• Tunnellashuv.
  • Interferensiya effektlari (hodisalari)




    Download 1,83 Mb.
    bet17/28
    Sana28.06.2024
    Hajmi1,83 Mb.
    #266166
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
    Bog'liq
    3L0BY8wFsz3ScRmN61veYMgES1v83EaDjes7FCGs

    Interferensiya effektlari (hodisalari). To’lqin interferensiyasi deb to’lqinlar ustama – ust tushganda fazoning nuqtalarida ularning o’zaro kuchayishi boshqa nuqtalarida esa – susayishi kuzatiladigan hodisaga aytiladi. Eng sodda holda turg’un to’lqin ikkita bir – biriga teskari tomonlarga tarqalayotgan to’lqinlarning ustma – ust tushishi natijasida, agar chastotalari, amplitudalari va tebranish yo’nalishlari bir xil bo’lsa, hosil bo’ladi.
    a) b) с)

    1.23 – rasm. Nanotuzilmalarga misollar: kvant chuqurlik (a), sim (b) i nuqta (с)


    Tunnellashuv. Nanoelektron asbob mikroelektron asboblardagi p-n o’tishlarga o’xshab potensial chuqurlar va potensial to’siqlardan tashkil topadi. Elektron chapdan o’ngga harakatlanadi va yo’lida U0 balandlik va L kenglikka ega bo’lgan potensial to’siqqa ro’para keladi deb faraz qilaylik (1.24 - rasm).
    Agar elektronning to’liq energiyasi W < U0 bo’lsa, klassika nuqtai nazaridan, u baryer sohasi II ga kira olmaydi, chunki u yerda uning kinetik energiyasi Wkin = W – U manfiy bo’lib qoladi, bunday bo’lishi esa mumkin emas. Lekin, elektronning to’lqin tabiati e’tiborga olinsa, u to’lqindek, energiyasini yo’qotsa ham I sohadan III sohaga o’tishi mumkin. Tunnelashuv ehtimolligi Shredinger tenglamasidan topiladi va ekasponenta bilan xarakterlanadi. L ning qiymati 10 nm atrofida va undan kichik bo’lganida ushbu ehtimollik bilan hisoblashish kerak. Potensial to’siqni yengib o’tishda elektron baryerdagi tunneldan o’tgandek bo’ladi, shuning uchun bu hodisa tunnel effekti deb ataladi.

    1.24 – rasm. Potensial to’siq
    O’lchamli kvantlanish tunnellashuvga ham o’ziga xoslik baxsh etadi. Bir yo’nalishda davriy joylashgan juda yupqa (1÷10 nm) potensial chuqurlardan tashkil topgan nanotuzilmalarda tunnelashuv rezonans xarakterga ega bo’ladi. Bunday tuzilmalar o’ta panjara deb ataladi. Bunda ikkita shart bajarilishi kerak. Birinchidan, potensial chuqurlar kengligi elektronlarning erkin yugurish yo’lidan kichik bo’lmog’i, lekin kristall panjara doimiysidan katta bo’lmog’i kerak. Ikkinchidan, bir potensial chuqurning asosiy holati keyingisining uyg’otilgan holati bilan bir xil bo’lmog’i kerak. Ushbu effekt de Broyl to’lqinlarining interferensiyasi bilan bog’liq.

    Download 1,83 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




    Download 1,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Interferensiya effektlari (hodisalari)

    Download 1,83 Mb.