|
Energetika auditi ob’yektlari quydagilardir
|
bet | 64/71 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 3,27 Mb. | | #140050 |
Bog'liq Ma\'ruzalar matni-2021Energetika auditi ob’yektlari quydagilardir:
1. Bug’ tizimlari;
2. Siqilgan havo tizimi;
3. Suv ta'minoti;
4. Qozon qurilmalari;
5. Pechlar;
6. Boyler(markazlashtirilgan isitish sistemasida: suv isitiladigan qurilma) va issiqlik almashgichi;
7. Havoning kondensatsiyasi tizimlari, isitish va shamollatish;
8. Yoritish;
9. Elektr uskunalari;
10. Binolar.
Energetik ko’zdan kechirish jarayoni o’z ichiga quyidagi bosqichlarni olishi kerak:
texnik dasturni ishlab chiqish;
texnik dastur doirasida energetik ko’zdan kechirishni o’tkazish;
ko’zdan kechirish natijalariga ishlov berish va Tahlili;
issiqlik energetika resurslarini tejash bo’yicha tadbirlarni ishlab chiqish;
energetik pasportni tuzish.
Energetik ko’zdan kechirishni o’tkazganda turli sharoit va omillarni hisobga olish kerak:
Korxonaning qaysi sohaga tegishli ekanligi;
Korxonaning funksional xususiyatlari (energiya resurs iste'molchisimi yoki energiyaning ayrim turlarini ishlab chiqaruvchimi);
Faqat o’z ehtiyojlari uchun energiya resurslardan foydalanish uchunmi yoki boshqa iste'molchilarga issiqlik va elektr energiyani o’zatish bo’yicha xizmatlar ko’rsatilayotganligi uchunmi;
Korxonaning investitsion qo’yilmalari, ya'ni tashkiliy-iqtisodiy va rejim ishlatish tadbirlarini o’tkazish hisobiga energetik resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish muammolarini yechish qobiliyati.
Energiya audit odatda quyidagi turli litsenziyalangan tashkilotlarni jalb qilib bajariladi: auditorli, loyiha, tadqiqot va h.k. Lekin energiya auditlarini o’tkazish tajribasi shuni ko’rsatadiki, yuqori natijalarga ko’rsatilgan vazifalarni yakka tashkilot bajaruvchi (ijro etuvchi) kerakli mutaxassislarni jalb qilgan holda va ushbu korxonaning qiziqqan mutaxassislari ishtirokida majmuaviy yechilganda erishiladi. Energiya audit guruhining tarkibi tekshirilayotgan ob’yektning xarakteriga bog’liq bo’lib, elektr ta'minoti, issiqlik ta'minoti, gaz ta'minoti, suv ta'minoti, kompressor va sovitgich uskunalari, metrologiya, nazorat-o’lchov asboblari va avtomatika (NO’A va A) bo’yicha mutaxassislarni o’z ichiga olishi kerak. Energiya auditining ishonarli, sifatli bo’lishining sharti, asboblar narxining kerakli dasturiy ta'minoti bilan mavjudligidadir.
Energetik ko’zdan kechiruv tugagandan so’ng quyidagilar rasmiylashtiriladi: o’tkazilgan ko’zdan kechiruv hisoboti, yoqilg’i-energetika balansi, korxonaning energetika pasporti va takliflar.
Energetik ko’zdan kechiruv o’tkazish to’g’risidagi texnik hisobot o’z ichiga quyidagi tavsiflarni oladi:
Korxonaning qisqacha tavsifi va korxona bilan asosiy ishlab-chiqarish orasidagi tuzilmaviy o’zaro bog’lanish;
Energiya resurslarining turlari bo’yicha va chiqarilayotgan mahsulotlarning asosiy turlari bo’yicha solishtirma energiya iste'molining dinamikasi va ularni energiya samarador korxonalar – analoglarning mos tavsiflari bilan taqqoslash;
Texnologik agregatlar va mexanizmlarning haqiqiy ish vaqti, o’rnatilgan quvvatlarni va ularni yuklanish koeffsentlarini hisobga olib foydalanishni baholash;
Energiya tashuvchilarning kelib tushishi manbalari va iste'molini baholash bilan ularni taqsimlash tuzilmasini va iste'molini hisobga olish;
Korxona bo’yicha energiya tashuvchilarning barcha turlari sarfini taqsimlash, ya'ni, texnologiya bo’yicha, yordamchi xizmatlar (masalan, suv aylanuvchi sikllari va tozalash inshootlarida, kompressor va sovutgich uskunalarida, agar ular asosiy texnogolik jarayonga kirmasa) bo’yicha, ta'minlash-mexanik, qurilish, ma'muriy xizmat ko’rsatish xizmatlari bo’yicha va h.k.;
Taqsimlash tarmoqlari va tizimlardan energiya tashuvchilarning normatav va haqiqiy yo’qotishari.
YoERdan foydalanish samaradorligini oshirish bo’yicha takliflarni ishlab chiqayotganda, energiya tejamlash tadbirlarini o’tkazish qo’shimcha xarajatlar bilan bog’liqligini xisobga olish zarur. Shuning uchun energiya tejamlash tadbirining iqtisodiy samarasi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
.
bu yerda Эз – energiya tejamlash tadbirini o’tkazgandan so’ng energiya iqtisod qilish natijasida erishiladigan xarajatlarning pasayishi; Эз – energiya tejash tadbiri o’tkazilishi bilan bog’liq qo’shimcha xarajatlar. Masalan Эз ga hisobga olish asboblarini o’rnatishga bo’lgan sarflar, bu asboblarni xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan sarflar va h.k.
O’z-o’zidan ma'lumki energiya tejamlash tadbirlari Эз 0 bo’lganda iqtisod jihatdan maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi paytda bizning mamlakatda energiya audit Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 7 avgustdagi №164 sonli “Iste'mol etilayotgan yoqilg’i – energetika resurslarini energetik ko’rikdan o’tkazish va ekspertizasini o’tkazish qoidalari” haroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Energetik ko’rikdan o’tkazish natijalari bo’yicha kerakli texnik hisob tuzilib, uning asosida yoqilg’i-energetika resurslarining iste'mol qilishning optimal rejimi hamda energiya tejamlash bo’yicha dastur ishlab chiqiladi va uning bajarilishi keyingi energetik ko’rikdan o’tkazilgunga qadar nazorat va tahlil qilinadi.
|
| |