O‘lchash texnikasining hozirgi kundagi holati va rivojlanish istiqbollari O‘lchash texnikasi fundamental ilmiy izlanishlarga bevosita bog‘langan
bo‘lib, tabiiy fanlarning eng yaxshi yutuqlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Bu esa
unga ulkan imkoniyatlar va rivojlanish istiqbollarini yaratish bilan bir qator
muammolarni keltirib chiqardi. Birinchi navbatda quyidagilarni aytib o‘tish
lozim:
o‘lchashlar birliligini ta’minlash muammosi;
umumiy o‘lchashlar nazariyasining rivojlanishi;
yangi fizikaviy usullar va har xil hisoblash qurilmalariga asoslangan o‘lchash
amallarini soddalashtirib, bir vaqtning o‘zida ularning samaradorligini oshirish;
yangi analiz va sintez usullariga asoslangan, tavsiflari oldindan aytiladigan
o‘lchash vositalarini ishlab chiqarishni tezlashtirish;
loyihalashni avtomatlashtirish;
ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashga asoslangan yangi o‘lchash
vositalarini yaratish va tadbiq qilish.
Yuqorida qayd etilgan jarayonlar garchand muhim va keng bo‘lsa ham,
alohida olingan aspektlarini, shu bilan birga behisob izlanishlar, tekshirishlarni,
xususiy usullarni hamda o‘lchash tartiblarini ko‘rib chiquvchi bir qator o‘lchash
nazariyalari mavjud. Ular bu jarayonning alohida bo‘lsa ham, etarli darajada farqli
va har xil aspektlarini qaraydi. Xususiy usul va o‘lchash prinsiplarini ichida
quyidagilarni eslatamiz:
o‘lchash qurilmalarining aniqlilik nazariyasi;
statistik o‘lchashlar nazariyasi;
o‘lchash o‘zgartkichlarining umumiy energetik nazariyasi;
o‘lchashning informatsion nazariyasi;
dinamik o‘lchashlar nazariyasi;
o‘lchash qurilmalarining invariantlik nazariyasi;
o‘lchashlarning algoritmik nazariyasi;
70
o‘lchash vositalarining moslashuv nazariyasi.
O‘lchashlar aniqligi nazariyasi asosida o‘lchash natijalarining xatoliklarini
baholash va tekshirish usuli yotadi.