|
«elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari»
|
bet | 44/71 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 3,27 Mb. | | #140050 |
Bog'liq Ma\'ruzalar matni-2021I.Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu qonunning maqsadi.
Ushbu qonunning maqsadi milliy energetika resurslari saqlanishini, energiyadan va ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanishni ta’minlaydigan umumiy xuquqiy asoslarni shakllantirishdan iboratdir.
2-modda. Energiyadan oqilona foydalanish to’g’risidagi qonun xujjatlari.
Energiyadan oqilona foydalanish soxasidagi munosabatlar ushbu qonun va O’zbekiston Respublikasining boshqa qonun xujjatlari bilan tartibga solinadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasida energiyadan oqilona foydalanish soxasidagi munosabatlar Qoraqalpog’iston Respublikasining qonun xujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
3-modda. Ushbu qonun amal qiladigan soha.
Yuridik va jismoniy shaxslarning yoqilg’i qazib olish, yoqilg’i, issiqlik va elektr energiyasi (matnda bundan buyon energiya deb yuritiladi) hosil qilish, ularni qayta ishlash, saqlash, tashish taqsimlash va sarflash (matnda bundan buyon energiya hosil qilish va uni sarflash deb yuritiladi) bilan bog’liq faoliyati ushbu qonun amal qiladigan soha hisoblanadi.
Energiyadan oqilona foydalanish sohasida huquqiy tartibga solish:
Energiya xosil qilish va uni sarflash chog’ida energiyadan samarali va ekologik jixatdan xavfsiz foydalanishini ta’minlashga;
Energiya jixatidan samarali va texnologiyalar ishlab chiqish va joriy etishni, arzonroq neft maxsulotlari , tabiy gaz, ko’mir va boshqa turdagi tabiy yoqilg’ilarni (matnda bundan buyon energiya hosil qilish va uni yoqilg’i deb yuritiladi) qazib olish va xzosil qilishni rag’batlantirishga;
Energiya xosil qilish va uni sarflash miqdori xamda sifatini o’lchash va xisobga olish aniq, to’g’ri bir xil bo’lishga ta’minlashga;
Energiyaning samarali xosil qilishni va sarflanishini xamda uning sifati ustidan, energetika asboblarning energiya bilan ta’minlash va energiyani sarflash tizimlarining texnikaviy xolati ustidan davlat tekshiruvi xamda nazoratini amalga oshirishga qaratilgan.
|
| |