• Energetika auditining maqsadi
  • Energetika auditi va pasportlashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat




    Download 3,27 Mb.
    bet63/71
    Sana18.01.2024
    Hajmi3,27 Mb.
    #140050
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   71
    Bog'liq
    Ma\'ruzalar matni-2021

    Energetika auditi va pasportlashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

    1. Texnologik va energetik jihozlarni noiqtisodiy ishlash rejimlarini aniqlash, bu korxonaning energiya iste'moli va ishlashini tekshirish asosida va natijalarini tizimliy tahlili asosida amalga oshiriladi;

    2. Energiya tashuvchilarning turlari bo’yicha korxonalarda mumkin bo’lgan energiya tejash potensialini aniqlash va energiya tejamlovchi tadbirlarga investitsiya o’lchamini baholash;

    3. Korxonalarni rivojlanish dinamikasi va tuzilmasini o’zgartirishni hisobga olgan holda aniq tadbirlar qo’llashning samaradorligini texnik iqtisodiy asoslashni o’z ichiga oladigan energiya tejamkorlik bo’yicha majmuaviy dasturlar ishlab chiqish;

    4. Korxona energiya xo’jaligi to’g’risida barcha asosiy ma'lumotlarni aks ettiradigan energetika pasportini tuzish va YoER dan korxona ob’yektlari bo’yicha foydalanish samaradorligini baholash.



    Energetika auditining maqsadi:

    • ishlatilayotgan energiya shaklini aniqlash;

    • energiya iste'molini o’rganish, energiya sarflari bo’yicha ma'lumotlar yig’ish;

    • energetika bo’yicha joriy axborotlarni tekshirish va ishchi jarayon hamda operatsiyalarni tadbiq etish;

    • energiya sarflarini yozishni bajarish uslubiyatini ishlab chiqish va takomillashtirish;

    • ishlab chiqarilayotgan mahsulotbirligiga to’g’ri keladigan energiya iste'molini aniqlash (solishtirma energiya iste'moli);

    • energiyani eng ko’p yo’qotishlari bo’lgan ishlab-chiqarish potensial zonalarini aniqlash;

    • energiya iste'molini qisqartirish bo’yicha tadbirlarni ishlab chiqish.

    O’zbekiston Respublikasining “Yoqilg’i energetika resurslari iste'molini ekspertizasini va energetik tekshirishni o’tkazish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida” 2006 yil 7 avgustda qabul qilingan №164 sonli qonuniga muvofiq majburiy energetik tekshiruvdan YoER larning yillik iste'moli 6 ming.t.sh.yo dan ko’p bo’lgan korxonalarni o’tkazish majburiydir.
    Energetik tekshiruv natijalari bo’yicha korxonalar tomonidan energetik resurslarni (qattiq yoqilg’i, neft, gaz, elektr va issiqlik energiyalari va h.k.) ishlatish samaradorligini baholash amalga oshiriladi. YoERlarni ishlatishdagi aniqlangan buzilishlar asosida, energiya resurslarini iqtisod qilish zaxiralarini borligi haqida takliflar tayyorlanadi hamda energiya tejamlashning texnik va tashkiliy tadbirlari taklif qilinadi.
    Energetika resurslaridan ratsional foydalanish va energiya tejamlash bo’yicha berilgan takliflar, texnologik jarayonlar va jihozlarning ekologik tavsiflarini, ishlayotgan xodimlarning xafvsizligini, mahsulot sifatini yomonlashuviga olib kelmasligi kerak.
    Energiya auditini o’tkazish, uslubiy jihatdan, ob’yekt va uning energiya iste'moli tizimi va uskunalari bilan tanishishni o’z ichiga oladigan dastlabki bosqich, energiya auditini o’zidan iborat bo’lgan asosiy bosqichdan iborat (batafsil audit).
    Dastlabki bosqich energiya auditini keng ko’lamli dasturini tuzish uchun xizmat qiladi. Dastlabki audit, o’rnatilgan vaqt davrida ishlab-chiqarishning ma'lum uchastkasida energiya iste'molining Tahlilini va yozuvini amalga oshirishdan iborat. Bu bosqichda, ob’yekt uning tizimi va uskunalarining asosiy energetik tavsiflari aniqlanadi, energiya iste'mol qilishning eng energiya sig’imli tizimi, energiya iste'molining eng iste'molli joylari ajratiladi. Dastlabki audit uchun yo mavjud ma'lumotlar yoki eng oddiy o’lchovlar natijasida olingan ma'lumotlar to’planadi. Dastlabki auditning asosiy maqsadi bu ma'lumotlarni ishlatish uchun foydali bo’lgan axborotga o’zgartirishdan iborat. Bunday o’zgartirishlar joriy energiya iste'molining ko’z oldiga keltirishni beradi. Audit uskunalarni, energiya ta'minoti tizimini va yoqilg’iga bo’lgan xisoblarni tez ko’rikdan o’tkazish bilan bajarilishi mumkin. Ko’z bilan tekshirish energiyani iqtisod qilish imkoniyatlarini aniqlash maqsadida va batafsil Tahlil etish zarurligini o’rnatish maqsadida o’tkaziladi. Dastlabki bosqichda energiya audit ekspertlari korxona xodimlari bilan birgalikda bajaradilar. Axborotni maxsus ishlab chiqilgan jadval shaklida va yozma ravishda keltirish kerak. Dastlabki audit natijalari bo’yicha korxona raxbariyati bilan kelishilgan batafsil energetika auditni o’tkazish dasturi tuziladi. Dastlabki bosqichning ohirida energiya auditini o’tkazish dasturi tuziladi va u ob’yekt ma'muriyati bilan muvofiqlashtirilib, ikki tomonlama imzolanadi. Korxonaning murakkabligiga qarab auditning bu bosqichiga 1-3 kun ketadi.
    Batafsil audit ishlab-chiqarishning xar bir uchastkasida xar bir vaqt davri uchun iste'mol etilayotgan energiya to’g’risida to’liq axborot energetika balanslari va energetik samaradorligi ko’rsatkichlari bilan yig’ishdan iborat. Batafsil auditni o’tkazish uchun zaxiraviy ixcham nazorat-o’lchov asboblaridan foydalaniladi. Batafil audit o’tkazish davomiyligi haftalar, ba'zida oylarni tashkil etadi.
    Energetik tekshiruv davomida ishlab-chiqilgan dasturga muvofiq axborot yig’ish amalga oshiriladi. Axborot manbalari quyidagilar bo’lishi mumkin:

