|
Energetik auditning axamiyati
|
bet | 66/71 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 3,27 Mb. | | #140050 |
Bog'liq Ma\'ruzalar matni-202114.3. Energetik auditning axamiyati
Zarur ma’lumotlarsiz energiya tejamkorlik ishlari ko’r–ko’rona o’tkaziladi. Quyidagi savollarga javob beradigan ma’lumot olinmaguncha energiya iste’molini nazorat qilish va keyin undan samarali foydalanishni moddiy rag’batlantirish amalda mumkin emas:
Energiya qaerda ishlatilmoqda?
Qancha energiya ishlatilmoqda?
Energiya qay darajada samarali ishlatilmoqda?
Energiya qanchaga tushmoqda?
Ushbu savollarga javob energetik audit o’tkazilgandan keyin olinishi mumkin. Bu ma’lumotlar energiya iste’molini nazorat qilishni boshlang’ich nuqtasi hisoblanadi. Korxonaning xar xil qismlarida energiyani samarali ishlatilishi audit o’tkazish natijasida olingan ma’lumotlarni tahlil qilingandan so’ng baholanishi mumkin. Muayyan iste’molni o’lchashlar yoki samaradorlik ko’rsatkichlari qo’yilgan maqsadlar yoki mos ishlab chiqarish sektoridagi o’xshash standart ko’rsatkichlar bilan taqqoslanishi mumkin. Energetik auditni baholash bo’yicha ikki xil yondashish mavjud:
Birinchisi iqtisod qilingan o’lchovlar asosida foyda keltiruvchi pul birligini baholaydi.
Ikkinchi yondoshish energiyani nazoratda turish faktini baholash bilan ifodalanadi.
Shunday qilib, energiya ishlatishning nazorati va natijalar taxlili mablag’ni iqtisod qilishi mumkin deyiladi.
Auditlarni o’tkazish uchun, energetik auditlar dasturini yaratish va amalga oshirishda asosiy muammo keltirib chiqaruvchi, o’lchashlar zarur bo’ladi.
Bu ma’lumotlar energiya iste’molini boshqarishda zarur boshlang’ich nuqta bo’lib hisoblanadi.
14.4. Qisqa va batafsil energetik auditlar
Bajarilishi bo’yicha auditlar qisqa va batafsil auditlarga bo’linadi. Qisqa energetik audit korxonadagi energiya iste’molini umumiy manzarasini ko’rsatadi, hamda batafsil audit o’tkazishga yo’llanma beradi. Shu bilan birgalikda energiya ishlatishga va mahsulot ishlab chiqarishga aloqador bo’lgan joriy ma’lumotlarni kamchiliklarini yoritib beradi. Har bir korxonada enegriya iste’moli bo’yicha olib boriladigan joriy ma’lumotlarni to’laligini aniqlab beradi. Korxonada har xil energiya turlari va energiya tashuvchilarni mavjud retrospektiv ma’lumotlarni (yozuvlarni) o’rganish qisqa auditning birinchi bosqichi hisoblanadi. Zarur bo’lganda ushbu ma’lumotlar tekshirilishi va auditorlarning qo’shimcha mos o’lchovlari bilan to’ldirilishi mumkin. Korxonaning energetik trassalari, energetik, texnologik qurilmalari, bino va inshoatlari bilan vizual tanishish auditning majburiy bosqichi hisoblanadi. Qisqa energetik auditning 3-4 kundan ortiq bo’lmagan muddat talab qilinadi. Mahsulot ishlab chiqarish va energiya iste’moli bo’yicha olingan ma’lumotlar asosida iste’mol qilinayotgan issiqlik va elektr quvvati uchun differentsialangan balans tuziladi. Bu esa tejalgan energiya miqdorini kompleks baholash imkonini beradi. Qisqa energetik auditdan kutilayotgan ma’lumotlar tarkibiga quyidagilarni olish zarur:
extimoli bor energiya tejashni baholashga tegishli energiya ishlab chiqarish mahsulotlari xaqida ma’lumot. Buning natijasida energiya ishlatish bo’yicha aniqlangan kamchilik va isrofni bartaraf qilish bo’yicha xarakat qilinishi mumkin bo’lsin;
batafsil auditni bajarish jarayonida asosiy e’tiborni qaerga qaratish zarurligi bo’yicha ma’lumotlar.
Batavsil energetik audit korxonaning aloxida agregatlarida, qismlarida, texnologik liniyalarida va ishlab chiqarishning barcha soxalarida o’tkaziladi va ishlab chiqarishning konfiguratsiyasi va strukturasiga bog’liq ravishda bir necha xaftadan bir necha oygacha davom etishi mumkin.
Auditdan kutiladigan natijalar quyidagilarni o’z ichiga oladi:
energiya tejashning potentsial imkoniyatlari;
energiya tejashdan potentsial foyda;
ishga kirishish uchun rekomendatsiyalar;
har bir xarakatning iqtisodiy baxosi.
Batafsil energetik audit asosida matematik modellar, energetik xarakteristikalar, texnologik va ekspluatatsion faktorlarni maxsulot ishlab chiqarishning energetik ko’rsatkichlariga ta’sirining regression taxlili olinishi mumkin. Yuqorida sanalgan ko’rsatkichlar kompyuter dasturi bo’yicha statistik taxlil qilinishi mumkin. Batafsil energetik audit, agar korxona o’zida butun korxonani enegetik boshqarish bo’yicha ba’zi bir loyiha va dasturlarni tadbiq qilmoqchi bo’lsa, joriy energetik taxlilni o’tkazish imkonini beradi. U xolda issiqliq energiyasini joriy taxlildan o’tkazishda o’lchovning muxim parametrlari qatoriga sarf, xarorat, bosim kiritiladi.
Elektr energiyasi juda qulay, lekin uning iste’molini nazoratini va minimumga keltirish uchun har bir imkoniyatdan foydalanishga maslaxat beriladi, chunki bu ishlatiladigan energiyalar ichida eng qimmatbaxo shaklidir. Joriy energetik taxlil kuchlanish, tok, quvvat koeffitsienti, quvvat kabi elektr parametrlarni tarkibiga olishi mumkin.
Har bir ishlab chiqaruvchi va har bir yordamchi bo’lim tomonidan ishlatilayotgan va boshqa extiyojlarga sarf bo’layotgan energiyani baxolash muhim. Olingan o’lchov ma’lumotlari asosida korxonaning energiya balansi ishlab chiqiladi.
|
| |