• 9.1. Issiqlik va elektr energiyasiga tariflar
  • -mavzu: Yoqilg’i energtika resurslarini me’yorlash bo‘yicha texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlar




    Download 3,27 Mb.
    bet41/71
    Sana18.01.2024
    Hajmi3,27 Mb.
    #140050
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   71
    Bog'liq
    Ma\'ruzalar matni-2021

    9-mavzu: Yoqilg’i energtika resurslarini me’yorlash bo‘yicha texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlar


    Reja:
    9.1. Issiqlik energiyasiga tariflar
    9.2. YOER me’yorlash bo’yicha energo iqtisodiy ko’rsatkichlar


    Tayanch iboralar: tarif, issiqlik, narx, bir boqichli tarif, ikki boqichli tarif, ishlab chiqarish, resurs tejamkorligi, energiya tejamkorligi, texnika, texnologiya, energiya resurslari, tariflar, energiya sotish.


    9.1. Issiqlik va elektr energiyasiga tariflar
    Issiqlik va elektr energiyasining iste’molchilari va etkazuvchilari orasidagi iqtisodiy o’zaro munosabatlar preyskurantlar-tariflar bilan aniqlanadi, ular:

    • issiqlik va elektr energiyasini ishlab-chiqarish, uzatish va taqsimlash bilan bog’liq barcha xarajat turlarini, hamda rejalashtirilayotgan chegirma va jamg’armalarni aks ettirishi;

    • energiyani ishlab-chiqarish va foydalanish bilan bog’liq bo’lgan hal q xo’jaligi xarajatlarini pasaytirishga yordam berish;

    • issiqlik va elektr energiyasining sifatini hisobga olish;

    • imkoniyati boricha energiyani o’lchashning va iste’molchilar bilan hisob-kitobning soddaligini ta’minlashidir.

    O’zbekiston Respublikasi hududida issiqlik energiyasi hokimiyatlar tomonidan rostlanadigan tariflar bo’yicha amaldagi qonunchilikka muvofiq beriladi, uning maqsadi quyidagi masalalarni aniq echishga qaratilagan:

    • yuridik shaxslar va aholini issiqlik energetikasi bilan ustuvor ta’minlash;

    • issiqlik energiya iste’mollarini energiya ta’minlovchi tashkilotlarning tabiiy monopoliyasidan himoya qilish;

    • energiya tejamlovchi tashkilotlarni ishlashi uchun normal iqtisodiy sharoitlar yaratish.

    Bug’ va issiq suvdan iborat issiqlik energiyasining narxi qozonlarning pasport ko’rsatkichlari yoki IEM kollektoridan turbina olayotgan joydagi 1Gkal uchun bo’lgan tarif bilan aniqlanadi. Bunda iste’molchilarga kelib tushayotgan bug’dagi issiqlik energiya soni, shartnomada ko’rsatilgan bug’ning o’rnatilgan parametrlari bo’yicha bug’ning og’irlik sonini uning issiqlik qiymatiga ko’paytirish bilan aniqlanadi va energiya ta’minlovchi tashkilot va iste’molchilarni bo’lib turgan issiqlik tarmog’i chegarasida hisobga olinadi. Bo’lish chegarasi issiqlik tarmoqlarining balans belgilari bo’yicha aniqlanadi.
    Issiqlik energiyasiga tariflar kondensatorning ko’paytirishini hisobga olgan holda o’rnatiladi. Qaytarilmagan kondensat uchun iste’molchi qo’shimcha (10-20%ga ko’p) to’lashi kerak.
    Kondensatni qaytarganligi uchun iste’molchilarni rag’batlantirish energiya tejash masalasini echishning yana bir yo’llaridan hisoblanadi.
    Iste’molchilar tomonidan issiqlik energiyasi uchun to’lov (aholidan tashqari) tasdiqlangan tariflarni indeksatsiya kilish mexanizimini qo’llagan holda qo’yidagi formula bo’yicha aniqlanadi.
    ,
    Bu erda Tm – indeksatsiya mexanizmini qo’llash bilan aniqlangan tarif; Tb - amaldagi qonunchilikka muvofiq o’rnatilgan asosiy tarif; Vn – issiqlik energiyasiga tarifning indeksatsiya qilinmagan ulushi, u ularning AQSH dollariga nisbatan qiymati (yoki issiqlik energiyasining iste’molchilarini to’lov hujjatlarini rasmiylashtirish); Kd- tariflarni dollar ekvivalentiga o’tkazish koeffitsienti, bu koeffitsient ularni o’rnaltilgan vaqtida aniqlanadi (Kd – 1/ Kb , bu erda Kb – amaldagi tarif o’rnaltilgan kunida o’zbek so’mining AQSH dollariga nisbatan kursi qiymati).
    O’zbek so’mining AQSH dollariga nisbatan kursining o’zgarishiga bog’liq bo’lgan bazaviy (asosiy) tarifning tashkil etuvchilariga quyidagilar kiradi:
    A) tannarhi:

    • yoqilg’iga (gaz, mazut, dizel, yoqilg’i va h.k.);

    • sotib olinadigan energiyadan bo’lgan xarajatlar;

    • respublikada ishlab-chiqarilmaydigan, ta’minlash-foydalanishdagi xizmatlar uchun ketgan qo’shimcha mablag’lar;

    • innovatsion fondga chegirma;

    • ­rezident bo’lmaganlar tomonidan ko’rsatiladigan ishlab-chiqarish harakteriga ega bo’lgan xizmatlar.

    B) foydalar:

    • asosiy qo’yilmalarga foyda.

    Bazaviy tariflarni hisoblaganda, qolgan xarajatlarni tashkil etuvchilari (ish haki, amortizatsion chegirma, boshqa pul sarflari va h.k.) bilan birga, tariflarning indeksatsiya qilinmaydigan ulushini aniqlaydigan, o’zbek so’mining AQSH dollariga nisbatan bo’lgan kursini o’zgarishiga bog’liq bo’lmagan, bu esa tashkil etuvchilarning rejaviy ulushini aniqlaydilar.



    Download 3,27 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   71




    Download 3,27 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: Yoqilg’i energtika resurslarini me’yorlash bo‘yicha texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlar

    Download 3,27 Mb.