|
Masofaviy elektron hisoblash va jamlash qurilmasi
|
bet | 56/71 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 3,27 Mb. | | #140050 |
Bog'liq Ma\'ruzalar matni-2021Masofaviy elektron hisoblash va jamlash qurilmasi. Bir nechta kirishlardan ta’minlanayotgan sanoat korxonalari uchun elektron masofaviy hisoblash va jamlash qurilmasi yordamida da’vo qilingan maksimum quvvat bo’yicha elektr energiya uchun hisob-kitob qilishda qo’llaniladi.
“Data vatt” axborot o’lchash tizimi, bir nechta qurilmalardan ta’minlanadigan yirik sanoat iste’molchilari uchun mo’ljallangan bo’lib, u har bir kirishdagi iste’mol etilgan aktiv va reaktiv energiyani o’sib boruvchi natijalar bo’yicha jamlash va hisobga olish imkonini beradi, bu hisobga olish, vaqtning o’rnatilgan zonalari bo’yicha olib boriladi, bundan tashqari u avtomatik va vizual ravishda o’rindosh 15-minutli yuklama maksimumini da’vo qilingandan ortib ketish tendentsiyasi bo’lganda ogohlantiruvchi signallashtirishni va keyinchalik yuklamani uch pog’onali o’chirishni amalga oshiradi.
Elektr energiyani hisobga olish uchun turli asboblar va ular asosida yaratilgan tizimlar mavjud.
Hozirgi vaqtda turli energiya ob’ektlarini nazorat qiluvchi va boshqaruvchi avtomatlashtirilgan tizimlarni (ENBAT) tashkillashtirish imkonini beradigan avtomatlashtirilgan o’lchov tizimi yaxshi ma’lum. ENBAT yaratish va foydalanishning ma’nosi, korxonada minimal boshlang’ich bir martali pul xarajatlarida energiya resurslar va moliyani doimiy iqtisod qilishdan iborat. ENBAT dan foydalanishda olingan iqtisodiy samara korxonalarda energiya resurslarni yillik iste’molidan o’rtacha 15-30 % ni tashkil etadi, xarajatlar esa 2-4 chorak (kvartal)da oqlanadi.
ENBAT shunday zarur qurol, usiz energiya iste’mol qilish jarayonini to’liq nazorat qilish, (shu jumladan uning xafvsizligi va ishonchliligini) energiya resurslariga, ularni etkazib beradiganlar bilan hisob-kitob qilish, energiya tashuvchilarini kechayu-kunduz uzluksiz tejash va korxona mahsulotining tannarxida xarajatlar ulushini pasaytirish muammolarini hal etib bo’lmaydi. Bu tizim respublikaning ko’p korxonalarida tatbiq etilgan ham qulaylik va ishonchlilik nuqtai nazaridan, ham yoqilg’i energetika resurslarini ratsional ishlatishdagi boshqarish echimlarini shakllantirish jarayonida sifatini ta’minlash nuqtai nazaridan yaxshi natijalar ko’rsatdi. U energoresurslarni (elektr va issiqlik energiyasini, suv va suv bug’i, gaz, siqilgan havo va h.k.) sanoat va energetika korxonalar, qishloq xo’jaligi korxonalari va uy-joy xo’jalik chegaralarida etkazib berish yoki iste’mol qilish nazorat va taqsimlashni texnik va ko’p tugunli kommertsiyali hisobga olishni tashkillashtirishga mo’ljallangan.
Birinchi sath, umumiy holda, birinchi o’lchov o’zgartgichlari, (BO’O’) va raqamli hisoblash qurilmalari yig’indisidan iborat, umumiy ishlash algoritmiga birlashgan va ob’ekt holati bo’yicha, holatga qarab o’zgaradigan va fazoda ta’qsimlangan qiymatlar (sarf, holat, bosim va h.k.) bu holatni xarakterlaydigan (suvli va bug’li issiqlik energiya, elektr energiya, gaz va h.k.) ko’p o’lchash va o’zgartish yo’li bilan atomatlashtirilgan axborot oladigan o’lchov tizimi (O’T) o’rnatiladi. Ikkinchi sath – smena masteri (bosh energetik) shaxsiy kompyuteri (SHK) bazasida real vaqt masshtabida O’T dan axborot yig’ish va ishlov berishni amalga oshiradigan hisoblash tizimi o’rnatiladi.
SHKda dasturiy ta’minotni qo’llash, maksimum FIK mezoni bo’yicha boshqarish echimlarini shakllantirish hisobiga energetik ob’ektlarni (EO) ishining texnologik jarayonlarini optimallashtirish imkonini beradi.
Bu ikkala kichik tizimlarning ko’rinib turgan mustahkamligida, yuqori ko’rsatilgan IER iqtisodiy masalalarini, faqat ularning o’zaro bog’lanishlarda echish mumkin. Bu ikkita kichik tizimlar o’zaro chambarchas bog’langan, chunki texnologik va bajarish intizomining darajasini oshirish uchun, ham tezkor ham boshqaruv hodimlarning bajarish funktsiyalarining qattiq chegaralash zarur. EO larning asosiy texnologik parametrlarini nazorat qilish bo’yicha aniq yo’riqnomaga ega bo’lgan holda, tezkor xodim birvarakayiga ularni birinchi sath hisoblash qurilmalari ko’rsatkichlari bo’yicha nazorat qiladi, ikkinchi sath hisoblash tizimidan foydalanib EO’ ish rejimini optimallash majmuaviy masalasini nazorat qila turib, boshqaruv xodimi nazorat ostida bo’ladi.
Birinchi sathning ENBATi umumiy ko’rinishda uchta O’T asosida quriladi:
Suv va suv bug’i, gaz, siqilgan havo va suvni issiqlik energiyasini hisobga oluvchi O’T;
Elektr energiyani hisobga oluvchi O’T (impuls chiqishli BO’O’ni qo’llaganda energiya resurslarining boshqa turlari);
Harorat, bosim va h.k. rostlash O’T. Ikkinchi sath ENBAT SHKlarda o’rnatiladigan ob’ektga mo’ljallangan dasturiy ta’minot (DT) va multipleksor asosida quriladi.
ENBAT ni tatbiq etish quyidagilar imkonini beradi:
ishlab-chiqarishga taaluqli bo’lmagan energiya resurslar sarflarini va ish vaqtini qisqartirgan holda bosh energetik xizmatining hisobga olish va boshqarish faoliyatini avtomatlashtirishni ta’minlaydi;
energiya iste’molini korxonaning tashkiliy-texnik tuzilishiga bog’lanishini ta’minlaydi, bu esa turli rejim va ish sharoitlarida korxona elektr iste’molini ob’ektiv tahlil o’tkazishga yordam ko’rsatadi, har bir iste’molchiga alohida kerakli nazorat va hisobga olishni yo’lga qo’yishga yordamlashadi;
iste’mol limitlariga rioya qilishning tezkor nazoratini yo’lga qo’yadi, bu esa mahsulot birligiga to’g’ri keladigan energiya resurslari sarfining solishtirma normalarini ob’ektiv hisoblashga va ko’rib borishga yordamlashadi;
ENBATni ishlatishda olinadigan IER sarflari (ishlab-chiqarish) ma’lumotlari, ularni keyinchalik tahlili, ishlab-chiqarishni qayta ko’rish bo’yicha tashkiliy-texnik tadbirlarning real rejasini tuzish, energo resurs yo’qotishlarini pasaytirish, hamda iqtisod qilishga olib keladigan noratsional foydalanish va o’ta sarflar uchun iqtisodiy choralarni qattiqlashtirish uchun asos bo’lib hisoblanadi.
|
| |