|
Elektr energiyaga o’rnatiladigan ta’riflar turlari
|
bet | 39/71 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 3,27 Mb. | | #140050 |
Bog'liq Ma\'ruzalar matni-20218.2. Elektr energiyaga o’rnatiladigan ta’riflar turlari.
Har qanday iqtisodiy tizimda energiya bilan ta’minlovchi sub’ekt hamda energiya iste’molchilari orasida moliyaviy hisob kitoblar yuritish ya’ni iste’mol qilingan elektr energiya to’lovini amalga oshirish uchun ma’lum bir stavkalar tizimi – ta’riflardan foydalaniladi.
Elektr energiyasiga ta’riflar belgilanishida quyidagi asosiy talablar hisobga olinishi kerak:
- ta’riflar elektr energiyasini ishlab chiqish, uzatish, taqsimlash va rejalashtirilgan chegirma (otchisleniya) va muayyan energetika tizimni rivojlantirish bilan bog’liq yig’ma mablag’larni barchasini ifodalagan bo’lishi;
- ta’riflar elektr energiyasini ishlab chiqarish va undan foydalanish bilan bog’liq xarajatlarni kamaytirishini ta’minlashi;
- ta’riflar mamlakat regionlar yilning mavsumi, haftaning kunlari, kunlarning soatlari bo’yicha differentsiallashgan bo’lishi;
- ta’riflar yuklamalar grafikdagi eng katta yuklanish soatlarda yuklamani kamaytirilishi va kechki soatlardagi yuklamani oshirilishini rag’batlantirishni ko’zda tutish;
- ta’riflar maqsadi bo’yicha aniq belgilangan bo’lishi;
- ta’riflar imkoni boricha energiyani hisobga olish va u bo’yicha hisob kitob yuritishni oddiyligini ta’minlash va xakazolar.
Iste’molchilar tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilishda quyidagi asosiy ta’riflar asosida qo’llanilishi mumkin:
a) To’lov (П) to’g’ridan – to’g’ri schetchik ko’rsatgan elektr energiyasi miqdori (E) bo’yicha amalga oshiriladi, ya’ni
П=W.B (8.1)
Bu yerda B=1kVt.s. elektr energiyasi ta’rif stavkasi.
Schetchikda qayd etilgan energiya uchun to’g’ridan to’g’ri ta’rif bo’yicha ta’rif haq to’lash iste’mol qilingan energiyan ing xar qanday qiymati uchun bir-birlik energiya uchun bir xil bahoda amalga oshiriladi.
b) Schetchikda qayd etilgan energiya uchun pog’onali ta’rif bo’yicha haq to’lash iste’mol qilingan energiya miqdorining h isobga oluvchi xar bir pog’ona uchun alohida ta’rif stavkalari Bi Masalan: iste’mol qilingan energiyaning O dan W1 miqdori uchun 1kVt.s. elektr energiya uchun B1 ta’rif stavkada, W2 miqdordagi iste’mol qilingan energiya uchun B2 ta’rif stavkada, Wp miqdordagi iste’mol qilingan energiya uchun Vp ta’rif stavkada xaq to’lashda, ya’ni:
0 ≤W ≤W1 bo’lgan holda П=WB1; (8.2)
W1 ≤W ≤W2 bo’lgan holda П=WB2; (8.3)
W2 ≤W ≤Wp bo’lgan holda П=WBp. (8.4)
v) Differentsial oshgan ta’rif bo’yicha haq to’lash iste’mol qilingan energiyaning chegaralangan bir qismiga pog’onali ta’rif stavka asosida haq to’lashni ko’zda tutadi, ya’ni:
П=W1V1+W2B2+…W-(W1+W2…Wn-1) Bп; (8.5)
B1 > B2> …> Bп ta’rif stavkalari.
Umumiy miqdori «W» ga teng bo’lgan W1, W2, W3…Wn miqdorli elektr iste’moliga mos ravishdagi.
Masalan: 3 pog’onali differentsiallashgan ta’rif stavka bo’yicha to’lov quyidagiga aniqlaniladi:
P2=W1B1+W2V2+(W-W1-W2) B3=W1(B1-B2) + W2 (B2-B3) + WB3; (8.6)
Tenglama o’zgarmas deb hisoblanib (Po) to’lov amalga oshiriladi, ya’ni
W1 (B1-B3) + W2 (B2-B3) = Пo (8.7)
Uch pog’onali differentsial ta’rif stavkaga umumiy to’lov П=Пo+W.B3 bilan ifodalanadi.
g) Uch ko’rsatkichli ta’rif iste’mol qilingan quvvat va energiya hamda elektr ta’minot tizimga ulanganligi uchun qo’shimcha hak to’lanishini ko’zda tutadi, ya’ni:
П=P.A+WB+C (8.8)
P.A – elektr ta’minot tizimiga ulangan iste’molchilar umumiy qiymati va uning xar bir kVti uchun to’lov xaki;
bu yerda: S – elektr ta’minot tizimiga to’lanilgan hak uchun doimiy to’lov;
1 kVt soat elektr energiya o’rtacha narxi П/W=PA/W +B +C/W;
d) Elektr ta’minot asosiy stavka tizimga ulangan elektr iste’molchilar quvvatiga ikki stavkali to’lov, tarmoqqa ulangan elektr iste’molchilar to’la quvvati (Rul) va hisoblagich qayd etgan kVt.soat elektr energiya (W) uchun alohida hisob kitob yuli bilan amalga oshiriladi.
П=Pul.A+W·B; (8.9)
Bu yerda: 1 kVt.s. elektr energiyaning o’rtacha bahosi
B=П/W=PulA/W=B
e) Iste’molchini bir vaqtdagi maksimal yuklamasini (Rmax) hisobga oluvchi ikki ta’rifi to’lov turidan foydalaniladi. Bu ta’rifga asosan maksimal yuklamaning (Rmax) 1kVt i uchun A mikdorda va hisoblagich ko’rsatuvi bo’yicha esa 1 kVt.s uchun V mikdorda to’lov amalga oshiriladi,
ya’ni: П=Рmax A+W.B.
Bunday to’lov tizim Gopkinson tizimi bo’yicha ta’rif deb nomlanadi.
Bundan 1 kVt.soat elektr energiya bahosi formula bilan hisoblanadi.
yo) Energotizim yuklama grafigi maksimumida ishtirok etuvchi quvvat uchun asosiy stavka ikki stavkali ta’rif.
Bu ta’rifga asosan energotizim yuklama grafigi maksimumida ishtirok etishi shartnoma asosida kelishilgan. Quvvat (Rk max)ning 1kVt.i uchun asosiy stavka «A» bo’yicha, hisoblagich ko’rsatgan energiya iste’moli W uchun ko’shimcha 1 kVt.coat uchun «A» qiymat bo’yicha hos to’lanadi
Ya’ni: П=Р k max A+W.B (8.10)
bu yerda: nda 1 kVt.coat elektr energiya narxi B1=Р k max A/W+B bo’ladi.
Energotizim yuklama grafigi maksimumida ishtirok etuvchi quvvat shartnomada belgilangan miqdordan ortiq bo’lgan holda R k max quvvatga hak oshirilgan stavka.
A1 asosida to’lanadi A1 > A
Ushbu ta’rif bo’yicha energotizim yuklama grafigining minimal yuklamali soatlarida foydalanilgan energiya (Wk) uchun iste’molchilar kamaytirilgan stavka (B1) bo’yicha hak to’lashlari ham ko’zda tutilgan.
Elektr energiyaga hak to’lash quyidagi formula yordamida belgilanishi mumkin
П= Рk max × A + (W- W k) B2 +Wk B1 (8.11)
B2 qiymati va B1 dan katta bo’lib, ushbu bahoda iste’molchilar tomonidan yuklama grafigining kechki minimal soatlardan boshqa vaqtda iste’mol qilingan energiya uchun hak to’lanadi.
Yukoridagi ta’rif qo’llanilganda 1 kVt.soat elektr energiyasi o’rtacha narxi
(8.12)
j) Yilning fasli, xaftaning kunlari va sutkaning soatlari bo’yicha differentsiallashgan ta’rif.
Ushbu ta’rif asosida energiya uchun haq to’lash hisoblagich tomonidan qayd etilgan energiya uchun uch darajadagi differentsiallashtirilgan stavka asosida amalga oshiriladi. Ertalabki va kechki maksimumga to’g’ri kelgan energiya (W3) uchun (B3) yarim maksimal yuklamaga to’g’ri kelgan energiya (W2) uchun (B2) va yuklama grafigining kechki pasaygan vaqtiga to’g’ri kelgan energiya (Wi) uchun (B1) stavkalarda hak to’lanadi. To’lov qiymati quyidagicha hisoblanadi:
(8.13)
Iste’mol qilingan elektr energiyaga hak to’lashning yuqorida keltirilgan asosiy ta’riflari hukumat tomonidan belgilanadi va davlat energiya nazorati idoralari tomonidan nazorat qilib boriladi.
|
| |