Eksperiment natijalariga statistik ishlov berishning zamonaviy usullari monografiya




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/45
Sana26.12.2023
Hajmi1,74 Mb.
#128387
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   45
Bog'liq
Wd3cBV9aDMQgnkT7Ggr5a3SYfpa6iV83EIJ7f0Up

2. Ossillografni ulash 
Kuchlanish ikki nuqtadan o‘lchanadiganligi uchun ham Ossillografning 
kiritishida ikkita qisma mavjud. Va ular teng qiymatli emas. "Faza" deb ataladigan 
birinchi qisma nurni vertikal og‘diruvchi kuchaytirgichning kirishiga ulangan. 
Ikkinchi qisma esa “zaminlash”(yerlash) yoki “g‘ilof”(korpus) elektrodi 
hisoblanadi. Bunday deyilishiga sabab, chunki u qurilma g‘ilofi(korpusi) bilan 
elektrli(galvanik) aloqaga ega(bu barcha elektrli sxemalarning umumiy nuqtasidir). 
Ossillograf 
yerga 
nisbatan 
kuchlanishning 
o‘zgarishini 
ko‘rsatadi.
Kirish o‘tkazgichlarining qaysi biri faza ekaninligini bilish juda muhimdir. Import 
qilinadigan asboblarda(zamonaviy Ossillograflarda) odatda maxsus moslashtirilgan 
tekshirgich elektrodlardan foydalaniladi. Ularning zaminlanuvchi(yerlanadigan) 
qismi “timsoh” turidagi elektrod ko‘rinishida bo‘lib tekshirilayotgan qurilmaning 
korpusiga ko‘p marta tegib ishlatilishda(ishonchli "biriktirilishda") qulay bo‘ladi 
(6-rasm). Bunday holda, fazani va korpusni(g‘ilofni) chalkashtirib qo‘yish odatda 
mumkin emas. 
2.6-rasm. Zamonaviy Ossillografning shchupi, chapda "ignali", o‘ng tomonda 
qismali 


59 
Mahalliy 
ishlab 
chiqarishdagi 
Ossillograflar 
odatda 

mm 
diametrli 
shchup(elektrod) (ba’zan audio jihozlarni ishlatuvchilar tomonidan "banan" deb 
nomlanadi) uchun standartlarga ega bo‘lgan shnurlar(egiluvchan izolyatsiyali 
similar) bilan jihozlangan(Rasm.7). Bunday holatda, har ikkala shnur ham bir xil 
bo‘ladi va ularni ajratish uchun qo‘shimcha funktsiyalar qo‘llaniladi. Bu 
belgilarning bir nechtasi bor va ular har qanday birikmada ishlatilishi (paydo 
bo‘lishi) mumkin: 
• zaminlash(yerlash) simlari uzunroq; 
• zaminlash(yerlash) similar jigarrang(standart) yoki qora rangli; 
• zaminlash(yerlash) simining vilkasi quyidagi ramziy belgiga ega 
«korpus»(g‘ilof)
yoki «zamin»(yer) 

2.7-rasm. Qo‘l bilan kirish kabelining fazasiga tegilsa, ossillografning ekranida 
hosil bo‘lgan g‘ijimlanishlar(shovqinlar) tasviri 
Bu buzilishlar inson tanasi bilan xonaga joylashtirilgan tarmoq 
kabellari(simlari) o‘rtasida zaryad sig‘imi mavjudligi tufayli kelib chiqadi. Va bu 
kabi zanjirdan oqib o‘tuvchi tok hosil bo‘ladi: 220 V 50 Gts li yorug‘lik 
tarmog‘ining fazasi - tarmoqning simlari va inson tanasi - inson qo‘li - 
kuchaytirgichning kirishi (kirish simining fazasi) - kuchaytirgichning elektron 
konturi - Ossillograf korpusi – korpus va Yer o‘rtasidagi sig‘im - tarmoqning
neytral 
simi(u 
har 
doim 
zaminlangan(yerlangan)).


60 
Zanjir berk(yopiq), tok oqadi. Ushbu tokning kattaligi 10
-8
... 10
-6
amper, ammo 
Ossillografning kirishi juda yuqori qarshilikka ega (10
6
Om). Shuning uchun 
etarlicha katta(juda katta) kuchlanish paydo bo‘ladi. Sinusoida g‘ijimlangan 
ko‘rinishga ega bo ‘ladi(ekranda buzilib ko‘rinadi), chunki tarmoq - inson tanasi 
chastotaga bog‘liq: chastota qanchalik yuqori bo‘lsa, qarshilik shuncha past 
bo‘ladi. Shuning uchun yuqori chastotali tashkil etuvchilar (tarmoqning 
garmonikasi va unga kiritilgan buzilishlar) Ossillografning kirishida katta tok va 
katta kuchlanish hosil qiladi. 

Download 1,74 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   45




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Eksperiment natijalariga statistik ishlov berishning zamonaviy usullari monografiya

Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish