|
Issiqlik energiyasini hisobga olish va rostlash
|
bet | 57/71 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 3,27 Mb. | | #140050 |
Bog'liq Ma\'ruzalar matni-202112.2. Issiqlik energiyasini hisobga olish va rostlash.
Asosan kichik binolar uchun isitishga ishlatiladigan issiqlik energiyasini berishni rostlash, turli rostlagichlar yordamida avtomatik rejimda amalga oshiriladi. Masalan “Ratsion” turidagi rostlagich, elektr yuritmali rostlovchi klapanga ta’sir qilib, tashqi havo va issiqlik tashuvchining haroratini o’lchaydi, dam olish kunlari va tungi vaqtda issiqlik energiya iste’molini pasaytiradi. Imoratlarning har xil turlari uchun yaroqli rostlagichlar sifatida MR-01, VTR, RP rostlagichlari xizmat qiladi. Harorat rostlagichi RT-95 ham issiqlik ta’minoti tizimini avtomatlashtirishga, issiqlik energiyasini iqtisod qilishga muljallangan. Uni imoratning issiqlik punktida o’rnatish, isitish tizimini soddalash, xonalarda harorat shinamliligini ta’minlash va issiqlik tashuvchi sarfini samarali rostlash imkonini beradi. Issiq suv ta’minoti tizimida suv haroratini avtomatik rostlash ham ko’zda tutilgan bo’lib, u tungi vaqtda uni pasaytirish imkonini beradi.
Issiqlik energiyasini olish, uzatish va iste’mol qilishda turli parametrlarni o’lchash uchun, turli vositalardan foydalaniladi. Masalan, issiqlik energiyasini uy-joy, jamiyat va ishlab-chiqarish binolarini isitish tizimiga berish, avtomatik boshqarishni dasturlash uchun, hamda issiq suv ta’minoti tizimida ART-01 issiqlik energiyasini rostlashga mo’ljallangan. Uning asosiga quyidagi kompleks parametrlar bo’yicha issiqlik tashuvchilarning zarur harorat oqimini hisoblash qo’yilgan: tashqi havo harorati, xona ichidagi harorat, issiqlik tashuvchi oqimiga va hisobotlar natijasiga bog’liq holda bajaruvchi mexanizmlar (rostlovchi klapanlar va nasoslarni) boshqarish.
Haroratni o’lchash datchik (xabarchi)lar yordamida amalga oshiriladi:
mexanik chiqish qiymatlari bilan (suyuqlik harorat o’lchovchilar-asosan TSP, manometrik harorat o’lchovchilar);
elektr chiqish qiymatlari bilan (termopara, termorezistorlar, qarshilik o’lchovchilar);
kontaktsiz harorat o’lchovchilar.
Havo va gazlarning namligini o’lchash gigrometrlar(havodagi namlikni o’lchaydigan asbob) yoki gumidostatlar bilan amalga oshiriladi, boshqa agregat holatlarda namlikni – nam o’lchovchilari yordamida o’lchanadi.
Bosim elektr datchiklari (xabarchilar) bilan o’lchanadi, kichik bosimlarni nazorat qilish uchun quyushqoqlik, issiqlik o’tkazuvchanlik, ionlashtirish darajasini o’lchashda bevosita o’lchov datchiklaridan foydalaniladi.
Umum qabul qilingan holatlarga binoan modda sarfini o’lchashga xizmat qiladigan asbob yoki qurilma sarf o’lchagich deb, moddalar miqdorini o’lchashga xizmat qiladigan asbob yoki qurilma – hisoblagich deb yuritiladi.
Sarfni o’lchashning bir necha usullari mavjud. Sarfni o’lchash va hisoblagichlarning ham turli konstruktiv ko’rinishlari mavjud. Sarf o’lchagichlarining quyidagi turli ko’rinishlari tarqalgan:
turli xil toraytiruvchi qurilmali o’zgaruvchi bosim o’zgarishini o’lchagichlar;
doimiy bosim o’zgarishi;
taxometrik;
elektromagnit;
ultra tovushli.
|
| |