‘lsa, yoki tajriba noto‘g‘ri o‘tkazilsa eng 
zo‘r statistik ishlov berish usullari ham to‘g‘ri xulosalar chiqarishga ojizlik qiladi. 



Tajriba o‘tkazuvchining asosiy vazifasi bu sifatli va maqsadga yo‘naltirilgan 
tajribalarni o‘tkazish, matematik statistika esa agronomik tadqiqotlarni to‘g‘ri olib 
borishda tajriba o‘tkazish uchun optimal sharoitlarni tanlashda yordam beradi, 
eksperimental ma’lumotlarga ob’ektiv, sonli baho beradi. 
Matematik statistika usullari hodisalarning mohiyatini ochib bermaydi, 
ammo mazkur hodisalarning miqdoriy tomonini shakillantiradi. Statistik ishlov 
berishning tadqiqotlar olib borishdagi o‘rni shu bilan yuqori baholanadiki, 
tajribalar o‘tkazish amaliyoti shuni tasdiqlab turibdi, eksperimentlarning barcha 
jarayonlarida: tajriba boshlanishidan to oxirgi yakuniy xulosalar qabul qilinganicha 
rejali tajribalarni o‘tkazish va statistik ishlov berishlar tajriba o‘tkazuvchining 
yo‘ldoshi bo‘lishi kerak. Ya’ni, statistik tahlil usullaridan uzluksiz va muntazam 
foydalanib borish zarur.

Download 1,74 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I-BOB. O‘LCHASH ASOSLARI BO‘YICHA ASOSIY MA’LUMOTLAR

Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish