|
«elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari»
|
bet | 54/71 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 3,27 Mb. | | #140050 |
Bog'liq Ma\'ruzalar matni-2021NAZORAT SAVOLLARI
Ikkilamchi energiya resurslarining chiqishi haqida gapirib bering.
Ikkilamchi energetika resurslar nimalardan iborat?
Ikkilamchi energetik resurslardan foydalanishning afzalliklari haqida gapirib bering.
Ikkilamchi energetika resurslarni kelib chiqish sabablarini bilasizmi?
Ikkilamchi energetika resurslarni qanday xosil qilsa bo’ladi?
12-mavzu: Energiya resurslarini iste’mol qilishni hisobga olish va rostlash
Reja:
12.1. Elektr energiyani hisobga olish tizimi
12.2. Issiqlik energiyasini hisobga olish va rostlash.
12.3. O’zbekiston Respublikasida foydalaniladigan asboblarning turlari
Tayanch so’z va iboralar: Elektr energiya, energiyani hisobga olish, hisoblagich, nazorat qilish, energiya tejamkorligi, aniq bo’lmagan axborot, energiya resurslari.
12.1. Elektr energiyani hisobga olish tizimi
Elektr energiya berishni rostlash, odatda, markazlashgan holda, iste’mol qilish esa asosan qo’lda asboblarni o’chirish yordamida yoki ularning iste’mol qilayotgan quvvatini reostatlar va avtotransformatorlar yordamida rostlanadi. Ba’zi hollarda soat mexanizmlari (vaqt relesi) bilan jihozlangan avtomatik o’chirgichlardan, masalan, jamiyat binolari yo’laklarida, kirishlarida foydalaniladi.
Tabiiy yoritilganlikni hisobga olib ishlaydigan fotoelementlarda ishlaydigan tizimlar bo’lsa ham, ko’cha yoritilganligini o’chiruvchi vaqt relelari qo’llaniladi. Elektr iste’molining hisobini elektr hisoblagichlar amalga oshiradilar.
Elektr va issiqlik energiyani hisobga oluvchi asboblar issiqlik energetika resurslarini ularni haqiqiy iste’molini aks ettirib iqtisod qilishni ta’minlaydi va odatda hisobotlarga, ko’p hisobga olish asboblari o’rnatilgandan so’ng, berilgan issiqlik energiyasiga to’lovlar ularning o’rnatilganicha bo’lgan davrnikidan 2-3 marta past bo’ladi. Asboblarning yo’qligi aniq bo’lmagan axborotni olish, hisobotlarni buzib ko’rsatilishiga va natijada ko’pgina nohush hodisalarga olib keladi. Asboblarni loyihalari muhandislik kommunikatsiyalari hisobga olish asboblari bilan ishlaydigan yangi binolarda o’rnatish kerak va mumkin bo’ladi. Energiya iste’moli tashkil etuvchilarini va narxini minimallashtirish, hisobga olish, nazorat qilish faqat energiya berish jarayonlari avtomatlashtirilgan korxonalardagina mumkin bo’lib, bu energiya resurslarni avtomatlashtirilgan hisobga olish va nazorat qilish tizimining bosh yo’llaridan biridir.
Gaz, suv va issiqlik energiyasining sarfini asboblar yordamida hisobga olishning rivojlanish kontseptsiyasi, issiqlik energiya resurslarini sarfini kommertsiyali hisobga olish asboblari bilan jihozlashning quyidagi yo’nalishlarni belgilaydi:
uy-joy-kommunal xo’jaligi, sog’liqni saqlash, maorif, madaniyat va ijtimoiy-maishiy xizmat sohalari ob’ektlari;
barcha turdagi halq xo’jaligi sohalarining korxona va tashkilotlari.
Issiqlik energiyasi hisoblagich asboblarini va avtomatik rostlash tizimini tatbiq etish quyidagilardan iqtisodiy samara olish imkonini beradi:
yoqilg’i, energiya va suvning iste’molini pasaytirish;
gaz, suv va issiqlikning ishlab chiqarishga va foydalanishga bo’lgan xarajatlarni kamaytirish;
suv o’tkazgichlar va issiqlik tashuvchilarning avariyasini bartaraf qilish va tiklashga bo’lgan xarajatlarni kamaytirish.
Maksimal iqtisodiy samara olish maqsadida markaziy va yakka tartibdagi punktlar issiqlik energiyasi va suvni hisobga olish va rostlash asboblarini o’rnatish zarur.
Suv va gazni yakka tartibda hisobga olish asboblarini ommaviy o’rnatishni energiya tashuvchilarga bo’lgan tarifni ularni ishlab chiqarish va berish bo’yicha aholi qarzlarini 100% to’lovini ta’minlovchi darajagacha ko’tarish ko’zda tutilganda amalga oshiriladi.
Elektr energiyani kommertsiyali hisobga olish tizimi iste’molchilar va etkazib beruvchilar orasidagi hisob-kitoblarda qo’llaniladigan tariflarga mos kelishi kerak.
|
| |