|
Hisobga olish asosiy tizimlari quyidagilardir
|
bet | 55/71 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 3,27 Mb. | | #140050 |
Bog'liq Ma\'ruzalar matni-2021Hisobga olish asosiy tizimlari quyidagilardir:
Elektr energetika tizimi (EET) maksimumida ishtirok etayotgan da’vo qilingan maksimal yuklama uchun asosiy normali tarifda, kecha-kunduzning ma’lum soatlaridagi maksimum yuklamaning kilovatt soatlarda hisobga olinadigan hisoblagichlar hamda aktiv energiyani kilovatt soat hisoblagichlari, EET maksimumi o’tgan soatlar bilan bir vaqtda o’lchaydigan maxsus hisoblagichlar qo’llaniladi.
Yarim soatli maksimal yuklamani o’lchash, har kuni energiyani hisobga olishni barcha vaqt davri davomida, EET maksimumi o’tayotgan soatlarida, amalga oshirilishi zarur.
Agar EET ning kutilayotgan maksimumida ertalabki va kechqurungi maksimumlar bo’lsa, u holda shunga mos o’lchashlar, har kecha-kunduzi EET ikkala maksimumi o’tayotgan davrda amalga oshiriladi.
Elektr energiyaga kecha-kunduz zonalari bo’yicha differentsiallangan va EET maksimum soatlarida elektr energiyaga bo’lgan talabni pasaytirish va cho’qqidan chetki zonada, ayniqsa EET yuklama grafigini tungi pasayish soatlarida iste’molni oshirishni rag’batlantiradigan normali tariflarni qo’llashda, kecha-kunduzning mos zonalarida, energiya iste’molini qayd qiladigan aktiv energiya hisoblagichlari zarurdir.
Maxsus hisoblagichlarni boshqarish uchun, maxsus va umumiy aloqa kanallari hamda taqsimlash tarmoqlaridan foydalaniladigan turli teleboshqaruv tizimlari qo’llanilishi mumkin. Dastur o’rnatilgan kontakt soatlari boshqarish keng qullanilmoqda. Kontakt soatlari berilgan dastur bo’yicha ma’lum qayd ulashlarni amalga oshiradagan boshqaradigan vaqt qayta ulagichlari hisoblanadi.
Kontakt soatlarining qo’llash ko’lami ancha keng. Ular kuchli zanjirlarni (ko’chani yoritish, elektr suv isitgichlari, isitish, vitrinalarni yoritish va h.k.) boshqarish, yuklama maksimumida davriy ravishda qayd etish hisoblagichlarni ko’p omili elektr hisoblagichlarni yoqish va o’chirishda ishlatilishi mumkin.
Elektr energiyani markazlashgan hisobga olishning quyidagi asosiy tizimlari mavjud:
|
| |