Ossillografning ishlash tamoyili




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/45
Sana26.12.2023
Hajmi1,74 Mb.
#128387
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   45
Bog'liq
Wd3cBV9aDMQgnkT7Ggr5a3SYfpa6iV83EIJ7f0Up

1. Ossillografning ishlash tamoyili 
Elektron nurli naycha(ENN) qurilmaning "yuragi" hisoblanadi. (Rasm.2.) 
2.2-rasm. Elektrostatik boshqarishga ega bo‘lgan elektron nurli naycha qurilmasi 
ENN elektron lampa(chiroq) hisoblanadi, va, barcha lampalar singari vakuum 
bilan 
“to‘ldiriladi”. 
Katod 
elektronlarni 
chiqaradi(nurlaydi) 
va 
markazlashtiruvchi(fokuslovchi) tizim esa ulardan ingichka nurni hosil 
qiladi(shakllantiradi). 
Ushbu elektron nur lyuminofor bilan qoplangan ekranga uriladi, ekran esa 
elektronli bombardirovkalash ta’siri ostida nurlanadi, hamda ekranning markazida 
yorqin nuqta paydo bo‘ladi. ENNning ikki juft plastinkalari elektron nurini 
koordinatalar o‘qi deb qaralishi mumkin bo‘lgan ikkita o‘zaro vertikal o‘qlar 
yo‘nalishda og‘diradi(harakatlantiradi). Shu sababli, ENN ekranida tadqiq 
qilinayotgan kuchlanishni kuzatish uchun gorizontal o‘qi bo‘ylab vaqtga 
proportsional ravishda va vertikal o‘qi bo‘ylab – tadqiq qilinadigan kuchlanishga 
proportsional(mutanosib) ravishda yo‘naltirish kerak. Gorizontal og ‘dirish 
plastinalari (vertikal holda joylashgan) yoyish(tarama) kuchlanishi beriladi. U 
arrasimon shaklga ega: u asta-sekin o‘sib boradi va tezlik bilan(keskin) tushadi (3-


55 
rasm). Manfiy kuchlanish nurni chap tomonga, musbat kuchlanish esa - o‘ng 
tomonga(ekranning yon tomonida ko‘rinadigan) og‘diradi. 
Natijada, nur, ekran bo‘ylab chapdan o‘ngga ma’lum bir o‘zgarmas tezlik 
bilan harakat qiladi, keyin ekranning chap chegaralariga juda tez(keskin) qaytadi 
va harakatini takrorlaydi. Nurning gorizontal o‘q bo‘ylab o‘tadigan masofasi 
vaqtga proportsional(mos keladi). Ushbu jarayonni yoyish deb ataladi va nur ekran 
bo‘ylab 
chizilgan 
gorizontal 
chiziqka 
(hatto 
ba’zan 
o‘lchovlarda 
nolinchi(boshlang‘ch) qator deb ataladi) yoyish liniyasi deyiladi. Grafikning vaqt 
o‘qi rolini bajaradi. Arrasimon impulslarining takrorlanish tezligiga yoyish 
chastotasi deyiladi, ammo u o‘lchash uchun ishlatilmaydi. O‘lchashlar uchun biz 
quyida muhokama qilinadigan yoyish tezligini bilishinmiz kerak. 
2.3-rasm. Yoyish kuchlanishining shakli 
Vertikal og‘dirish plastinalariga(gorizontal joylashgan) tadqiq qilinadigan 
kuchlanish berilsa, u holda nurlar vertikal yo‘nalishda ham og‘adi: musbat 
kuchlanishda yuqoriga va manfiy kuchlanishda pastga tushishi bilan. Nur vertikal 
va gorizontal ravishda bir vaqtning o‘zida harakatlanadi va natijada, 
o‘rganilayotgan signalvaqt bo‘yicha "yoyiladi". Olingan tasvir osilogramma 
deyiladi. Aslida, liniyaliga qo‘shimcha ravishda, aylanasimon va spiralsimon 
yoyishlar ham mavjud, shuningdek, Lissaju shakllari ham mavjud. Lekin biz 
bularga batafsil to‘xtamaymiz. 