    • rahbariyat va texnik xodimlarni so’rov qilish va anketalash;

    • energiya resurslarini hisobga olish va energiya ta'minoti sxemalari;

    • energiya resurslari sarfini kommertsiyali va texnik hisobga olish bo’yicha hisobot hujjatlari;

    • energiya resurslarini yetkazib beruvchilardan xisoblar;

    • vaqt bo’yicha (soat, kecha-kunduz, oy) energiya iste'molining yuklama grafigi;

    • zarur iqtisodiy ma'lumotlar (narxlar, ta’riflar, tannarx);

    • energiya iste'mol qiluvchi uskunalarga texnik xujjatlar (pasportlar, formulyarlar, tasniflar, texnologik reglamentlar, rejim kartalari);

    • energiya tejamlash tadbirlash bo’yicha hujjatlar;

    • kelajakka mo’ljallangan dasturlar va korxonaning qayta tuzilmasi loyihalari yoki uning ayrim ishlab-chiqarishini modernizatsiyalash dasturlari.

    Yuqorida keltirilgan axborot eng kamida ohirgi 24 oy uchun to’lanadi va quyidagi bo’limlar bo’yicha guruhlanadi:

    • imoratlar (to’suvchi konstruktsiyalarning izolyatsiya sifatini tekshirish, oynavandligini, eshik va romlarning tirqishlarini zichlanganligini, chordoq va podval xonalarini tekshirish);

    • bino va sexlarning markaziy isitish tizimi;

    • issiq va sovuq suv ta'minoti tizimi;

    • korxonaning suv aylanishi sikllari tizimi (texnik suv ta'minoti);

    • majburiy va tabiiy shamollatish tizimlari;

    • ob’yektlarning gaz ta'minoti tizimi;

    • ob’yektlarning energiya ta'minoti tizimi;

    • energiya tashuvchilarning sarfini texnik va kommertsiyali hisobga olish tizimlari.

    Energiyadan foydalanish samaradorligini baholash uchun zarur, lekin yo’q bo’lgan axborotni to’ldirish uchun asbobiy tekshirish deb nomlanadigan tekshirish qo’llaniladi. Asbobiy tekshiruv mavjud axborotning aniqligi shubha tug’dirgan hollarda ham qo’llanladi.
    Batafsil energetik auditni o’tkazish uchun oldindan energetik ko’rikni amalga oshirish kerak. Dastlabki energetik ko’rikda energiyani yo’qotishlarning eng mumkin bo’lgan joylari aniqlanadi, ya'ni quyidagilar:

    • issiqlik yo’qotishlar;

    • bug’ning sizib chiqishi;

    • issiqlik izolyatsiya qilish kerak bo’lgan, yuzalarning ochiq issiq uchastkalari;

    • rostlanmaydigan yondirgichlar;

    • chiqishda gazning yuqori harorati;

    • uskunalarning salt ishlashi;

    • siqilgan havo va gazning sizib chiqishi;

    • mahsulotchiqindilar;

    • materiallarni kerak bo’lmagan uzatilishi;

    • ishlab chiqarishning tez-tez to’xtatilib turilishi;

    • bosimni pasaytirishning kerak bo’lmagan qurilmalari;

    • nosoz nazorat asboblari;

    • havo puflagichlarning tiqilib qolgan filtrlari (shu jumladan kompressorlarniki);

    • ish joyidagi iflosliklar;

    • kondensatning sizib chiqishi;

    • suvning sizib chiqishi;

    • xaddan tashqari yoritilganlik;

    • keragidan ortiqcha konditsionerlash (xavoning qizdirilishi).

    Tekshirish bo’yicha ishlarni yengillatish uchun odatda oldindan barcha energetik ko’zdan kechirishda zarur axborot yoritilishi kerak bo’lgan shakllarni tayyorlab qo’yiladi. Shundan so’ng ko’zdan kechirishda tayyorlangan shakllarga axborotni yozish amalga oshiriladi.

    Download 3,27 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   71




    Download 3,27 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Energetika auditi va pasportlashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat

    Download 3,27 Mb.