|
«elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari»
|
bet | 45/71 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 3,27 Mb. | | #140050 |
Bog'liq Ma\'ruzalar matni-2021 4-modda. Standartlash.
Energiya xosil qiladigan va energiya sarflaydigan abob uskunalar xamda maxsulotga qonun xujjatlarida nazarda tutilgan tartibda energiya jixatidan samaraldorlik ko’rsatkichlari belgilab qo’yiladi.
Normativ xujjatlarda energiya xosil qilish va uni sarflash chog’ida energiyadan samarli foydalanish ko’rsatkichlari, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlarida energiya sarflanishi, xududlar, binolar va inshoatlarni isitish, xarorati va namligini bir xilda saqlab turish xavosini saqlab turish issiqlik, suv, gaz va elektr bilan yoritish uchun energiya sarflashlarni belgilab qo’yiladi.
Energiyaning sarfi tegishli normativ xujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq bo’lishi lozim.
5-modda. Standartdlash ob’ektlari va predmetlari
Energiya, energiya xosil qiladigan va uni sarflaydigan yoki energiyani bir turdan boshqa turga aylantirib beradigan asbob uskunalar va maxsulotlar trasport vositalari yo’lsozlik va qishloq xo’jalik mashinalari yorishish texnikasi qurilmalari, isitish xarorat va namlikni bir xilda saqlab turish xamda xavoni almashtirish tizimlari xalq iste’moli mollari shuningdek, issiqlik o’tkazmaydigan materiallar va qurilish konstruktsiyalari energiyadan oqilona Foydalanish soxasidagi standartlashtirish predmetlaridir.
6-modda. Energiya jixatidan samaradorlik xamda energiya sifati ko’rsatkichlariga rioya etilishi ustidan davlat tekshiruvi va nazorati.
Energiya jixatidan samaradorlik xamda energiya sifatining normativ xujjatlarida belgilangan ko’rsatkichlarga rioya etilishi ustidan davlat tekshiruvi va nazorati O’zbekiston Respublikasi vazirlar maxkamasi xuzuridagi Zbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi (matnda bundan buyon O’zdavstandart deb yuritiladi) xamda boshqa organdlar zimmasiga qonun xujjatlarida belgilangan tartibda yuklanadi.
7- modda. Energiya sarflan normativlari
Ushbu qonun 5-moddasining birinchi qismida sanab o’tilgan ob’ektlar uchun energiya sarflash normativlarini O’zbekiston Respublikasi Xukumati yoki vakolat bergan organlar belgilaydi.
Energiya sarflash normativlari energiya xosil qiluvchi asbob-uskunalar hamda mahsulotlarining texnik pasportlariga, tuzatish ta’mirlash va rejim varaqalariga ulardan foydalanish yo’riqnomalariga kiritiladi. Binolar va inshoatlarni isitish, ularning havosini almashtirish xarorati va namligini bir xilda saqlab turish uchun energiya sarflash normativlari, qurilish normativlari va qoidalarida belgilab qo’yiladi. Energiya sarflash normativlari har besh yilda qayta qo’rib chiqiladi av ilg’or texnologiya yutuqlarini hisobga olgan holda o’zgartirilishi lozim.
|
| |