• - rasm. Elektr iste’molchilarining taxminiy diagrammasi.
  • «elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari»




    Download 3,27 Mb.
    bet32/71
    Sana18.01.2024
    Hajmi3,27 Mb.
    #140050
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   71
    Bog'liq
    Ma\'ruzalar matni-2021

    Yuklama grafigi – iste’mol qilinayotgan quvvatning kecha-kunduz, oy, yil vaqtiga bog’liqligidir.
    Yuklama grafiklari dam olish va ishchi kunlari uchun, qish va yoz oylari uchun va h.k bir-biridan keskin farq qiladi. Ayrim iste’molchilarning va energiya tizimining yuklama grafiklari notekis xarakterga ega.
    Tuman yoki shaharning bir kecha kunduzli yuklama grafigi bir nechta ayrim iste’molchilar yuklama grafigidan jamlanadi va tuman yoki shaharning barcha iste’molchilari jamlangan quvvatining vaqt bo’yicha o’zgarishini aks ettiradi, minimum – jarlik va maksimum cho’qqilarga ega. Demak, kecha kunduzning ma’lum soatlarida generatorning katta jami quvvati talab qilinadi, boshqa soatlarida esa elektr stantsiya generatori yoki elektr stantsiyalar o’chirilishi, yoki kichik yuklama bilan ishlashi kerak. 5.1 – rasmda katta shaharda qishki kecha kunduzda elektr energiyaning iste’moli grafigining misoli keltirilgan. Bu grafikda ikkita xarakterli cho’qqi, ertalabki 8-9 soatlarda (insonlarni o’rnidan turishi va ish kunining boshlanishi ) va kechqurungi 18-19 soatlarda (qorong’u tushishi va ishdan qaytish) va xarakterli tungi pasayish mavjud.
    Ayrim iste’molchilarning yuklama grafigidan mamlakat energiya tizimi uchun jami iste’mol grafigi taxlanadi, ya’ni yuklamaning milliy grafigi deb nomlanadigan grafik tuziladi. Energiya tizimining vazifasi mazkur grafikni ta’minlashdan iborat. Mamlakat energiya tizimidagi elektr stantsiyalar soni, ularning o’rnatilgan quvvati, milliy yuklama grafikdagiga nisbatan uncha uzoq bo’lmagan maksimum bilan aniqlanadi. Bu qurilmalardan to’la foydalanmaslikka, energiya tizimni qimmatlashishiga, ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning tan narxini ortishiga olib
    keladi.
    RMVt



      1. - rasm. Elektr iste’molchilarining taxminiy diagrammasi.

    Elektr va issiqlik energiyasi iste’molining xarakterini keskin o’zgartirish murakkabdir. Bundan tashqari, obektiv ravishda, kelajakda kommunal-maishiy yuklama ulushini ortishi hisobiga, energiya iste’moli notekisligini o’sish tendentsiyasi mavjud.


