|
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV
|
bet | 51/71 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 3,27 Mb. | | #140050 |
Bog'liq Ma\'ruzalar matni-2021O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV
Toshkent shahri, 2017-yil 26-may
Nazorat uchun savollar
O’zbekiston respublikasining energiyadan oqilona foydalanish to’g’risidagi Qonuni qachon qabul qilingan?
Mazkur Qonunning maqsadi nimalarga qaratilgan?
Energiyadan oqilona foydalanishning davlat boshqaruv asoslari bobida nechta modda ko’rsatilgan?
Energiyadan oqilona foydalanishning iqtisodiy mexanimlari bobida nechta modda ko’rsatilgan?
2017-2021-Yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini
11-mavzu: Ikkilamchi energiya resurslari klassifikatsiyasi. Ikkilamchi energiya resurslaridan foydalanish orqali energiyani tejash masalalari
Reja:
11.1. Ikkilamchi energiya resurslari turlari.
11.2. Ikkilamchi energiya resurslaridan foydalanish.
Tayanch iboralar: texnologik jarayon, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi, ikkilamchi energitik resurs, texnologok agregat, resurs, energetik potensial.
11.1. Ikkilamchi energiya resurslari turlari.
Haqiqiy texnologik jarayonlar ma’lum yoqilg’i, elektr va issiqlik energiyasini sarf etishni talab qiladi: kimyoviy reaktsiya, mexanik ta’sir natijasida yonayotgan gazlar, issiqlik tashuvchilar, gaz va suyuqliklar ortiqcha bosim ostida issiqlik ajratib chiqaradi. Bu energiya resurslaridan odatda, to’la hajmda ishlatilmaydi yoki umuman foydalanilmaydi. Mazkur texnologik jarayonda yoki qurilmada foydalanilmaydigan energetik chiqindilar ikkilamchi energetik resurslar nomini oldi(IER).
Uzoq vaqt IER dan foydalanishga etarli darajada e’tibor qaratilmadi. Ularning mohiyati to’laligicha ochilmadi, hisoblash uslublari yo’q bo’lgan.
Ikkilamchi energetika resurslar (IER) mahsulotlarning, chiqindilarning, o’tkinchi mahsulotlarning, texnologik agregatlar (qurilmalar)da hosil bo’ladigan energetik potentsiallardir. Ular mazkur agregatlarda foydalanilmasligi mumkin, lekin boshqa iste’molchilarni energiya ta’minoti uchun qisman yoki to’liq ishlatilishi mumkin.
Yoqilg’i qayta ishlovchi qurilmalar (neftni qayta ishlash, gaz generatorlari, koks qiluvchi, ko’mirni to’yintiruvchi va h.k.) mahsulotlarning kimyoviy bog’langan issiqligi, agregatga tushadigan hamda oqimlarni qizdirish uchun foydalaniladigan chiqindilarning issiqlik energiyasi – IER manbai ikkilamchi resurslarga kiritilmaydi.
|
| |