|
haqiqiy, sex yoki korxonada hosil bo’lgan ishlab – chiqarish sharoitlarini aks ettiradigan;
normallashtirilgan
|
bet | 68/71 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 3,27 Mb. | | #140050 |
Bog'liq Ma\'ruzalar matni-2021haqiqiy, sex yoki korxonada hosil bo’lgan ishlab – chiqarish sharoitlarini aks ettiradigan;
normallashtirilgan, elektr iste’molini ratsionalizatsiyalash va optimallash imkoniyatlarini va mexanizmlarda va elektr tarmoqlaridagi yo’qotishlarini hisobga oluvchi;
kelajakka mo’ljallangan, ishlab-chiqarishning rivojlanishini oldindan hisobga oladigan va yaqin kelajakdagi yoki undan ko’proq muddatga (5 yilgacha) uning sifat o’zgarishlarini hisobga oladigan tashkil etuvchilar.
Elektr balansining bosh maqsadi – elektr energiyani foydali ishlatish darajasini aniqlash va isroflarni pasaytirish yo’llarini qidirish, elektr iste’molini ratsionalizatsiyalash. Shuning uchun balansning asosiy turi etib asosan elektr iste’molini real hajmini va elektr energiyadan foydalanish darajasini aniqlovchi aktiv energiya balansini hisoblash kerak.
Kirib kelish va sarf etish qismlari aktiv energiya hisoblagichi ko’rsatishi va hisobiy quvvat bo’yicha qabul qilinadi va hisobga olinadi.
Aktiv elektr energiya elektr balansining sarfiy qismi quyidagicha sarf qismlarga bo’linadi:
ishlab – chiqarishning energiya sig’imli jihozlarining turli zvenolarida (elektr pechlarda, kompressor va nasos qurilmalarda) yo’qotishlarni hisobga olmasdan chiqarilgan mahsulotga foydali sarfni ajratish bilan, asosiy texnologik jarayonlarga elektr energiyani to’g’ridan-to’g’ri xarajatlari;
texnologik jarayonlarning takomillashmagani yoki texnologik normalar buzilganligi natijasida elektr energiyani asosiy texnologik jarayonlarga bilvosita sarfi;
elektr energiyani yordamchi ehtiyojlarga (sex xonalarini shamollatishga, sex transporti, yoritish) sarflari;
elektr ta’minoti tizimi elementlarida (transformatorlar, reaktorlar, liniyalarda) elektr energiya yo’qotishlari;
elektr energiyani chetki iste’molchilarga (oshxonalar, klublar, magazinlarga) berish.
Elektr balansini tuzish vazifalari quyidagilardir:
elektr energiya sarfini 2,3,4,5 bandlar bo’yicha topish, bu bilan korxonaning asosiy mahsulotiga bo’lgan sarf ajratiladi;
korxonaning birlik mahsulotiga ketadigan elektr energiyaning haqiqiy solishtirima sarf normalarini aniqlash;
elektr energiyani, ham ishlab chiqarishdan tashqariga sarflarini (2,3,4,5 bandlar), ham texnologik jarayonni takomillashtiruvchi turli tadbirlarni o’tkazish yo’li bilan asosiy mahsulot chiqarishga bo’lgan sarflarini qisqartirish imkoniyatlarini aniqlash.
Erkin normallashtirilgan elektr balansini tuzish korxonaning haqiqiy balansini tahlil etishning oxirgi bosqichi. Normallashtirilgan elektr balansi korxonalarda elektr energiya iqtisodining zaxiralarini baholashga xizmat qiladi.
Elektr energiya iqtisod qilishning umumiy zaxiralari amalga oshiriladigan o’tayotgan davrda kichik xarajatlar bilan o’tayotganga (Wt) va kelajak (Wn) ga, ya’ni uzoq kelajakda (3-5 yil va undan ortiq) qo’shimcha xarajatlarni talab etadigan tadbirlarni o’tkazish hisobiga amalga oshirish mumkin bo’lgan zaxiralarga bo’linadi.
Joriy zaxiralar ob’ektning haqiqiy elektr balansini texnik asoslangan ayrim yo’qotishlari bazasida tutilgan uning elektr balansi bilan taqqoslash natijasida aniqlanadi.
|
| |