• 5.2–rasm. Kommunal maishiy yuklama uchun kunlik grafik
  • 5.3.–rasm. Yuklamani davomiyligi bo’yicha yillik grafik
  • Kundalik va yillik yuklamalar grafigi




    Download 3,27 Mb.
    bet33/71
    Sana18.01.2024
    Hajmi3,27 Mb.
    #140050
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   71
    Bog'liq
    Ma\'ruzalar matni-2021

    Kundalik va yillik yuklamalar grafigi

    Elektr tarmoqlaridan ya’ni, liniya va transformatorlardan oquvchi quvvat (yuklama) kun va yil davomida doim o’zgarib turadi, chunki iste’molchilarning ishga tushish va to’xtash vaqtlari bir–biriga to’g’ri kelmaydi. Bundan tashqari elektr dvigatellarini yuklash ham bajarilayotgan ishning turiga qarab o’zgarib turadi: Masalan, me’yorlash stanogida elektr dvigatelining tarmoqdan oluvchi quvvati parmaning diametri va unga zarur bo’lgan bosim kuchiga bog’liq.

    5.2–rasm. Kommunal maishiy yuklama uchun kunlik grafik

    Elektr tarmog’ida yuklamani kun va yil davomida o’zgarishini ko’rsatish uchun elektr yuklama grafiklari xizmat qiladi. Bu grafiklarda abstsissa o’qi bo’yicha vaqt–t qo’yilib, ordinata o’qi bo’yicha esa yuklama quvvat–Rmaks o’lchamida yoki maksimal yuklamaning qismlarida qo’yiladi.


    Misol sifatida 5.1–rasmda kommunal–maishiy yuklama uchun kunli yuklama grafigi berilgan. Grafikning yuzasi kun davomida olingan energiya Wn–ni ko’rsatadi.
    Energiyani 24 soatga bo’lsak, o’rtacha quvvat kelib chiqadi.
    Ro’rt= (5.1)
    Agar Wn–ni maksimal quvvatga bo’lsak, maksimal quvvatdan foydalanish soatlari soni kelib chiqadi.
    Tmaks= (5.2)
    Bu ko’rsatkich aksariyat yillik grafikdan aniqlanib (5.2–rasm), uning maonosi quyidagidan iborat: agar yil davomida iste’mol etiladigan energiyani maksimal yuklama qiymatida uzatilsa, u necha soatda iste’mol etilishi mumkinligini ko’rsatadi.



    5.3.–rasm. Yuklamani davomiyligi bo’yicha yillik grafik

    Bir yilda 365*24=8760 soat bo’lib, Tmaks ning qiymati undan kichik. Masalan, Tmaks ning qiymati kun davomida to’xtovsiz ishlovchi korxonalar uchun 5000–7000 soat, qishloq xo’jalik iste’molchilari uchun esa 3000–3500 soat atrofida.


    Elektr yuklamasini aniqlashda uning qiymatiga ta’sir etuvchi sabablarni e’tiborga olish uchun bir qator ko’rsatkichlar qabul qilinadi. Ularning orasidan asosiylari sifatida quvvatdan foydalanish koeffitsienti, yuklama grafigining to’ldirish koeffitsienti, talab koeffitsienti, maksimal koeffitsient, iste’molchilarning keltirilgan soni bo’yicha, aniqlash usuli, elektr energiyasini mahsulot birligiga sarflanish usuli va ulangan quvvat usullarini olish mumkin.




      1. Download 3,27 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   71




    Download 3,27 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kundalik va yillik yuklamalar grafigi

    Download 3,27 Mb.