|
Elec16mbk elektronika va sxemalar 2
|
bet | 15/28 | Sana | 28.06.2024 | Hajmi | 1,83 Mb. | | #266166 |
Bog'liq 3L0BY8wFsz3ScRmN61veYMgES1v83EaDjes7FCGsKvant kompyuterlar. Kvant kompyuterlar g’oyasi serunim hisoblanadi, chunki kvant dunyosiga xos parallelizmga muvofiq kvant hisoblashlarning unumdorligi har qanday superkompyuterlar imkoniyatiga qaraganda yuqori. Kvant parallelizmining ma’nosi shundaki, alohida olingan kvant biti (kubiti) holatining o’zgarishi chalkash (entangled) kvant holatlardagi barcha kubitlar tizimi holatlarining o’zgarishiga olib keladi. Kvant kompyuterlar oddiy kompyuterlarni almashtirmaydi, ularni to’ldiradi. Kvant kompyuterlar ba’zi muhim masalalar yechimini tezlashtirish imkoniyatiga ega. Muhim masalalarga ma’lumottlarni shifrlash va deshifrovka qilish, real vaqt davomida katta axborotlar oqimimni qayta ishlash va saqlash, kvant fizikasi, kimyosi va biologiya masalalarini yechish kabilar kiradi. Ushbu masalalar kvant algoritmlari asosida yechilishi mumkin. Shunday qilib, kvant kompyuterlar yaratish sohasida, kvant hisoblashlarni amalga oshirish nuqtai – nazaridan, to’g’ri keladigan algoritmlarni ishlab chiqish muammosi birlamchi hisoblanadi. Nazariyaning amaliyotga nisbatan birinchiligini real ishlovchi kvant kompyuterlarni yaratish jarayoni ham namoyon qilayapti.
Qattiq jismli mavjud kvant kompyuterlar texnologiyalari monoatomli texnologiyalardir. Bu texnologiyalar kristall matrisada bir – biridan taxminan 10 nm masofada atomlarni (kvant tizimlar) joylashtirish masalasiga keladi. O’zaro ta’sirlashuvchi kvant tizimlar to’plamini amalga oshirishining boshqa usullari ham mavjud. Lekin asosiy muammo kvant hisoblashlarga yondosh jarayonlar fizikasining yaxshi o’rganilmaganligida. Texnik yechilishi kerak bo’lgan masalalar, masalan, elektron yoki yadro spini holatini o’lchash masalasi, kubitlar orasida chalkash holatlarni hosil qilish masalasi xam hozircha yechilmagan. Amalda ko’p narsalarni amalga oshirish mumkin bo’lishiga qaramasdan, interpritasiya (tushunilishi) qiyin natijalarning nechog’lik qimmatligi noma’lum. Har qanday bo’lganda ham, chuqur izlanishlar va hammadan avval nazariy izlanishlar zarur. 2 – 3 kubitli tizimlarda kvant hisoblashlar muammosini prinsipial hal etish zarur. Keyinchalik ularni masshtablash mumkin. Hozir hosil qilingan kvant kompyuter chuqur sovutilgan (100 mK) dagina ishlaydi. Bu kubitlar kogerent holatini sekundlar atrofidagi ma’lum vaqt davomida saqlash uchun zarur. Kvant kompyuterlar hosil qilish, umuman olganda, tajribaning ko’rsatishiga qaraganda, fan va texnikaning serharajat masalasi ekan.
|
| |