|
«elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari»
|
bet | 60/71 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 3,27 Mb. | | #140050 |
Bog'liq Ma\'ruzalar matni-2021Energetik menejment – yoqilg’i energetika resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan tashkiliy va texnik tadbirlar yig’indisidir.
Energetik menejmentning asosiy masalasi – energiya iste’molini majmuaviy tahlil etish va uni yoqilg’i – energetik resurslarini o’tkazilayotgan energiya tejamlashni minimallashtirishga bog’liq holda o’zlashtirishdan iborat. Umumiy menejmentning qismi bo’la turib, energetik menejment uning tuzilmasini takrorlaydi. Shundan makrodarajadagi energetik menejment va mikrodarajadagi menejmentlar ajratiladi. Makro darajadagi menejment yoqilg’i – energetik resurslardan davlatlararo, davlat ichkarisidan, viloyat, tuman, shahar, soha darajasida ratsional foydalanishning boshqarishini oladi. Mikro darajadagi energetik menejmentga korxona, firma, tashkilot, darajasida boshqarish mos keladi.
Energetik menejmentning yuqorida sanab o’tilgan har bir darajasiga o’zining aniq maqsadi mos keladi:
davlatlararo energetik menejmentning maqsadi, energetik resurslarning dunyo zaxiralarini saqlash va ratsional foydalanish, energiyaning yangi manbalari va shakllarini qidirib topish, atrof-muhitni saqlashdan iborat;
davlat ichki menejmentining maqsadi – energetik mustaqillikni va xavfsizlikni ta’minlash. MDH mamalakatlari uchun – energiya xarajatli iqtisodiyotidan energiya samaraliga o’tish;
viloyat, tuman, shahar energetik menejmenti – mos hududlarda xo’jalikning ishlash sifatini va aholining yaxshi xayot sharoitarini ta’minlagan holda, yoqilg’i – energetik resurslarini minimal iste’moliga erishish;
soha energetik menejmetining maqsadi- yoqilg’i – energetik resurslarini oshirmasdan turib, soha korxonalarining unumdorligini ko’tarish;
korxona energetik menejmentining maqsadi, korxona xarajatlarining umumiy tuzilmasida energetik tashkil etuvchini pasaytirish va natijada, ichki va tashqi bozorda korxona ishlab chiqarayotgan mahsulot raqobatbardoshligini oshirishdan iborat.
Energetik menejment o’z ichiga fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida, harqanday ishlab chiqarishning energetik qismini optimal ishlashi va rivojlanishini oladi. O’z navbatida bu, asosiy va yordamchi ishlab chiqarishni energiya auditini tizimli tarzda o’tkazish, kutilayotgan va talab etilayotgan mablag’larni aniqlagan holda elektr energiyani iqtisod qilish bo’yicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish, korxonada energiya tejamlash siyosatini o’tkazishga mas’ullik, energiya tejamlovchi texnologiyalar sohasidagi yutuqlarni o’rganish, energiya tejamlovchi tadbirlarni maqsadga muvofiqligini iqtisodiy jihatdan asoslagan holda, ularning ishlab chiqarishga tatbiq etish dasturini ishlab chiqish, erishilgan natijalarni o’rganish va baholashdir.
Yuqoridan sanab o’tilgan tadbirlar natijasida tashqi energiya menejeri ishlab –chiqarishning energiya samaradorligini oshirish va energiya tejamkorligini rag’batlantirish tizimini ishlab chiqadi, energetik loyihalarni rejalashtirish va bajarishga, energetik samarador jihozlarni sotib olish va tatbiq etishga mas’uliyat olib boradi.
Energiya menejmenti yana o’z ichiga: energetik resurslar sarfini normallash; yoqilg’i sarfini ratsional me’yorini ishlab chiqish; ratsional isitish, sovutish, issiqlik uzatish, issiqlik yo’qotishlarining oldini olish, ikkilamchi resurslardan foydalanish, tarmoqlardan elektr energiya yo’qotishlarning kamaytirishlarini oladi. Energiya menejmenti – bu birinchidan bir martali tadbir emas, balki doimiy ko’p yillik sinchiklab (energiya tejamlash dasturining o’z-o’zini oqlashi kommertsiya loyihalarnikiga o’xshab tez emas) bir dasturni tayyorlash, boshqalarini bajarish va rivojlantirish ishidir.
Katta loyihalar bir qator mayda va aniq loyihalarga bo’linib ketishi mumkin bo’lgani uchun, energiya menejerining ikkinchi sathdagi majburiyati o’z korxonasi qiziqishlarining energiya tejamkorlik bo’yicha tadbirlarni amalga oshirishni taklif etayotgan partnyorlarning imkoniyatlari bilan moslashtirish.
Huquqiy davlat organlari, jamoat tashkilotlari, energiya nazorat qilish bo’yicha idoralar bilan o’zaro harakat, energiya menejeri faoliyatining uchinchi sathidir.
To’rtinchi sath huquqiy – me’yoriy aktlarini, standart talablarini energiya tejamkorlik va samarali energiya iste’moli ko’lamidagi rahbariy hujjatlarni aniq bilishdan iborat.
Energiya menejeri faoliyatining beshinchi sathi o’z malakasini uzluksiz oshirishi, energiya tejamlovchi tadbirlarini o’tkazishni vatan va chet el tajribalarini doimo o’rganib borishdan iborat.
Ba’zida energiya menejmentini umumiy boshqarish masalalari qatoriga qo’yiladigan bosqichlarga bo’lishadi:
loyihalash;
qurish;
sanoat korxonalarini ishlatish. Birinchi va ikkinchisi mavjudlari bilan taqqoslaganda qurilayotgan korxonalar soni kamligi uchun, chegaralangan ta’sir doirasiga ega va uzoq kelajakda samara berishi mumkin.
|
| |