56 
Yoyish va signal chastotalarining nisbatini kuzatish(o‘rganish) muhim 
hisoblanadi. Agar bu chastotalar to‘liq teng bo‘lsa, u holda ekranda tekshirilgan 
signalning to‘liq bir davri ko‘rsatiladi(tasvirlanadi). Agar signal chastotasi yoyish 
chastotasidan ikki marta ko‘p bo`lsa ekranda ikkita davr tasvirini ko‘ramiz, uch 
marta ko‘p bo`lsa esa ekranda uchta davr tasvirini ko‘ramiz. Agar signal chastotasi 
yoyish chastotasidan ikki marta kam bo`lsa(signal davrining yarmini tashkil qilsa), 
signalning faqatgina yarmi ko‘rinadi. Yoyishning chastotasi(davrtezligi) keng 
chegaralarda rostlanishi(sozlanishi) mumkin. 
Biroq, agar yoyish va signal chastotalari aynan bir xil bo‘lsa, tasvir 
tiniq(barqaror) bo‘ladi. Chastotalarning eng kichik mos kelmasligi tufayli, nurni 
ekranning har bir boshi kirish signali funksiyasining yangi nuqtasiga to‘g‘ri keladi 
va uning grafigi har safar yangi holatga tushadi. Chastotalarning kichik mos 
kelmasligida (Gertsning ulushi qadar), chap yoki o‘ngga "suzuvchi" grafiklarning 
hosil bo‘lishiga olib keladi. Agar chastotalarning mos kelmasligi bir necha gerts 
yoki undan ko‘p bo‘lsa, osillogramma o‘qilmaydigan tasvirga keladi(4-rasm). 
2.4-rasm. Sinxronizm mavjud bo‘lmagandagi osilogramma 
Lekin chastotalarning mutlaqo aniq mos tushishiga erishish deyarli mumkin 
emas (ayniqsa, o‘nlab yoki yuzlab kilogertslarda). Shuning uchun Ossillografdagi 
yoyishni maxsus sinxronizatsiyalash sxemasi nazorat qiladi. Bu moslama nur 
harakatlanishni boshlashi uchun ekrandagi nurning harakati boshlanishini, kirish 
kuchlanishi muayyan qiymatga yetgan vaqitgacha, kechiktiradi. 


57 
Mazkur holatda, nur har safar kirish signali grafigidagi aynan bir xil nuqtadan 
harakatlanishni (va otsillogrammani(to‘lqin shaklini) chizishni) boshlaydi. 
Natijada, har bir keyingi nur harakati signalni va yoyishning chastotalari sezilarli 
darajada to‘g‘ri kelmasa ham, rasmni bir xil holatda tasvirlayi(chizadi). 
Barqaror va turg‘in rasm hosil bo‘ladi. Sinxronizatsiya sodir bo‘lgan 
signalning kuchlanishi (sinxronizatsiya darajasi) Ossillograf nazorati bilan 
o‘rnatiladi. Vizual ravishda ushbu kuchlanishdagi o‘zgarish ko‘rsatilgan grafikning 
boshlanish davri signal davri boshlanishiga nisbatan siljishga olib keladi(Rasm.5). 
a) 
b) 
v) 
2.5-rasm. Turli xil sinxronlash darajalarida ossillogrammalar 
Bir vaqtning o‘zida bir nechta signallarni kuzatish uchun bugungi kunda ko‘p 
yo‘lli va ko‘p kanalli Ossillograflar ishlab chiqarilmoqda. Odatda kanallar soni 
ikkitadir (aks holda osillogrammani olish juda qiyin va qimmat bo‘ladi). ENN 
ikkita nurli Ossillograflar umumiy ekranda ikkita nur bilan bir vaqtning o‘zida 
ishlaydi, bu ikki signalni mutlaqo mustaqil ravishda kuzatishga imkon 
beradi.Ammo bunday asboblar(o‘lchash qurilmalari) murakkab va qimmat. 
Shuning uchun ikkita kanalli Ossillograflar keng tarqalgan. Ularning ENNlari eng 
oddiy (keng tarqalgan). Lekin ular ikkita kirishga hamda kiruvchi signallarga 
xizmat qiluvchi ikkita alohida mustaqil vertikal og‘diruvchi kuchaytirgichlarga 
ega.Bundan tashqari, ular ENN (vertikal og‘dirish plastinkalari)ni bir kanaldan 
ikkinchisiga juda tezlik bilan o`tkazish bilan ajralib turadigan yuqori tezkor 


58 
kalitlarga(kommutatorlarga) ega. Signalning tasviri uzluksiz chiziqlar emas, balki 
ko‘plab iborat. Biroq, ekranda shtrixlar birlashadi va natijada, kirish signallarining 
ikkita mustaqil grafiklari hosil bo‘ladi. Faqat yuqori chastotali signallar 
kuzatilganida va yoyishning muvaffaqiyatsiz chastotasida tasvir uzuq 
chiziqlardan(shtrixlardan) iborat bo‘ladi. 

Download 1,74 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   45




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish