|
Sanoat korxonalari energetik balanslarini qurish va uni tahlili
|
bet | 70/71 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 3,27 Mb. | | #140050 |
Bog'liq Ma\'ruzalar matni-202115.2. Sanoat korxonalari energetik balanslarini qurish va uni tahlili.
Korxonadagi energiya tejash imkoniyatlari energetik balanslar qurish va tahlil qilish orqali aniqlanadi. Energiyani tejash imkoniyatlarini aniqlashda energetik balanslar muhim o’rin tutadi. Energetik balanslarni qurish va tahlil qilish quyidagi vazifalarni hal qilishga yo’naltirilgan:
-korxonada energiyadan foydalanish samaradorligini haqqoniy baholash, energiya isroflari va uni kelib chiqish sabablarini aniqlash;
-energiya tejash imkoniyatlarini aniqlash va baholash, isroflarni kamaytirish bo’yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish;
-texnologik va energetik uskunalarni ish rejimlarini yaxshilash;
-texnologik jarayon va uskunalarda iste’mol qilinayotgan energiyani oqilona miqdorini aniqlash;
-mahsulot birligiga sarflanayotgan energiya sarfini meyyorlarini ishlab chiqish va uslubiyotini takominlashtirish.
Energetik balans korxona energiya xo’jaligi holatini belgilovchi muhim tavsif bo’lib, korxonaga uzatilayotgan energiya bilan foydalanilgan energiya va isroflarni o’zaro munosabatini belgilaydi. Energetik balanslarni hisobiy, ratsional va meyyoriy shakllari mavjud [7, 75]. Energetik balanslarni tahlil qilish korxona energiya xo’jaligi faoliyatini va energiyadan foydalanish samaradorligini sifat va miqdor jihatdan baholash bo’lib, quyidagi yo’nalishlarda tashkil etiladi:
-korxonada energiyani qabul qilish va iste’mol qilish strukturasini tadqiq qilish;
-energiyadan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlarini aniqlash;
-korxona energiya jo’jaligi faoliyatini va rivojlanishini belgilovchi umumlashgan ko’rsatkichlarni aniqlash;
-korxona energetik balanslari strukturasini optimallash uchun kerak bo’lgan boshlang’ich ma’lumotlarni olish.
Sanoat energiya tejash imkoniyatlarini aniqlashni eng samarali usuli energetik balanslarni tahlil qilish usuli hisoblanadi. Energetik balansni matritsali modeli elektr energiyasi istemolini muvofiqlashgan va to’la muvozanatlashgan rejalarni tuzish imkonini beradi.
Sanoat korxonalarida quriladigan energetik balanslar quyidagicha tasniflanadi:
O’rganiladigan davri bo’yicha:
hisobot energetik balanslari, o’tgan davrdagi o’lchangan qiymatlar bo’yicha aniqlanadi;
meyyoriy energetik balanslari, yaqin kelajakdagi ishlab chiqarish uchun belgilanadi;
loyihalangan energetik balanslari, ob’ektlarni qurishda ishlab chiqiladi;
istiqboliy energetik balanslari, kelgusida ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun aniqlanadi.
Elektr energiyasidan foydalanish samaradorligi aniqlash bo’yicha energetik balanslar quyidagi turlarga bo’linadi:
Ratsional energetik balans, elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini energetik uskunalarni rekonstruktsiya qilmasdan tashkiliy tadbirlar orqali samarali foydalanishni ta’minlaydigan energetik balans;
Meyyoriy energetik balans, ilmiy asoslangan uslubiyot asosida hisoblangan energetik balans bo’lib, energiyadan oqilona foydalanishni ta’minlaydi;
Optimal energetik balans, elektr energiyasini eng kamchiqim uzatish, taqsimlash va foydalanish imkoniyatini beradigan va atrof muhitga eng kam zarar yetkazadigan energetik balans hisoblanadi.
Korxonadagi energiya tejash imkoniyatlari energetik balanslar qurish va tahlil qilish orqali aniqlanadi. Energiyani tejash imkoniyatlarini aniqlashda energetik balanslar muhim o’rin tutadi. Energetik balanslarni qurish va tahlil qilish quyidagi vazifalarni hal qilishga yo’naltirilgan:
-korxonada energiyadan foydalanish samaradorligini haqqoniy baholash, energiya isroflari va uni kelib chiqish sabablarini aniqlash;
-energiya tejash imkoniyatlarini aniqlash va baholash, isroflarni kamaytirish bo’yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish;
-texnologik va energetik uskunalarni ish rejimlarini yaxshilash;
-texnologik jarayon va uskunalarda iste’mol qilinayotgan energiyani oqilona miqdorini aniqlash;
-mahsulot birligiga sarflanayotgan energiya sarfini meyyorlarini ishlab chiqish va uslubiyotini takominlashtirish.
Korxona energetik balanslarini energetik tadqiqotlar o’tkazish orqali quriladi. Energiya balanslarni qurish bosqichlarini ko’rib chiqamiz. Bu tadqiqotlarni shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo’lish mumkin.
Korxonaning elektr ta’minoti tizimini xarakterlovchi ma’lumotlarni yig’ish va dastlabki tahlil [49]. Bunda tadqiqotlar ob’ekti va bajariladigan ishlar hajmi aniqlanib olinadi. Narxi, bajariladigan ishlar muddati belgilanib olinadi. Bu bosqich qo’yilgan vazifaga ko’ra salmoqli muddatni va xarajatlarni talab etadi. Korxonada energetik pasport bo’lgan taqdirda tadqiqotlarni bu bosqich qisman bajariladi. Bu esa tekshiruvlarni ancha arzonlashtiradi.
Korxona elektr ta’minotining barcha bosqichlarida balansini aniqlash va elektr quvvatlar energiyasini tejash imkoniyati bor uskunalarni aniqlash. Bu bosqichda korxonada asosiy o’lchashlar va tekshiruvlar o’tkaziladi. Hisoblashlar uchun dastlabki ma’lumotlar aniqlanadi. Tashqi dasturlar asosida energetik pasport ma’lumotlari o’qiladi va bu texnik-iqtisodiy hisoblashlar uchun dastlabki ma’lumotlar bo’lib xizmat qiladi. Statistik ma’lumotlar asosida energetik balanslar quriladi.
Elektr energiyasidan foydalanish samaradorlik ko’rsatkichlarini aniqlash, energiya tejash tadbirlarini ishlab chiqish va bu tadbirlarni yagona dastur bo’yicha muvofiqlashtirish. Ilmiy asoslangan uslubiyot asosida 18 korxona uchun avtomatlashtirilgan loyihalash tizimida ratsional elektr ta’minoti sxemasi hisoblanadi va mavjud elektr ta’minoti sxemasi bilan taqqoslanib elektr energiyasini tejash imkoniyatlari bor sxema elementlari aniqlanadi. Ishlab chiqilgan formalar asosida elektr ta’minoti tizimi elementlarida energiya tejash imkoniyatlari aniqlanadi. Tahliliy natijalar asosida mavjud elektr ta’minoti tizimini takomillashtirish yoki rekonstuktsiyalash bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Hisobot tayyorlash. Xisobotda samaradorlik ko’rsatkichlarini oshirish borasida amalga oshirilishi kerak bo’lgan chora – tadbirlar ko’rib chiqiladi.
|
| |