• Bosimning doimiy farqi sarf o’lchagichi, rotametr deb
  • 15.1 - rasm. Rotametr 12.3. O’zbekiston Respublikasida foydalaniladigan asboblarning turlari Taxometrik sarf o’lchagichlar
  • Turbinali sarf o’lchagichlar
  • Toraytiruvchi qurilmada bosim farqi bo’yicha o’lchash uslubi




    Download 3,27 Mb.
    bet58/71
    Sana18.01.2024
    Hajmi3,27 Mb.
    #140050
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   71
    Bog'liq
    Ma\'ruzalar matni-2021

    Toraytiruvchi qurilmada bosim farqi bo’yicha o’lchash uslubi, toraytruvchi qurilmadan oqim o’tganda torayguncha bo’lgan tezlikka nisbatan, tezligi ortishiga asoslangan, statik bosim esa pasayadi. O’lchangan bosim farqi R gradurovka tavsifi R=f(G) ga muvofiq moddalarning oqim sarfi aniqlanadi.
    Bosimning doimiy farqi sarf o’lchagichi, rotametr deb (15.1- rasm) vertikal konussimon (tepasiga qarab engil ajratuvchi) shisha quvurcha (2), bu quvurchada suzgich (1) joylashtirilgan asbobga aytiladi. Suzgichning shakli turli bo’lishi mumkin, masalan pastki qismi konussimon, tepa qismi silindrik burtik ko’rinishiga ega bo’lgan silindr ko’rinishida va uning tepa qismida ariqchalar kesilgan. Sarfi o’lchanadigan muhit bu ariqchalardan oqib o’tib, suzgichni quvurcha o’qi atrofida aylanishi va o’z-o’zidan markazlanishini ta’minlaydi, bu holda u asbob devorlariga ishqalanmaydi.
    Rotametrning ishlash printsipi oqib o’tayotgan muhit tomondan suzgichga ta’sir qilayotgan og’irlik muvozanatiga asoslangan.



    15.1 - rasm. Rotametr


    12.3. O’zbekiston Respublikasida foydalaniladigan asboblarning turlari
    Taxometrik sarf o’lchagichlar – ularda sarf o’zgartgichi (quvurcha, sharcha, qanotcha va h.k.) o’lchanayotgan muhit sarfi hajmiga to’g’ri proportsional bo’lgan tezlik bilan aylanadi. Taxometrik o’zgartgichlar nafaqat sarf o’lchagicharda qo’llaniladi, balki modda miqdori hisoblagichida ham qo’llaniladi.
    Konstruktsiyasiga bog’liq holda taxometrik sarf o’lchagichlar turbinali, qanotli, doirali va kameralilarga bo’linadi.
    Turbinali sarf o’lchagichlar turli suyuqliklarning sarfini o’lchashda qo’llaniladi. Lekin juda quyushqoq va kirlangan, ayniqsa qirindi moddalar mavjud suyuqliklar bundan mustasno, chunki bu sarf o’lchagichrlar uchun o’lchanayotgan muhitning moylash qobilyati muhim shart hisoblanadi. Shuning uchun gazlarning sarfini o’lchashda turbinali sarf o’lchagichlar kamdan-kam qo’llaniladi.
    Elektromagnit sarf o’lchagichlarning ishlash printsipi elektromagnit induktsiya qonuniga asoslangan, bunga muvofiq magnit maydonni kesib o’tadigan elektr o’tkazuvchi suyukliklarda, bu suyuqlik harakati tezligiga proportsional bo’lgan elektromagnit kuch induktsiyalanadi.
    Sarfni o’lchashning ultra tovush uslubi (quvur)ga nisbatan ultra tovush tarqalishining oqim tezligiga bog’liqligiga asoslangan. U kontaktsiz o’lchash uslubiga kiradi. Bu guruhga induktsion, ionizatsion, radiatsion va boshqa sarf o’lchagichlar kiradi.
    Issiqlik energiyasining sarfini o’lchash uchun ko’chma aloqasiz uslublar keng tarqalgan: elektromagnitli, ultra tovushli, o’ta yuqori chastotali (O’YUCH), ionizatsion, radiatsion va h.k., ularning mohiyati shundan iboratki, qandaydir manbadan nurlanish ta’siri ostida oqimga mos fluktatsiya (lotincha-fluctytio-tebranish, kuzatilayotgan fizik qiymatning bexosdan og’ishi; issiqlik fluktatsiyasi sim uchlaridagi potentsial ayirmasi bilan belgilanadi) hosil bo’ladi. Generator orqali chastota impulsini berish momentini, qabul qiluvchi – registrning sezgir elementidan “bulutcha”ni o’tish momenti va oralig’ini bila turib, moddaning sarfi aniqlanadi.
    Iste’mol qilinayotgan issiqlik energiyasini o’lchash uchun quyidagi asboblar butlamasini tashkil etuvchi issiqlik hisoblagichlaridan foydalaniladi: sarf o’lchagich, qarshilik termometri va signallarga ishlov beruvchi hisoblash bloki (“Kvant” va “Termo”).
    Issiqlik ta’minoti tizimida, issiqlik manbalarida va iste’molchida issiqlik energiyasini va quruq to’yingan bug’ massasini o’lchash, RUP BEL-TEI ning Novopolotsk filialida ishlab chiqarilgan TP-2010 issiqlik o’lchagichi, o’zgaruvchan bosim farqi uslubi bilan sarfni o’lchashni ta’minlaydi.
    Bir qator Evropa mamlakatlarida issiqlik sarfini radiator yuzasiga mahkamlangan, tetralin bilan to’ldirilgan, graduirovka qilingan shisha quvurcha ko’rinishidagi individual issiqlik o’lchagichlari yordamida baholanadi. Uning sistematik ravishda qizishi suyuqlikni bug’lanib ketishiga olib keladi va uning sathiga qarab issiqlik sarfi haqida fikr yuritiladi.
    Energiya tejamlash ob’ektiv hisobga olishsiz, ob’ektiv hisobga olish esa – sifatli asboblarsiz mumkin emas. Hozirgi paytda xo’jalik sub’ektlari tomonidan issiqlik energiyasi, suv va gazlarni hisobga oladigan bir qator asboblar o’zlashtirilib, ishlab chiqarilmoqda. Issiqlik o’lchagichlar umumiy qismidan eng ko’p soni quyidagilarni tashkil etadi:

    • elektromagnit ishlash printsipidagi asboblar-“Kombi-metr”, TEM-05, TEM-05M, TERM-01, TERM-02;

    • ultra tovushli asboblar – SKU-01, SKU-02, SviT-01, ELSI-T-200;

    • tezlikli yoki taxometrik-MTS-97g’, TS-0.1, TS-0.2, TS-0.3, TS-0.5.

    Elektr magnit ishlash printsipili hisoblagich asboblar quyidagi afzalliklarga ega:

    • suyuqlik oqimida qo’zg’aluvchi qismlarning yo’qligi;

    • o’lchaganda minimal xatolik (0.25-1,5 %);

    • o’lchov shkalasining chiziqliligi;

    • abraziv muhitda o’lchash mumkinligi; sarf datchiklari oldida quvur o’tkazgichning to’g’ri uchastkalaridagi kichik uzunlik (quvur o’tkazgichlarning 3-5 diametrlari)

    Ularning asosiy etishmovchiligi suvning kimyoviy tarkibiga yuqori sezgirligidir.
    Oxirgi paytda qanotchali sarf o’lchagichli tezlikli issiqlik o’lchagichlarini qo’llash sezilarli qisqartirildi. Bu uning quyidagi etishmovchiliklari bilan belgilanadi:

    • suvdagi mexanik aralashmalarga yuqori sezgirligi;

    • doimiy xizmat ko’rsatishni talab etilgan filtrlarni o’rnatish zarurligi;

    • ishlatish jarayonida xarakterlanuvchi mexanik qismlar edirilishining mavjudligi.

    Ultratovushli asboblarning ko’p qo’llaniluvchisi bu qoplamali datchik ko’chma asboblar, chunki ular: muhit oqimiga gidravlik qarshilikni hosil qilmaydi, mexanik harakatlanuvchi qismlarga ega emas, keng dinamik diapazon va yuqori chiziqlilikni ta’minlaydigan hamda muhitning kimyoviy-fizik ko’rsatkichlarini o’zgartirishga bog’liq emas, yuqori aniqlik va ishonchlilikka ega.

    Download 3,27 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   71




    Download 3,27 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toraytiruvchi qurilmada bosim farqi bo’yicha o’lchash uslubi

    Download 3,27 Mb.