• 15-mavzu: Korxonaning energetik balansi Reja: 15.1. Korxonaning energetika balansi
  • 15.1. Korxonaning energetika balansi
  • «elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari»




    Download 3,27 Mb.
    bet67/71
    Sana18.01.2024
    Hajmi3,27 Mb.
    #140050
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
    Bog'liq
    Ma\'ruzalar matni-2021

    Nazorat savollari

      1. Energetika auditi nima?

      2. Energetika auditi va pasportlashning asosiy vazifalari qanday vazifalarni bajaradi?

      3. Energetika auditining maqsadi nimalardan iborat?

      4. Energiya auditini o’tkazish qanday tartibda amalga oshiriladi?

      5. Axborot manbalari nimalardan iborat?

      6. Energetika auditi ob’yektlariga nimalar kiradi?

      7. Energetik ko’zdan kechirish jarayoni o’z ichiga nimalarni oladi?

      8. Sanoat korxonasida energiya tejashning asosiy tamoyillari qanday tadbirlarni o’tkazishga asoslangan?’

      9. Energetik auditning axamiyati nimada?

      10. Auditdan kutiladigan natijalar nimalarni o’z ichiga oladi?



    15-mavzu: Korxonaning energetik balansi


    Reja:
    15.1. Korxonaning energetika balansi
    15.2. Sanoat korxonalari energetik balanslarini qurish va uni tahlili.


    Tayanch so’z va iboralar: Energiya balansi, balansni tuzish, o’rganish, xususiy va umumiy balans, haqiqiy, normallashtirilgan, kelajakka mo’ljallangan, balansining bosh maqsadi, vazifalari, iqtisod qilish, FIK, balanslarni qurish va tahlil qilish


    15.1. Korxonaning energetika balansi
    Sanoat korxonasining energetika balansi korxona energetik xo’jaligini eng muhim tavsifidir. U energoresurslarni iqtisod qilishning barcha zaxiralarini aniqlash maqsadida tuziladi.
    Energiya balansi – energiyani va energiya rusurslarini barcha turlarini qazib olish, qayta ishlash, uzatish, o’zgartirish, taqsimlash va iste’mol qilish balansidir.
    Energetik balans kelib tushish va sarflash qismlaridan iborat.
    Energetik balansning kelib tushish qismi turli energiya tashuvchilar (qazib olinadigan yoqilg’i va yadro yonilg’isi, gaz, bug’, suv, havo, elektr energiya) yordamida kelib tushadigan energiyaning miqdorini o’z ichiga oladi.
    Energetik balansning sarflash qismi energiyaning barcha turlarini ularning turli ko’rinishidagi sarfini, bir turdagi energiyani boshqa turdagisiga aylantirilgandagi yo’qotishlarni hamda maxsus qurilmalarda (masalan, gidro akkumulyalovchi qurilmalarda) yig’iladigan (akkumulyatsiya qilinadigan) energiya aniqlanadi.
    Boshqa balanslarda bo’lgani kabi, masalan, buxgalteriyada energiya balansining kelib tushish va sarflash qismlari teng bo’lishi kerak.
    Energetika balansi bir tomondan kelayotgan jami energiyaning, boshqa tomondan jami foydali energiyani uning yo’qotishlari bilan mosligini ko’rsatadi. Balansni tuzishda, korxonada iste’mol qilinadigan barcha energiya turlari: elektr energiya, gaz, mazut, suv, bug’ va h.k. ko’rib chiqiladi. Korxonaning har bir uchastkasida barcha maqsadlarda iste’mol qilinadigan energiya miqdori o’lchanadi, bundan tashqari energiya yo’qotishlari ham baholanadi.
    Balansni tuzish mazkur korxonaning konkret uchastkalarida haqiqiy energiya iste’moli to’g’risidagi ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi (dvigatellar, elektr jihozlar, yoritish va h.k.) bunday axborotni olish uchun maxsus asboblar – elektr energiya, gaz, bug’, suv va h.k. hisoblagichlaridan foydalaniladi.
    Energetik balanslarni o’rganish, korxonaning ayrim uchastkalarida va butun korxonada energiyadan foydalanishning haqiqiy holatini o’rnatish imkonini beradi. Energetika balansi korxona ishlash samaradorligi to’g’risida fikr yuritish imkonini beradi. Balans korxonani energiya iqtisod qilinishi mumkin bo’lgan nuqta va uchastkalari aniqlanishi kerak.
    Energiya tashuvchilarning turi va miqdoriga bog’liq xolda balans xususiy, ya’ni faqat bitta energiya tashuvchi uchun, yoki umumiy ya’ni korxonadagi barcha energiya resurslaridan foydalaniladigan ja’mi iste’mol bo’yicha tuzilgan bo’lishi mumkin.
    Xususiy energiya balanslarini tuzishda energiya tashuvchilarini miqdoriy o’lchash joullarida (Dj, mDj, GDj), kilovatt-soatlarda (kVt.s), tonna shartli yoqilg’i (t.sh.yo.) amalga oshiriladi. Umumiy energiya balansini tuzishda turli energiya resurslari va energiya tashuvchilarni o’lchash tonna shartli yoqilg’ida amalga oshiriladi.
    Sanoatda, shahar va qishloq xo’jaligida energiyani asosiy turi issiqlik va elektr energiyadir. Shuning uchun qisman energiya balanslarini-issiqlik va elektr balanslari tuziladi. Elektr balanslarini tuzish xususiyatlarini ko’rib chiqamiz.
    Harakatdagi korxonalar sharoitlarida energiya balanslari ayrim agregatlar yoki ularning guruhiga, sexlar va butun korxona uchun tuzib chiqiladi. Elektr balanslar asosida mazkur korxonada, ishlab-chiqarish bo’linmalarida yoki energo sig’imli agregatlarda elektr energiyani ishlatish sifati to’g’risida ob’ektiv fikr yuritiladi, ishlab chiqarishga bog’liq bo’lmagan elektr energiya sarflarini qisqartirish imkoniyatlari aniqlanadi, natijada elektrdan foydalanishni yaxshilash bo’yicha tadbirlar rejalashtiriladi.
    Elektr balansining uchta asosiy turlarga ajratishadi:


    1. Download 3,27 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




    Download 3,27 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari»

    Download 3,27 Mb.