|
-modda. Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish
|
bet | 49/71 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 3,27 Mb. | | #140050 |
Bog'liq Ma\'ruzalar matni-2021 20-modda. Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish
Energiya ta’minoti tashkilotlari hamda elektr va issiqlik energiyasi uchun mavsumiy tariflar, shuningdek, elektr energiyasi uchun sutkaning turli vaqtlarida bo’yicha tabaqalashtirilgan tariflar joriy etiladi.
21-modda. Energiyadan nooqilona foydalanganlik uchun javobgarlik
Energiya xosil qilish va uni sarflash sohasida shug’ullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslar bevosita energiya nobudgarchiligini va energetika jixatidan samarasiz maxsulotlar ishlab chikarilishini istesno etadigan ishlab chiqarish, maxsulot, ishlar va xizmatlarning belgilangan energiya jixatidan samaradorligini ta’minlashlari shart. Bu talablar buzilgan taqdirda yuridik shaxslarga nisbatan:
energiyaning sifat ko’rsatgichlari buzilgan;
energiyaning bevosita noburdgarchiligi asoboblar yordamida yoki normativ usul bilan aniqlangan;
energiya sarflanishini asboblar yordamida xisobga olish buzilgan;
mavjuv ikkilamchi energiya resurslaridan foydalanishning belgilangan ulishi ta’minlanmagan hollarda qonun xujjatlarida muvofiq iqtisodiy jazo choralari qo’llaniladi;
Iqtisodiy jazo choralari qo’llanilishi yuridik shaxslarni o’zlariga yetkazgan zararni qoplashdan ozod qilmaydi.
Energiyadan nooqilona foydalanganlik uchun jismoniy shaxslar javobgarligi qonun xujjatlarida belgilangan.
Energiya yetkazib beruvchtlarning kelishmasdan energiya ta’minotini to’xtatib qo’yishi natijasida energiyadan foydalanuvchilarga yetkazilgan zarar qonun xujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
IV. Yakunlovchi qoidalar
22-modda. Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi xalqaro hamkorlik
Quyidagilar xalqaro hamkorlikning asosiy yo’nalishlaridir:
Energiya jixatidan samarali texnologiyalarni chet el va xalqoro manfatli ayriboshlash;
Energiyadan oqilona foydalanishni ta’minlovchi qo’shma davlatlararo loyixalarni respublikada ro’yobga chiqarish;
Energiya jixatdan samaradorlik ko’rsatkichlari xalqaro standartlarning talablariga moslash, shuningdek, sertifikatlash natijalari o’zaro e’tirof etish.
|
| |