|
-mavzu: Sanoat korxonalarining energetik xo’jaligi. Elektr ta’minoti tizimida energiya hisobi va nazoratining avtomatlashtirilgan tizimlari
|
bet | 36/71 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 3,27 Mb. | | #140050 |
Bog'liq Ma\'ruzalar matni-20217-mavzu: Sanoat korxonalarining energetik xo’jaligi. Elektr ta’minoti tizimida energiya hisobi va nazoratining avtomatlashtirilgan tizimlari.
Reja:
Sanoat korxonalarining energetik xo’jaligi
Energiya resurslarini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etish.
Tayanch so’z va iboralar: Energiya xo’jaligi, energetik qurilmalar, ENHAT ni joriy etish, energiya resurslari sarflarini hisobga olish, nazorat qilish, energiya tashuvchilar
7.1. Sanoat korxonalarining energetik xo’jaligi
Sanoat korxonalarining energetik xo’jaligi boshqa ishlab chiqarish korxonalariniki kabi bir butun o’zaro bog’langan texnik majmua bo’lib, u turli ko’rinishdagi energiyani qabul qilish, o’zgartirish, uzatish va foydalanishni ta’minlovchi sexlardan, inshoot va agregatlardan iborat. Korxonaning energiya xo’jaligi o’z ichiga elektr, issiqlik, bug’, havo, gaz va suv ta’minotini oladi. Elektr inshootlar va agregatlar ayrim hollarda turadigan yoki asosiy ob’ektlarga tirkalik qurilgan bo’lishi mumkin va texnologik jarayonlarni, agregatlarni ishlatishni, ishlab-chiqarishni nazorat qilishni va boshqarishni ta’minlaydi.
Uzatila oluvchi energiya tashuvchilar korxonalarga bevosita energiya tizimlaridan kelib tushadi, qolgan energiya tashuvchilar, ya’ni umum sanoatda qo’llaniladigan texnologik va energetik bug’, issiq suv, kislorod, siqilgan havo va boshqalar iqtisodiy jihatdan olganda uzatish masofasining chegaralangan yangidan taqsimlashga ega bo’lib, bu energiya tashuvchilarning ushbu turi ta’minotni markazlashtirish va kooperatsiya qilinishi darajasini belgilaydi hamda korxonaning yoki korxonalar guruhining energiya tizimi chegarasini aniqlaydi. Sanoat korxonalari elektr ta’minoti tizimini takomillashtirish, energiya ta’minotini ta’minlash va asosiy mahsulot birligiga ketadigan energiya sarflarni pasaytirishga olib keladi. Korxonaning elektr ta’minoti sxemasi markazlashtirish, energiya resurslaridan majmuaviy foydalanish va ularni aralash ishlab chiqish, texnologik va energetik jarayonlarni takomillashtirish sohasidagi yangi texnik yutuqlardan foydalanishni ta’minlash asosida qurilishi kerak.
Energiya xo’jaligini ikkita boshqarishning markazlashgan tizimida, ham uran zavod xarakteriga ega bo’lgan, ham sex xarakteriga ega bo’lgan barcha qurilmalari ishlatish bosh energetik xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Korxonaning energetika bilan bog’liq barcha xodimlari texnik va ma’muriy jihatdan bosh energetikaga bo’ysunadilar. Boshqarishning bu tizimi, energetik resurslarni ham istc’mol qiladigan, uncha katta bo’lmagan korxonalarda qo’llaniladi. Energiya xo’jaligining barcha ob’ektlari, odatda bitta ishlab-chiqarish bo’linmasi tomonidan ishlatiladi, ya’ni energetika tsexi tomonidan, bu tsexni boshlig’i bosh energetikga bo’ysunadi.
Energiya xo’jaligining markazlashgan boshqaruv tizimi yirik korxonalar uchun maqsadga muvofiq bo’lib, bunda ayrim tsexlar o’rta yoki kichik quvvatli zavodni tashkil etadi. Bunday tizimda korxonaning ishlab-chiqarish tsexlaridagi energetik qurilmalar, ular o’rnatilgan sex qaramog’ida bo’ladi va ular tomonidan ishlatiladi. Sex energetik qurilmalariga xizmat ko’rsatish va ularni rejali ta’miri, ishlab-chiqarish sexi boshlig’iga bo’ysunadigan energetik xo’jaligi tomonidan amalga oshiriladi. Sexning ichki energetik qurilmalarining holatiga va ratsional ishlatishga mas’uliyatni ishlab-chiqarish tsexi va energetik (mexanik) tsex boshlig’i oladi.
Ishlab-chiqarish sexlaridagi energetik qurilmalar holati, ishlatish va rejali ta’mirning ustidan texnik nazoratni hamda bu tsexlarning energetik xodimlariga texnik rahbarlikni korxonaning bosh energetigi o’z bo’limi bosh energetika bo’limi (BEB) orqali amalga oshiradi. Boshqarishning ikkala tizimida ham bosh energetik bevosita korxonaning bosh muxandisiga bo’ysunadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-mavzu: Sanoat korxonalarining energetik xo’jaligi. Elektr ta’minoti tizimida energiya hisobi va nazoratining avtomatlashtirilgan tizimlari
|