|
Loyihalashning asosiy masalasi –
|
bet | 61/71 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 3,27 Mb. | | #140050 |
Bog'liq Ma\'ruzalar matni-2021Loyihalashning asosiy masalasi – texnologiyalarga qaratilgan, texnologiyalararo energetik sikllarni muvozanatlanganligi, narx va etkazib berishi bo’yicha arzon va oson bo’lgan energiya resurslaridan foydalanishdan iborat.
Qurilish, montaj va jihozlarning sozlash nominal ishlash rejimiga chiqishi bilan normalarga rioya qilishni talab etadi.
Ishlatish sharoitlarida energiya iste’mol qilishni boshqarish murakkabdir, chunki turli vaqtda asos solingan korxonalarga tegishli. Shuning uchun bu korxonalarda jihozni butlash va undan foydalanish sharoitlari turlichadir. Energiya iste’mol qilishda boshqarish jarayonining tashkil etuvchilari quyidagilardir:
1. Tashkiliy asoslar:
texnologik energetik va reja – moliyaviy xizmatlar kuchlarini qo’shish;
barcha qiziqishi mumkin bo’lgan xizmatlarning faoliyatini iqtisodiy jihatdan rag’batlantiradigan mexanizmni tatbiq etish.
2. Energiyadan foydalanishni boshqarish masalalarida dastlabki ma’lumotlar. Jarayonning tuzatilgan tavsiflari kerak, energiya resurslari va energiya tashuvchilarining xarakterini (tushum, sarf, uzatish) nazorat qilish va hisobga olish tizimlari va asboblar kerak. Energiya tejamlashning ko’rsatkichlari haqidagi dastlabki axborot, o’tayotgan rejimni nazoratida, hisobotlarni olib borishda, kommertsiya hisob-kitoblarda, energiya iste’moli samadorlikni tahlil qilishda foydalaniladi.
13.2. Energiyadan foydalanish samaradorligini oshirishning yo’nalishlari:
Dastlabki xom ashyo va energiya resurslarining sifatini yaxshilash: xom ashyo tarkibi (quritish, tozalash), uning fizik xolati (maydalash, granula qilish, elash), kimyoviy tarkibi (kuydirish, kimyoviy reaktsiyani tezlashtiruvchi yoki sekinlashtiruvchi moddani qo’shish) va h.k.
Texnologik jihozlarning ta’minlash va ularga texnik xizmat ko’rsatish; issiqlik almashgichlarining ishchi yuzalarini tozalash, issiqlik tarmoqlarining gidravlik rejimlarini optimallash, issiqlik izolyatsiyasi nosozligini, suv, bug’,siqilgan havo sizib chiqishini bartaraf etish, edirilgan elementlarni ta’mirlash va almashtirish;
Jihozlarini ishlash rejimlarining ratsionalizatsiyalash optimallashtirish. Bunday rejimlarda yoqilg’i sarfi, energiya minimal bo’ladi.
Ikkilamchi energiya resurslaridan (IER) foydalanish yuqori potentsiallik IER (400 ... 10000 S ) ancha sovuq elementlarini qizdirish uchun birlamchi jarayonga regeneratsiya (qaytarish) va (yoki) qo’shimcha qurilma – utilizator – qozonlar o’rnatish;
Modernizatsiya va rekonstruktsiya - energiya tejamlashining eng ko’p natijaga ega va eng qimmat yo’nalishi. Ko’p tarqalgan ishlar turi:
energiya sarfini pasaytirish uchun rostlanuvchi elektr yuritma tizimini qo’llash;
yoritish lampalarini yanada iqtisodli turlariga almashtirish;
eskirgan ventilyatorlarni yangilariga almashtirish va shamollatishga sarf bo’layotgan elektr energiyani pasaytirish uchun avtomatik boshqarish tizimini tatbiq etish;
texnologik suv sarfini pasaytirish uchun qayta suv bilan ta’minlash tizimini tashkil etish;
siqilgan havo ishlab chiqarishi uchun ketadigan energiya xarajatlariin pasaytirish uchun, porshenli kompressorlarni turbinalilari bilan almashtirish;
progressiv ishlab chiqarish texnologiyalarini tatbiq etish.
|
| |