Zamonavi EHMlar elektron jadvalidan tajriba




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/45
Sana26.12.2023
Hajmi1,74 Mb.
#128387
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   45
Bog'liq
Wd3cBV9aDMQgnkT7Ggr5a3SYfpa6iV83EIJ7f0Up

3.1 Zamonavi EHMlar elektron jadvalidan tajriba 
natijalariga ishlov berish 
O‘lchash texnikasining hozirgi kundagi holati 
O‘lchash texnikasidagi yangi va avtomatlashtirilgan tizimlar 
O‘lchash texnikasining rivoji uchun yangi o‘lchash usullari asos bo‘lib 
xizmat qiladi. Keyingi paytlarda yangi o‘lchash usullarining paydo bo‘lishi nafaqat 
atrof muhitni tekshirish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan yangi fizikaviy 
hodisalarning ochilishi, balki yangi hususiyatlarga ega bo‘lgan birlamchi
o‘lchash o‘zgartkichlari ishlab chiqarish texnologiyasining tez rivojlanishiga ham 
bog‘liqdir. Bunday yangi o‘lchash usullari ichida yarim o‘tkazgichli
o‘zgartkichlardan, yorug‘lik o‘zgartkichlaridan, yupka plyonkali 
o‘zgartkichlardan, O‘YUCH-o‘zgartkichlardan foydalanishga mo‘ljallangan 
usullarni aytib o‘tish mumkin. Mazkur bo‘limda quyidagi adabiyotlar tahlil 
qilindi[39-48]. 
Mikroprotsessorli axborotlarni qayta ishlash vositalarining yangi,
zamonaviy turlarini yaratilishi o‘lchashlar nazariyasi va amaliyotining rivojiga 
salmoqli turtki bo‘ldi. 
Mikroprotsessor - sonlarning ikkili kodidan iborat muayyan arifmetik va 
mantiqiy 
amallarni 
bajarishga 
mo‘ljallangan 
qurilmadan 
iborat. 
Mikroprotsessorlarning aniq turiga bog‘liq ravishda bu operatsiya (komanda) lar 
yig‘indisi sifat hamda mazmun jihatdan ham keskin farq qilishligi mumkin. Lekin 
har qanday holda ham komandalar yig‘indisi uchun ular kombinatsiyasi orqali har
qanday talab qilingan sonlar o‘zgartirishini ta’minlaydigan komandalar 
yig‘indisining to‘lalik sharti bajarilishi kerak. Odatda, mikroprotsessor bir yoki bir 
nechta integral mikrosxemalar ko‘rinishida yasaladi. Mikroprotsessorlarning kichik 


66 
o‘lchamlari va nisbatan arzonligi ularni o‘lchash asboblari va tizimlari tarkibida 
muhim o‘zgartkichlardan biri sifatida ishlatish imkonini beradi. 
Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (ALT) nazariyasining muvaffaqiyati 
o‘lchash vositalarini ishlab chiqarish amaliyotining ehtiyoji tufayli yuzaga keldi. 
ALT loyihalash muddatlarini bir necha marta qisqartirish bilan birgalikda 
loyihalash sifatining oshishini ta’minlaydi. ALT ning maqsadi loyihalashdagi o‘ta 
qiyin va mayda ishlarni EHM yordamida bajarishdan iboratdir. Bunday 
operatsiyalarga quyidagilar mansubdir: 

mavjud texnikaviy echimlar haqidagi axborotlarni qidirish; 

mumkin bo‘lgan echim variantlarini ajratib olish; 

tavsiflarni hisoblash va parametrlarni maqbullashtirish (optimallashtirish); 

loyiha hujjatlarini tayyorlash. 
O‘lchash vositalarini ishlab chiqishni tezlashtirish va sifatini sezilarli 
darajada oshirish bir xil metrologik asosdagi kompleks loyihalash tizimlarini 
yaratish va keng ko‘lamda tadbiq etish evaziga erishilishi mumkin. Bunday usul 
elementlari o‘lchash tizimlarining keng avtomatlashtirilgan loyiha tizimlarida 
(O‘TKALT) ishlatilgan. 
O‘TKALT tizimlarini uslubiy ta’minlash asosida quyidagilar yotadi: 

o‘lchash vositalarining informatsion tavsiflarini baholash

informatsion operatorlar yordamida informatsion jarayonlarni modellash;

informativ signallarni o‘zgartirishning operatorli tenglamalaridan foydalanib 
strukturali sxemalarni sintez qilish; 

alohida loyihali echimlarining dastlabki berilmalari majmui asosida 
muqobillashtirish usullaridan foydalanish. 
Sun’iy yaratish yo‘lida to‘rtta asosiy masalani echish lozim bo‘ladi: 
1. Fikrlash qonunlarini tekshirish va ularga mos keladigan algoritmlarni yaratish; 
2. EHM ga kelib tushayotgan axborotlarni, hamda fikrlashning "sotsial" 
aspektlarini to‘g‘ri tushunishni ta’minlovchi juda ko‘p miqdordagi 
boshlang‘ich bilimlar bazasini EHM da yig‘ish;


