2.2 Multimetr bazasidagi ossillografda ishlash usuli va olingan
natijalarga ishlov berish
RIGOL DS1052E raqamli ossilografi
Rigol DS1000 rusumdagi raqamli xotirada saqlash ossillograflari bir qator
to‘lqin(signal) shaklining parametrlarini kuzatish va o‘lchash uchun maxsus
imkoniyatlarga ega. Seriyali asboblar ixcham va engil. Mazkur bo‘limda quyidagi
adabiyotlar tahlil qilindi[ 38,39].
Rigol rusumli DS1000 seriyadagi ossillograflar maxsulotlarni sinash,
ishlatish(xizmat qilish), tadqiqotlar va ishlanmalar uchun, analog/raqamli har
qanday sxemalarning nosozliklarini tekshirish va muammolarni bartaraf etish,
shuningdek, o‘quv jarayoni va amaliyot uchun ideyal mos keladi.
2.8-rasm. RIGOL DS1052E raqamli ossilografining old ko ‘rinishi
61
• Rigol DS1052E ossillografining o‘tkazish poyoni(qobiliyati): 50 MGts;
• Maksimal diskretlash chastotasi: real vaqt rejimida 1 gigagertsli (1 kanalli),
ekvivalent(muqobil) rejimda 10 GGts li;
• Kanallar soni: 2;
• Xotira chuqurligi 1 M gacha (Ultra Zoom), vertikal o‘lchamlari 8 bit.
• Vertikal og‘ish koeffitsienti: 2 mV/bo‘l ~ 10 V/bo‘l;
• Yoyish koeffitsienti: 5 ns/ bo‘l ~ 50 s/ bo‘l;
• Saqlash: 10 ta ossillograflash + 10 ta ish rejimlari;
• Analog ossillograflarda bo‘lgani kabi signallarning takrorlanishi to‘g‘risida
yorituvchi ma’lumotlarning mavjudligi;
• Sinxronlash: darajasi bo‘yicha, video tasviri bo‘yicha, puls kengligi bo‘yicha,
o‘sish tezligi(tikligi) bo‘yicha, tashqi ishga tushirish (Ext bo‘yicha;
• Ikkitalik shkaqlaning mavjudligi bir vaqtning o‘zida 2 ta sinxronlanmagan
signalni kuzatish imkonini beradi;
• 20 ta parametrni avtomatik o‘lchash, Furie tahlili, o‘rnatilgan chastota
hisoblagichiga ega;
• Matematik vazifalar(funktsiyalar): qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish;
• MASK TESTING - signalni oldindan aniqlangan niqob(maska) bilan
taqqoslashga ega;
• Raqamli filtrlar (past chastotali, yuqori chastotali, polosali(kenglikka ega) va
rejektorli(so‘ndiruvchi);
• Rigol DS1052E displey: rangli TFT 64K 320x234;
• Rigol DS1052E interfeysi: RS-232, USB qurilmasi, USB-host, Pass / Fail
chiqishi (ajratilgan);
• USB flesh-xotirada ma’lumotlarni boshqarish uchun faylli tizimga ega.
|