• 13-mavzu: Energetika menejmentning maqsadi, funktsiyalari va uni tashkillashtirish Reja
  • Tayanch iboralar
  • «elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari»




    Download 3,27 Mb.
    bet59/71
    Sana18.01.2024
    Hajmi3,27 Mb.
    #140050
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   71
    Bog'liq
    Ma\'ruzalar matni-2021

    NAZORAT SAVOLLARI

    1. Elektr energiyani hisobga olish tizimi deganda nimani tushunasiz?

    2. Hisobga olish asosiy tizimlari nimalardan tashkil topgan?

    3. Elektr energiyani markazlashgan hisobga olishning qanday asosiy tizimlari mavjud?

    4. ENBAT nima?

    5. ENBAT ni tatbiq etish qanday imkoniyatlarni beradi?

    6. Issiqlik energiyasini hisobga olish va rostlash.



    13-mavzu: Energetika menejmentning maqsadi, funktsiyalari va uni tashkillashtirish


    Reja:
    13.1. Energetik menejmentning maqsadi, funktsiyalari va tashkillashtirish.
    13.2. Energiyadan foydalanish samaradorligini oshirishning yo’nalishlari:


    Tayanch iboralar: boshqarish, menejment, audit, energitik balans, boshqaruv tizimi, energiya iste’moli, texnik vosita, iste’molni boshqarish, energitik menejment, energiya yo’qotilishi.


    13.1. Energetik menejmentning maqsadi, funktsiyalari va tashkil-lashtirish.
    Energiya tejamlash iqtisodiyotining barcha sohalarida, yoqilg’i-energetik majmua, sanoatning energiya sig’imli sohalari, kommunal-maishiy sektor, qishloq xo’jaligi va elektrlashtirilgan transportni qo’shib hisoblaganda, energiya samarador texnologiyalarga o’tishni bildiradi. Energiya tejamlash energiyani olish, o’zlashtirish va taqsimlashning barcha zvenolarida- birlamchi energiya resurslarini qazib olishdan, to oxirgi iste’molchilar tomonidan energiyaning barcha turlarini iste’mol qilishgacha, energiyadan ratsional foydalanishni bildiradi. Bu muammolarni echish yo’li, o’z ichiga quydagilarni oladi: energiyani ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilishning samarador texnologiyalari; tiklanuvchi energiya manbalaridan maksimal foydalanish; yoqilg’i, issiqlik va elektr energiya solishtirma sarfini pasaytirishni ta’minlaydigan yangi texnologiya va jihozlarni tatbiq etish; mavjud jihozlarni takomillashtirish va modernizatsiyalash; barcha ikkilamchi energetika resurslardan keng foydalanish, yoqilg’ining qimmat turlarini arzonlari bilan almashtirish va h.k.
    Bunda energiya tejamlash muammosi faqat texnik vositalar bilan hal etilmaydi, ularni amalga oshirish uchun energiyani olish va iste’molchilarga etkazib berilishi hamda turli iste’molchilarni energiya iste’molini boshqaruvchi tizimning mavjudligi zarur. Mana shu boshqarish masalalarini energetik menejment hal etishga qodir.

    Download 3,27 Mb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   71




    Download 3,27 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari»

    Download 3,27 Mb.