67 
3. Bilim va rivojlanish jarayonining asosi sifatida sun’iy ong tizimlarning amaliy 
faoliyatini ta’minlovchi vositalar yaratish, ya’ni birinchi navbatda inson qo‘lini 
modellashtirish; 
4. Sun’iy sezgi organlari va obrazlarni aniqlash (tanish, ilg‘ash) tizimlarini 
yaratish. 
Yuqoridagi sanab o‘tilgan masalalardan oxirgisi o‘lchash texnikasining
yutuqlariga tayanadi. Uni echishda olimlar o‘z oldilariga inson sezgi organlariga
yaqin tavsiflarga erishish masalasini qo‘yishmaydi. Avvalroq biz inson sezgi 
organlari qanchalik mukammal emasligi xaqida gapirgan edik. Shuning uchun 
tabiat tomonidan yaratilgan narsalarni ko‘r-ko‘rona takrorlash shart ekanmi?
Ko‘rinishidan suniy ong tizimlari ixtisoslashtirilib, har bir ixtisoslashtirish
doirasida ularning sezgi organlari xilma-xil va insonnikidan mukammalroq 
bo‘ladi. Masalan, yaqin kelajakda tibbiyot bo‘yicha ixtisoslashgan suniy ong 
yaratilishini juda katta ehtimollik bilan aytish mumkin. 
Bunday tizim ko‘rinishidan, nafaqat ko‘rish va eshitish qobiliyatiga, balki 
temperatura va elektr potensiallari aniq o‘lchash vositalariga, tashhisning 
ultratovush vositalariga va boshqa o‘lchash qurilmalariga ega bo‘ladi. Albatta, 
mukammal o‘lchash vositalari bilan ta’minlangan boshqa ixtisoslashgan ongli 
tizimlar ham yaratiladi. 
Ilmiy-texnik taraqqiyotning bosh yo‘nalishlaridan biri keng ko‘lamli
informatsion tarmoqlarni rivojlantirish bo‘lib, bunda etakchi rollardan biri o‘lchash 
texnikasiga tegishlidir. Bunday tarmoqlarning ilg‘or yutuqlari tadbiqini 
tezlashtirish, 
rejalash 
va 
boshqarishni 
koordinatsiyalash 
hamda 
mukammallashtirishda ulkan ahamiyatga ega bo‘lib, ilmiy-texnikaviy 
adabiyotlarda ham, hukumatning muhim qarorlarida ham bir necha marotaba 
ta’kidlangan. Ammo, afsuslar bo‘lsinkim, hamisha ham bu muammoni echishning
o‘ta muhim tomonlaridan biri - tarmoqqa haqiqiy ma’lumot kiritishga diqqat 
qilinmayapti. 
Ma’lumot manbai informatsion tarmoqqa o‘lchash qurilmasi va hujjatlarini 
kiritayotgan operator-inson bo‘lishi mumkin. Agar birinchi ikki manbadan 


68 
kelayotgan axborotlarda xatolar va aqliy chalkashtirishlar bo‘lishi mumkinligini 
hisobga olinsa, bunda informatsion tarmoqlarning samaradorligini ta’minlashdagi 
o‘lchash qurilmalarining ulkan roli aniq bo‘ladi. 
Informatsion tarmoq tarkibiga birinchi navbatda kiritilishi lozim bo‘lgan 
o‘lchash qurilmalari ichida dastavval xom-ashyo, materiallar, tayyor mahsulotlar, 
energetik va boshqa resurslarni hisoblovchi har xil vositalarni aytib o‘tish kerak.
Bu ob’ektiv va muqobil rejalash imkonini berib, yuqoridagi mahsulotlar uchun 
korxonalar, tashkilotlar va alohida kishilar orasidagi hisoblash ishlarini 
osonlashtiradi va avtomatlash-tirish imkonini beradi. Keng ko‘lamli informatsion 
tarmoqlar tarkibiga alohida korxonalarning o‘lchash informatsion tizimlarini
kiritish, uning imkoniyatlarini keskin oshiradi. 
Bunday informatsion tarmoqlar samaradorligining zarur sharti-tarmoq uchun 
mo‘ljallangan o‘lchash axborotlarini standartlashtirilgan formada tasvirlovchi
etarli darajada arzon va oddiy, hamda ishonchli o‘lchash asboblarini ommaviy 
ishlab chiqarishdir. Ushbu shartni ta’minlash uchun metrolog-olimlar, 
muhandislar, loyihachilar, Davlat metrologiya va standartlashtirish organlari,
ishlab chiqaruvchilar hali ko‘p faoliyat ko‘rsatishlariga to‘g‘ri keladi. 
Mikrokontrollerlar va mikroprotsessorlar asosida ishlaydigan o‘lchash 
asboblari yana ham ko‘paymoqda. Bu esa, turli ishlab chiqarish va texnologik 
jarayonlarning samaradorligini yanada oshirishda qo‘shimcha imkoniyatlar 
yaratadi. Darhaqiqat, mikrokontrollerlar va mikroprotsessorlarning o‘lchash 
asboblari va qurilmalarida keng qo‘llanilishi o‘lchash amalini birmuncha 
soddalashtiradi, sarf-harajatlarni kamaytiradi, o‘lchash aniqligini esa oshiradi. Bu 
esa ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatlari jahon andozalariga mos 
bo‘lishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etuvchi omillardan biri bo‘lib 
hisoblanadi.


69 

Download 1,74 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   45




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zamonavi EHMlar elektron jadvalidan tajriba

Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish