Tariflar tizimini taxlili va ularning energiya tejamkorlik omillari




Download 3,27 Mb.
bet40/71
Sana18.01.2024
Hajmi3,27 Mb.
#140050
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   71
Bog'liq
Ma\'ruzalar matni-2021

8.3 Tariflar tizimini taxlili va ularning energiya tejamkorlik omillari

Elektr energiyasi ta’riflar tizimi energiya ishlab chiquvchilar, uni iste’molchilarga yetkazib beruvchilar va iste’molchilar manfaatlarini ifodalashi bilan bir qatorda mamlakat iqtisodiy sektorlari elementlari strukturasi va aholi manfaatlariga xizmat qilishi kerak. O’quv qo’llanmaning 8.2 bandida keltirilgan iste’mol qilingan energiyaga haq to’lash ta’riflari turlari ijobiy va salbiy tomonlariga egadir.


Iste’molchiga yetkazib berilgan elektr energiya miqdori uchun bir stavkali ta’rif bo’yicha to’lov hisoblagichi ko’rsatgan energiya miqdori bo’yicha amalga oshiriladi va bunda ta’rif tizimi iste’molchilarni manfaatlariga mos bo’lib energiya tejamkorlikka da’vat etadi.
SHu bilan birga vaqt zonalari bo’yicha ta’rif stavkalari differentsiallanilmaganligi natijasida iste’molchilarni energotizim grafigida maksimum va minimum yuklama soatlardan foydalanish imtiyozini bermaydi va energetika tizim-yuklamalar grafigini tekis bo’lishini ta’minlaydi. Eng muximi ushbu ta’rif turi elektr energiya ishlab chiqish bilan bog’liq harajatlarni kamaytirish imkonini bermaydi.
Energiya tarmog’iga ulangan quvvat uchun ikki stavkali tarif, bir stavkali tarifdan farqli o’laroq ulangan quvvat uchun asosiy to’lov va hisoblagichda qayd etilgan energiya uchun qo’shilgan to’lov shaklida amalga oshiriladi va bu o’z navbatida iste’molchilarni jumladan qishloq xo’jalagi iste’molchilarning elektr ta’minot tizimi, kuch transformatorlari hamda elektromatorlarni va ularni ish rejimlarini tanlashda o’z aksini topadi.
Iste’molchining energosistemalarning yuklamalar grafigi maksimumida foydalanilgan quvvati uchun asosiy stafkada hisoblagichda qayd etilgan aktiv energiya uchun qo’shimcha stavkada haq to’lashning ikki stavkali ta’rifi o’llanilishi iste’molchiga ratsional elektr ta’minoti tuzimini tanlash va energotizim maksimumda ishtirok etuvchi quvvatlarni kamaytirish imkonini beradi va bu esa o’z navbatida ham iste’molchini ham energotizimni tejamkorlik ko’rsatkichini yaxshilashga olib keladi.
Ushbu ta’rif asosida qishloq xo’jaligidagi ishlab chiq arish ob’ektlarida ish rejimlarni o’zgartirish imkoni yaratiladi va ayrim hollarda elektr energiyasi iste’moli bir muncha oshishi ham mumkin. Lekin ayrim iste’molchilarni energotizim maksimumdan og’ishi energiya ishlab chiqarish bilan bog’liq resurslar isrofini oshishiga olib kelmaydi. CHunki maksimum soatida 1 kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqish, grafikning boshqa qismida i shlab chiqilgan 1kVt.soat elektrenergiya isrofidan doimo kattaroq bo’ladi.
Yilning mavsumlari, xavftaning kunlari, sutkaning soatlari, zonalari bo’yicha differentsiallashgan bir stavkali ta’rif, elektroenergetika tizimining sutkalik yuklama grafigining ma’lum bir zonasida iste’mol qilingan elektr energiyasining haqiqiy bahosini ifodalaydi. Differentsiallashgan ushbu ta’rif elektrenergetik tizim sutkalik yuklama grafigini tulgazishga va iste’molchilarga elektrlashtirilgan jarayonlar safini kengaytirish imkonini beradi.
Elektr energiyasiga turli xil ta’riflar tizimini qo’llanilishi analiz asosida shunday xulosaga kelish mumkin:
-iste’molchilar va elektroenergetik tizim manfaatlarini muvofiqlashtirishni nazarda tutmoq lozim;
-qishloq xo’jaligi elektr energiyasi iste’molchilari asosan unchalik katta bo’lmagan quvvatli ekanligini bir biridan uzoq masofada joylashganligini hisobga olgan holda bir stavkali va ikki stavkali hamda bir stavkali differantsiallashtirilgan ta’riflardan foydalanish maqsadga muvofiqdir;
-to’g’ri belgilangan ta’rif stavkasi nafaqat energiya tejamkorlikka ish bilan birga energiya iste’moli rejimlarini optimallashishga erishishga imkon beradi;
Iqtisodiy qo’llash maksadida alohida olingan iste’molchilar uchun qishloq xo’jaligida ishlab chiqrishi maqsadlari uchun ta’rif stavkalari mamlakat bo’yicha o’rtachalashtirilgan ko’rsatkichdan kam belgilanishi ushbu iste’molchilarda energiya tejamkorlikka erishishni susaytiradi.
Texnik-iqtisodiy hisoblar asosida belgilangan tariflar va ulardan muayyan bir turini energiya sotuvchi korxona (sub’ekt) va iste’molchilar orasidagi moliyaviy munosabatlar yuritishda foydalanish uchun to’g’ri tanlanishi quyidagi energiya tejamkorlik omillarini tug’diradi, jumladan:
- iste’molchini optimal energiya iste’moli rejimini joriy etish imkoni yaratilishi elektrenergetika tizim yuklamalar grafigini (yillik, mavsumiy, havftalik va sutkalik) tekis yuklamali bo’lishini 103 ta’minlaydi va bu o’z navbatida elektroenergetika tizim iqtisodiy va energetik ko’rsatkichlarini yaxshilaydi;
- elektr ta’minoti ishonchliligi, elektr energiyasi sifat ko’rsatkichlarini hisobga oluvchi ta’riflarga tuzatish kiritishi energiya sotuvchi korxonalar tomonida yuqoridagi elektr energiyasining sifat ko’rsatkichlarini ta’minlanishi orqali iste’molchi elektrotexnik qurilma va uskunalarni yuqori energetik ko’rsatkichlar b ilan ishlashini ta’minlaydi;
- tariflar tizimi iste’molchilarda va energiya bilan ta’minlovchi elektr energetika tizimda energiya tejamkorlikka intiluvchi manfaatdorlik uyg’otadi.


Download 3,27 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   71




Download 3,27 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tariflar tizimini taxlili va ularning energiya tejamkorlik omillari

Download 3,27 Mb.