O‘zbekiston energetikasining rivojlanish tarixi




Download 293,92 Kb.
bet4/7
Sana01.12.2023
Hajmi293,92 Kb.
#109197
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash

O‘zbekiston energetikasining rivojlanish tarixi. 1914-yilda Turkiston energetika xo‘jaligining quvvati 20 ming ot kuchidan ortiqroq bo‘lib, mavjud 51 ta elektr stansiyalardagi umumiy elektr motorlarining soni 500 tadan oshmas edi.
1917-yilga kelib, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi hududidagi elektr stansiyalarning umumiy quvvati 3 ming kVt ni tashkil qilib, ularda bir yilda 3,3 mln. kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.
O‘zbekiston energetikasi taraqqiyotida Turkiston o‘lkasini elektrlashtirish rejasining tuzilishi katta ahamiyat kasb etdi. 1923-yil Toshkent shahri chekkasidan o‘tuvchi Bo‘zsuv kanalida gidroelektr stansiyasi (GES)ning qurilishi boshlandi. 1926-yil O‘zbekiston energetikasida birinchi o‘sha vaqtda O‘rta Osiyoda eng katta bo‘lgan 2 ming kVt quvvatli Bo‘zsuv GESining birinchi navbati ishga tushirildi.
O‘zbekiston energetika tizimi tuzilgan paytda (1934-y.) Respublikada elektr energiyasi quvvatining o‘sishi asosan ChirchiqBo‘zsuv yo‘nalishidagi umumiy quvvati 180 ming kVt bo‘lgan ketmaket qurilgan gidroelektr stansiyalari hisobiga to‘g‘ri keldi.
1939-yilda Qizilqiya ko‘mir havzasi negizida Quvasoy Davlat tuman elektr stansiyasi (DRES) ning 12 MVt quvvatli kondensatsion turbina agregati va Toshkent to‘qimachilik kombinati issiqlik elektr stansiyasining 6 MVt quvvatli ikkita turbinasi ishga tushirildi.
Elektr stansiyalarining qurilshi va sanoat korxonalarining rivojlanishi magistral elektr tarmoqlarini qurish zaruratini keltirib chiqardi. Qodir GES ining ishga tushirilishi bilan bir vaqtning o‘zida Respublikada birinchi bo‘lib undan Toshkent shahriga elektr energiyasini uzatuvchi 35 kV kuchlanishli ikki zanjirli liniya foydalanishga topshirildi.
1939–1940-yillarda 110 kV kuchlanishli havo liniyalari Quvasoy DRESini Andijon shahri bilan, Tavoqsoy GESini Chirchiq shahri bilan bog‘ladi.
Ikkinchi Jahon urushi yillarida Toshkent shahri atrofini bog‘lovchi 35 kV kuchlanishli halqasimon havo liniyasi qurib bitkazildi, shimoliy sanoat hududini elektr energiya bilan ta’minlash uchun katta quvvatli «Severnaya» podstansiyasi qurildi.
1943-yilda Sirdaryo daryosida qurila boshlagan 125 ming kVt quvvatli Farhod GESi kimyo sanoatini rivojlantirish va sug‘oriladigan yerlarni suv bilan ta’minlash imkonini berdi. O‘zbekiston va qo‘shni respublikalarning 700 ming gektardan ortiqroq yerlarini o‘zlashtirishga imkon beruvchi suv to‘g‘onlari qurildi.
Angren ko‘mir havzasini o‘zlashtirilishi ikkita issiqlik elektr stansiyasi – 600 ming kVt quvvatli Angren IES va Olmaliq issiqlik elektr markazi (IEM)ni qurishga asos bo‘ldi.
1972-yil Sirdaryo IESida O‘rta Osiyoda birinchi eng katta kritik parametrlarda (bug‘ bosimi 240 atm., harorati 5450C) ishlovchi 300 ming kVt quvvatli energetika bloki ishga tushirildi. Hozirgi paytda Sirdaryo IESda 10 ta shunday quvvatli bloklar ishlamoqda.
Hozirgi paytga kelib o‘rnatilgan uskunalar quvvatlarining yig‘indisi 12,0 mln. kVtdan ortiqroq bo‘lgan 37 issiqlik va gidroelektr stansiyalarni o‘z ichiga olgan O‘zbekiston energetika tizimi asosini yirik elektr stansiyalari, shu jumladan, Sirdaryo (3,0 mln. kVt), Yangi-Angren (2,1 mln. kVt), Toshkent (1.86 mln. kVt) va Navoiy (1,25 mln. kVt) issiqlik elektr stansiyalari tashkil etadi (1.3-rasm). Ushbu elektr stansiyalarda birlik quvvati 150 – 300 ming kVt bo‘lgan 30 dan ortiq zamonaviy energetika bloklari o‘rnatilgan. Birlik quvvati Markaziy Osiyoda eng katta 800 ming kVt bo‘lgan Tollimarjon issiqlik elektr stansiyasi mustaqillik yillarida ishga tushirilib, uni yanada kengaytirish ishlari davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasida bugungi kunda ishlayotgan issiqlik elektr stansiyalari va ularning o‘rnatilgan quvvatlari haqida ma’lumotlar 1.2- jadvalda keltirilgan.
Hozirgi davrda O‘zbekiston Respublikasidagi mavjud elektr

stansiyalarining o‘rnatilgan quvvati: shu jumladan:



12472,2 MVt

Issiqlik elektr stansiyalari:



10619,0 MVt

Gidroelektr stansiyalar:



1419,7 MVt

Blok-stansiyalar:



433,5 MVt

O‘zR energetika tizimida hozirgi davrda mavjud elektr stansiyalari o‘rnatilgan quvvatlarining tuzilmasi 1.4- rasmda tasvirlangan.

1.4- rasm. O‘zbekiston Respublikasida mavjud elektr stansiyalari o‘rnatilgan quvvatlarining tuzilmasi.

Download 293,92 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 293,92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston energetikasining rivojlanish tarixi

Download 293,92 Kb.