|
-modda. Energiya hosil qilish va uni sarflash ustidan statistika kuzatuvi
|
bet | 48/71 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 3,27 Mb. | | #140050 |
Bog'liq Ma\'ruzalar matni-2021 16-modda. Energiya hosil qilish va uni sarflash ustidan statistika kuzatuvi
Energiya hosil qilish va uni sarflash xhajmi va uning tarkibiy tuzilishi, energiyadan oqilona foydalanish ustidan statistika kuzatuvini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining Istiqbolni belgilash va satistika davlat qo’mitasi O’zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan tartibda tashkil etadi va amalga oshiriladi.
III. Energiyadan oqilona foydalanishning iqtisodiy mexanimlari
17-modda. Aniq maqsadalarga qaratilgan dasturlar va loyixalarni moliyalash
Energiyadan oqilona foydalanishdan okilona boydalanish sohasidagi aniq maqsadga qaratilgan milliy, tarmoq va mintaqaviy dasturlar va loyixalarni moliyalash energiya jixatidan samarali dasturlar va loyihalarni ro’yobga chiqarishdan foyda oladagan korxonalarning ishlab chiqarishidan faoliyatidan keladigan daromadlari, byujetdan mashqari aniq maqsadga qaratilgan fondlar, ichki va tashqi investitsiyalari, byujet manbalari va boshqa manbalar hisobidan qonun xujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
18-modda. Tarmoqlararo energiyani tejash fondi.
Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi davlat siyosatini moliyaviy qo’llab quvvatlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan byujetdan tashqari tarmoqlararo energiyani tejash fondi (matndan bundan buyon energiyani tejash fondi deb yuritiladi ) tashkil etiladi.
Quyidagilar energiyani tejash fondini shakllantirish manbalari bo’lishi mumkin:
Kreditlar berganlik uchun fondning boshqa moliya-xo’jalik faoliyatidan olinadigan foyda;
Energiyadan oqilona foydlanish sohasidagi aniq maqsadaga qaratilgan milliy tarmoq va mintaqaviy dasturlar hamda loyixalarni ro’yobga chiqarishdan olinadigan ulush;
Energiyadan nooqilona foydalanganlik uchun iqtisodiy jazo chorasi qo’llashdan tushadigan mablag’lar;
Amaldagi qonun xujjatlarga zid bo’lmagan boshqa tushumlar.
19-modda. Energiya hosil qiluvchilar istimol- chilariga beriladigan imtiyozlar
Energiyadan oqilona foydalanish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Hukumati yuridik va jismoniy shaxslarga:
Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi aniq maqsadga qaratilagn milliy, tarmoq va mintaqaviy dasturlar hamda loyixalarni davlat imtiyozli kreditlar hisobidan moliyalash bo’yicha;
Tarmoqlararo ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarini moliyalash, energiya jihatidan samarador asbob-uskunalarning tajriba turkumlarini ishlab chiqarish bo’yicha;
Energiyadan foydalanish samaradorligini ancha oshiradigan maxsus asbob uskunalar, asbob va materiallarni import qilganlik uchun bojxona bojlari va sog’liqlari bo’yicha;
O’z vakolatiga muvofiq boshqa masalalar bo’yicha imtiyozlar beradi.
O’zbekiston Respublikasi Hukumati:
belgilangan normativlarga nisbata energiya sarfi kamayishini ta’minlangan;
energiya sarfi miqdori belgilangan normativlardan kam bo’lgan raqobatdosh maxsulot ishlab chiqarayotgan;
yoqilg’ini ommabob maxsulotlar ishlab chiqarish uchun xomashyo smfatida foydalanadigan yuridik va jismoniy shaxslarga energiya uchun imtiyozli ta’riflar belgilash mumkin.
Energiyani tejaydigan texlogiyalarga sarflanganxarajatlar va kapital mablag’lar qoplanishi jadalashtirish maqsadida asbob uskunalar, asboblar, issiqlik o’tkazmaydigan materallar va konstruktsiyalar, ko’plab ishlab chiqariladigan energiya jixatidan samarali maxsulotlarni chiqarayotgan, tegishli ishlarni bajarayotgan va xizmatlar ko’rsatayotgan6 ishlab chiqaruvchilarga, shuningdek, mazkur asbob uskunalar, asbob, materallar,konstruktsiya, maxsulotlarning joriy etilishini va ulardan foydalanishni taminlayotgan yuridik va jismoniy shaxslar qonun xujjatlariga muvofiq soliq bo’yicha imtiyozlar belgilanadi.
Energiya va issiqlik ta’minotini takommillashtirish, uy-joylar, qvartiralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni energiya sarfini hisobga oladigan, nazorat qiladigan va boshqarib turadigan asboblar bilan taminlash ishlarini amalga oshirayotgan issiqlik yo’qolishiga yo’l qo’ymaslik va energiya sarflarini kamaytirishga, maxalliy yoqilg’i turlari va ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanishga qaratilgan boshqa chora tadbirlarni qo’shimcha ravishda amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga energiyani tejash fondi mablag’laridan dotatsiya berilishi mumkin.
|
| |