    Milliy yuklama grafigining ancha tekis shakli mamlakat miqiyosida energetik resurslardan ancha samarali foydalanishni bildiradi va shundan kelib chiqqan holda, energiya tejamlovchi imkoniyat ancha muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ko’rsatadi.
    Yuklama grafigini ta’minlash, energiya tizimida quvvat tanqisligida maksimal iste’mol soatlarida, elektr energiyani uzluksiz berishni tashkil etishni bildiradi, energiya iste’molining minimum soatlarida esa generatsiyani amalga oshirayotgan jihozlarning ishlash muddatlarini sezilarli qisqartirishlarga olib keladigan qismlarni yuksizlanishiga qo’ymaslik, energiya tizimida yuqori manyovrlikga ega ( gaz turbina qurilmalari, gidro akkumlovchi stantsiyalar va h.k) jihozlarga va energiya akkumlovchi qurilmalarga ega bo’lishi kerak.
    Sanoati rivojlangan mamlakatlarda elektr energiyaning kata qismi 80% ga yaqini bir tekis yuklama bo’lishini talab qiladigan IESlarda ishlab chiqariladi. Bu stantsiyalarning agregatlarida quvvatni rostlashni amalga oshirish foyda keltirmaydi. Issiqlik stantsiyalarining oddiy bug’ qozonlari va turbinalari, yuklamani 10-15% gacha o’zgarishiga ruxsat beradi. IES davriy o’chirib yoqish, bu jarayonlarning katta davomiyligi uchun (soatlar) quvvatni rostlash masalasini yechish imkonini bermaydi. Yirik IES keskin o’zgaruvchan rejimda ishlashi maqsadga muvofiq emas, chunki yoqilg’ining yuqori sarfiga, issiqlik kuch jihozlari yemirilishiga va uning ishonchliligini pasaytirishga olib keladi. AESlar uchun esa o’zgaruvchan rejimlar bundanda yomon. SHuning uchun IES va AESlar yuklama grafigining asosiy qismini, ya’ni energiya tizimining o’zgarmaydigan doimiy yuklamasini yopgani uchun bu stantsiyalar bazaviy elektr stantsiyalar rejimida ishlaydi.
    Energiya tizimning cho’qqi va yarim cho’qqi yuklamalari IES, GAES, va GESlardagi turbinali, yoki bug’ gaz turbinali qurilmalar bilan yopiladi. Bu qurilmalar ishga tushirilgandan so’ng, to’la quvvatga 1-2 minutda erishishi mumkin. GESlarda quvvatni rostlash quyidagicha amalga oshiriladi: tizimda yuklama pasayish bo’lganda GESlar arzimas quvvatda ishlaydilar va suv omborlarini to’latadi, bunda energiya to’planadi; yuklama cho’qqiga erishganda stantsiya agregatlari ishga tushiriladi va energiya to’liq quvvatda ishlab chiqariladi. Tekis joylardagi suv omborlarida suvning to’planishi katta hududlari suvga bostiradi, bu esa yomon ekologik omildir. GESlarni tez oqar tog’ daryolarida qurish maqsadga muvofiqdir.
    Milliy yuklama grafigini to’g’rilash masalasini yechish energiyaga bo’lgan talabni ishlab chiqish va amalga oshirish siyosati bilan bog’liq, ya’ni energiya iste’molini boshqarish darkor. Energiyaga bo’lgan talabni boshqarish ijtimoiy-iqtisodiy hamda texnik tadbirlari va vositalarni amalga oshirish bilan qondiriladi.
    Ta’sir qiladigan iqtisodiy yo’l, bu elektr va issiqlik energiyasiga differensiallangan ta’riflar (narxlar)dir: yuklama maksimum bo’lgan davrda ta’riflar yuqori bo’lib, bu energiya tizimida maksimum soatlarida iste’molni kamaytirish maqsadida, iste’molchilarning o’z ishlash rejimini qayta qurishga olib keladi.
    Yuklama grafiklarini tekislashning samarali texnik chorasi bo’lib turli turdagi energiya yig’ish xizmat qiladi: yuklamada pasayish bo’lganda elektr energiyani to’planadi, maksimum soatlarida u ishlatiladi. Iste’mol rejimini qarama-qarshi rostlash deb nom olgan g’oya katta qiziqishga sazovor. Uning mohiyati shundan iborat: iste’molchini energiya tizimida minimum bo’lgan soatlarda energiyadan maksimal foydalanganligini va energiya tizimida maksimum soatlarida minimal iste’molini rag’batlantirish.
    SHunday qilib, energiya ishlab chiqarish va energiyani iste’mol qilish rejimlarining bir biriga mos bo’lmaslik muammosini 3 ta asosiy yo’lini aniqlash mumkin. Ya’ni, energetik menejmentning 3 ta aniq masalalari quyidagilar:

    1. Ishlab chiqarilayotgan quvvatlarni optimallash, ya’ni elektr stantsiyalarning soni, turi va o’rnatilgan quvvatini ratsional tanlash.

    2. Iste’molchini energiya tizimida yuklamaning maksimum soatlarida iste’molni kamaytirishini rag’batlantiradigan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar tizimini ishlab chiqish va ishlatish.

    3. Energiya yig’ish turlari va qurilmalarni ishlab chiqish va tadbiq etish.





      1. Download 3,27 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   71




    Download 3,27 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari»

    Download 3,27 Mb.