71
Diagrammalar asosan sonlar bilan ish yuritadi.
Buning uchun ishchi jadval
varag‘iga bir necha son kiritiladi, so‘ng diagramma tuzishga kirishiladi. Odatda,
diagrammalar uchun foydalanilayotgan ma’lumotlar bir joyda joylashgan bo’ladi.
Ammo bu shart emas. Bitta diagramma ma’lumotlarni ko‘p sonli ishchi varaqlar
va xatto ishchi kitoblardan ham olishi mumkin.
EXCELda tuzilgan diagrammalarni joylashtirishning ikki xil varianti
mavjud:
1. Diagrammani varaqning ichki elementi sifatida bevosita varaqqa qo‘yish.
(Bu diagramma joriy qilingan diagramma deb ataladi.)
2. Ishchi kitobning yangi diagrammalar varag’ida diagramma qo‘yish.
Diagramma varag‘i ishchi kitobning varag’idan bitta diagrammani saqlashi va
yacheykalari bo‘lmaganligi bilan farq qiladi.
Agar diagramma varag‘i faollashtirilsa,
unda EXCEL menyusi u bilan
ishlash uchun mos holda o‘zgaradi.
Diagrammani joylashtirish usullaridan qat’iy nazar, diagramma ko‘rish
jarayonini bevosita boshqarish mumkin. Ranglarni o‘zgartirish, shkala masshtabini
o‘zgartirish, tur (setka) chiziqlariga qo‘shimchalar kiritish va boshqa elementlarni
qo‘llash mumkin.
EXCEL diagrammasi ishchi jadval varag‘ining ma’lumotlari bilan bevosita
bog‘liq. Ishchi jadval varag’idagi ma’lumotlar o‘zgartirilsa, tezda ularga bog‘liq
bo‘lgan diagramma chiziqlari o‘zgaradi.
Diagrammalarning bir necha xil turlari mavjud:
chiziqli, doiraviy, grafik
shakldagi va boshqalar. EXCELda diagrammalarning ixtiyoriy turini tuzish
mumkin. Ayrim diagrammalar juda murakkab shakllarni ham aks ettiradi.
Masalan, bargli, halqasimon va x.k.
Diagrammalar hosil qilingandan keyin u o‘zgarmas holatda bo‘lmaydi, balki
har doim uning shaklini o‘zgartirib turish va maxsus bichimlash atributlarini
qo‘shish, yangi ma’lumotlar to‘plami bilan to‘ldirish, mavjud ma’lumotlar
to‘plamini boshqa diapazon yacheykalardan foydalanadigan qilib ma’lumotlarni
o‘zgartirish mumkin.
72
Boshqa grafik ob’yektlar kabi diagrammalarni
bir joydan ikkinchi joyga
ko‘chirish ham mumkin. Uning o‘lchamlarini, nisbatlarini o‘zgartirish,
chegaralarini to‘g‘rilash va ular ustida boshqa amallarni bajarish ham mumkin.
Joriy qilingan diagrammaga o‘zgartirishlar kiritish uchun sichqoncha
ko‘rsatkichining chap tugmasini ikki marta bosish kerak bo‘ladi. Bunda
diagrammalar faollashib, EXCEL menyusi diagrammalar
bilan ishlash uchun
kerakli buyruqlarni ko‘rsatadi. Joriy qilingan diagrammalarning asosiy afzalligi
shundaki, ularni diagramma tuzish uchun foydalanilgan ma’lumotlar yoniga
joylashtirish mumkin.
Alohida varaqda joylashtirilgan diagrammalar butun varaqni egallaydi.
Agarda bir nechta diagramma tuzmoqchi bo‘lsangiz, unda har birini alohida
varaqlarga joylashtirish maqsadga muvofiq. Shunda
varaqdagi diagrammalarning
«ko‘rinarlilik darajasi» saqlanadi. Bundan tashqari, bu usul ko‘rilgan
diagrammalarni tezda topish imkonini beradi, chunki bu holda diagramma
varag‘ining muqova yorlig‘iga mos nomlar berish mumkin.