• 1. Elеktr o‘lchаsh usullаri vа аsbоblаri fаnining mаqsаdi vа vаzifаsi
  • 2. Elektr o’lchash usullari va asboblari fanining xalq xo’jaligi, fan – texnika rivojidagi roli, ahamiyati.
  • Elektr o’lchash usullari va asboblari bo’yicha umumiy ma’lumotlar. Rеjа




    Download 20.41 Kb.
    bet1/2
    Sana19.05.2023
    Hajmi20.41 Kb.
    #62114
      1   2
    Bog'liq
    Elektr o’lchash usullari va asboblari bo’yicha umumiy ma’lumotlar.
    Matematik analiz, Mavzu Tarmoqlararo ekran texnologiyalari Reja (1), KONDENSATORLAR SIG, Muqobil energiya manbalari, Datchiklar va ularning asosiy xarakteristikalari, 1-Lab, Тезлик датчиклари, Mavzu № faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika va psi, 2 5202069160623873264, Namuna referat, ПИИ Узбекистан показатели, Перспективы развития и пути совершенствования контейнерных перевозок, Презентация к теме, dffdffddfdffd, sddddww3333222

    Elektr o’lchash usullari va asboblari bo’yicha umumiy ma’lumotlar.


    Rеjа:
    1. Elеktr o‘lchаsh usullаri vа аsbоblаri fаnining mаqsаdi vа vаzifаsi.
    2. “EO‘U vа А” fаnining xаlq xo‘jаligi, fаn-tеxnikа rivоjidаgi rоli аhаmiyati.
    3. Elеktr o‘lchаsh hаqidа tushunchа.

    1. Elеktr o‘lchаsh usullаri vа аsbоblаri fаnining mаqsаdi vа vаzifаsi
    Fаnni o‘qitishdаn mаqsаd – tаlаbаlаrdа elеktr o‘lchаshlаr, o‘lchаsh usullаri, o‘lchаsh vоsitаlаri, ulаrning ish prinsiplаri, hаr xil elеktr, mаgnit kаttаliklаrini hаmdа elеktr zаnjir pаrаmеtrlаrini o‘lchаsh bo‘yichа, o‘lchаsh nаtijаlаrini qаytа ishlаsh bo‘yichа, yo‘nаlish prоfiligа mоs tа’lim stаndаrtidа tаlаb qilingаn bilim, ko‘nikmа vа mаlаkаlаrini shаkllаntirishdir.
    Fаining vаzifаsi — tаlаbаlаrgа elеkgr zаnjir pаrаmеtrlаrini o‘lchаsh usullаrini, elеktr o‘lchаsh vоsitаlаrining turlаri, tuzilishi, umumiy nаzаriyasi, hаr xil kаttаliklаrni o‘lchаsh usullаrini, o‘lchаsh nаtijаlаrini bаhоlаsh yo‘llаrini o‘rgаtishdаn ibоrаt.
    2. Elektr o’lchash usullari va asboblari fanining xalq xo’jaligi, fan – texnika rivojidagi roli, ahamiyati.
    Fan texnikaning rivoji (taraqqiyoti), xalq xo’jaligining barcha sohalaridagi taraqqiyot hamma vaqt o’lchashlar bilan chambarchas bog’liq bo’lib kelgan.
    Elektr o’lchash usullari va asboblari fan sifatida o’lchash usullari, o’lchash vositalari va ular yordamida har xil kattaliklarni o’lchash, o’lchash xatoliklari hamda ularga bog’liq va tegishli bo’lgan masalalarni o’z doirasiga oladi.
    Inson aqil – idroki, zakovati bilan o’rganayotgan, shakillantirayotgan hamda rivojlantirgan qaysi fanni, uning yo’nalishini olmaylik albatta o’lchashlarga ularning usullariga, o’zaro bog’lanishlariga duch kelamiz. Bu o’lchash usullari va vositalari yordamida har xil kattaliklarni o’lchash va ularga bog’liq masalalarni mukammal o’rganish orqaligina amalga oshiriladi. Shu sababli, hozirgi qaysi bir fan, ilmiy yo’nalishi, u xoh tabiiy, xoh ijtimoiy bo’lmasin, albatta u yoki bu darajada o’lchash bilan bog’liq. To’la ishonch bilan aytish mumkinki, o’lchash inson ongli hayotining asosini tashkil etadi.
    Faylasuflarning tahminicha fizikaviy xossalar, jarayonlarni tekshirish, o’rganishda eng asosiy yo’l (metod) o’lchashlar hisoblanadi.
    Texnika sohasida ayniqsa metrologiyada, o’lchashlarning ahamiyati texnologik jarayonlarni boshqarish, mahsulotning yuqori sifatliligini ta’minlash, nazorat qilish bo’yicha informatsiya hosil qilinishi bilan belgilanadi.
    Xalq xo’jaligida, ishlab chiqarishda qo’llanilayotgan murakkab tizimlarning yaratilishi hamda ilgaridan qo’llanib kelinayotgan kam quvvatli, inertliy asboblar

    sekin – asta juda tezkor, yuqori metrologik ko’rsatkichlarga ega bo’lgan asboblar bilan almashtirilmoqdaki, bu o’lchash amalini bajarilayotgan shaxslarning faoliyatini va tabiiyki ularga qo’yiladigan talablarni ham o’zgartirmoqda.


    O’lchash jarayonlarini avtomatlashtirilishi, kompyuterlashtirilishi va zamonaviy texnologiyalarning ishlatilishiga faqat programmalashtirilgan tizimga tayangan holda erishish mumkin.
    Zamonaviy metrologiyaning rivojlanishida murakkab empirik (tanlash, ilg’ash) metodlarini, ehtimollik nazariyasiga tayangan holda statistik metodlarini qo’llanilishi katta o’rin tutmoqdaki, bu o’lchashlarning ilmiy asoslarini tashkil etadi.
    O’lchashlarni yuqoridagi majmui, albatta yuqori darajada tashkil etilgan va zamonaviy asboblar infrastrukturasi bilan jihozlangan milliy o’lchash tizimi yordamida hamda o’lchashlar birliligini, ularning ishonchliligini, aniqligini ta’minlash shartlari bajarilishi bilan amalga oshirilishi mumkin.

    Download 20.41 Kb.
      1   2




    Download 20.41 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektr o’lchash usullari va asboblari bo’yicha umumiy ma’lumotlar. Rеjа

    Download 20.41 Kb.