|
«elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari»
|
bet | 62/71 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 3,27 Mb. | | #140050 |
Bog'liq Ma\'ruzalar matni-2021NAZORAT SAVOLLARI:
Energetik menejment korxonalarda qanday ishlarni amalga oshiradi?
Energetik menejmentning maqsadi, funktsiyalari nimalardan iborat?
Energetik menejmentning asosiy masalasi nimalardan iborat?
Energetik menejmentning maqsadi.
Loyihalashning asosiy masalasi nimalardan iborat?
Energiyadan foydalanish samaradorligini oshirishning qanday yo’nalishlarini bilasizmi?
Energiya menejmenti o’z ichiga nimalarni oladi?
14-mavzu: Energetik audit
Reja:
14.1. Energetika auditi
14.2. Sanoat korxonasida energiya tejashning asosiy tamoyillari
14.3. Energetik auditning axamiyati
14.4. Qisqa va batafsil energetik auditlar
Tayanch so’z va iboralar: YoER foydalanish, energetika auditi, pasportlash, Energetika auditining maqsadi, ob’yektlari, ko’zdan kechirish, auditni o’tkazish, qisqa va batafsil energetik auditlar
14.1. Energetika audit
Sanoat korxonalarida yoqilg’i energetik resurslari (YoER) dan ratsional foydalanish ular ishining samaradorligini oshirishning muhim usullaridan biridir. Hozirda energiya sarfining mahsulot tannarxidagi ulushi (xom ashyo va materiallarni xisobga olmaganda) 40-45 % ni tashkil etadi, ayrim hollarda 70-80 % gacha yetadi. YoER foydalanish samaradorligini oshirishga ikkita yo’l bilan erishiladi:
korxona tuzilmasini va texnologik jarayonlarni modernizatsiyalash asosida, tabiiyki bu, katta xarajatlarni talab qiladi va ko’pincha o’zini oqlash muddati uzoq bo’ladi;
sanoat korxonasini energiya ta'minot tizimini bosqichma-bosqich rekonstruktsiyalash yo’li bilan, bu sarf qilingan xarajatlarni nisbatan kam muddatda qaytarish va energiya xo’jaligini takomillashtirish imkoniyatini tayyorlashga olib keladi.
Tanlangan yo’nalishga bog’liq bo’lmagan holda, xar qanday sanoat korxonasi (ob’yekt) uchun YoER energiya tejamlovchi dasturlarini majmuaviy ishlab chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunday dasturni yaratishga energetik tekshiruv (energiya auditi)ni o’tkazish va uning asosida korxona energetik xo’jaligini pasportlashtirish moyillik qiladi.
Energetika auditi – bu energiya manbalari va uning ishlab-chiqarayotgan mahsulotbirligiga solishtirma iste'moli to’g’risida axborot yig’ish maqsadida korxonani tekshiruvdan o’tkazishdir. Energetika auditi energetika menejmentining asosiy qurolidir.
Energetika auditi ma'lum ishlab-chiqarishni energiya iste'molini energiya iqtisod qilish zaxiralarini aniqlash, energiya tejamlash dasturini ishlab-chiqish va energiya tejamlash tadbirlariga kerak bo’lgan investitsiya o’lchamlarini aniqlash maqsadlarida majmuaviy tekshirish o’tkazishdan iborat.
|
| |