• 5-mavzu: Elektr yuklama grafiklari. Reja: Elektr yuklama grafiklari. Kundalik va yillik yuklamalar grafigi
  • Elektr yuklama grafiklari.
  • «elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari»




    Download 3,27 Mb.
    bet31/71
    Sana18.01.2024
    Hajmi3,27 Mb.
    #140050
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   71
    Bog'liq
    Ma\'ruzalar matni-2021

    Kichik gidro energetika. Hozirgi vaqtda GES larni kichik gidrostantsiyalar qatoriga kiritishning aniq mezonlari mavjud emas. Bizlarda quvvati 0.1 dan 30 MVt bo’lgan gidrostantsiyalarni kichik deb qabul qilingan, bunda turbinaning ishchi g’ildiragi diametrini 2 m gacha bo’lishi va birlik quvvati 0.1 MVtdan kam bo’lgan GESlar mikro GES kategoriyasiga kiritilgan.
    Hozirgi vaqtda dunyoda gidroenergetika o’z taraqqiyoti tarixida uchinchi o’ramni boshdan kechirmoqda. Birinchi GESlarning qurilishi oldingi asrda boshlangan va ular ayrim zavod va qishloqlarni elektr ta`minotiga mo’ljallangan. Shundan so’ng ularning qurilishi, kichik IES raqobatbardoshligi hisobiga, sekinlashdi. Kichik GES larning ommaviy qurilishining ikkinchi bosqichi 40 yillarning oxiri va 50 yillarning boshlariga to’g’ri keladi, bunda kolxozlar, sovxozlar, korxona va davlat tomonidan minglab kichik GESlar qurildi. 70 – 80 yillarda katta energetikaning yirik issiqlik, gidravlik va atom elektr stantsiyalar bazasida tez rivojlanishi hisobiga, minglab va yuzlab kichik GES lar foydalanishdan chiqarildi, konservatsiya qilindi.
    Uchinchi rivojlanish bosqichida kichik GES lar, tabiatni asosiy energetik qurilmalarning yangi texnik darajasida, avtomatlashtirish va kom’yuterlashtirish darajasida qayta tug’ilmoqda.

    5-mavzu: Elektr yuklama grafiklari.

    Reja:


    1. Elektr yuklama grafiklari.

    2. Kundalik va yillik yuklamalar grafigi

    3. Quvvatdan foydalanish koeffitsientini aniqlash

    4. Yuklamalar grafigini to’lish koeffitsienti



    Tayanch so’z va iboralar: kunlik grafik, grafik yuzasi, sarflangan energiya, maksimal quvvat, maksimal quvvatdan foydalanish soatlar soni, yillik soat, yillik grafik, quvvatdan foydalanish koeffitsienti, yuklamalar grafigining to’lish koeffitsienti, aktiv quvvatli yuklama grafigi.



      1. Elektr yuklama grafiklari.

    Elektr stantsiyalarda elektr energiyani ishlab-chiqarish va ularni turli mijozlar tomonidan iste’mol qilishi, o’zaro bir-biri bilan bog’langan jarayonlardir. Fizik qonuniyatlardan kelib chiqqan holda, iste’mol etilayotgan energiya quvvati, qandaydir vaqt ichida ishlab chiqarilayotgan quvvatga teng bo’lishi kerak. Afsuski, elektr va issiqlik energiyani bir joyga taxlab qo’yishning iloji yo’q. Energiyaning turli ko’rinishlarini yig’ib qo’yishning ma’lum usullarini amalda qo’llash juda qiyin.
    SHu bilan birga ayrim elektr va issiqlik energiyani qabul qiluvchilarning ishlari notekis ketadi va engergiyani ja’mi iste’moli ham notekisdir.
    Iste’molchiga kechasiga qaraganda kunduzi, shanba va yakshanba kunlariga qaraganda ishchi kunlari, yozga qaraganda qishda ko’p energiya talab etiladi. Iste’molchi tomonidan elektr va issiqlik energiyasini ma’lum vaqt oralig’ida iste’mol qilish rejimi (korxona, tuman, shahar, mamlakat miqiyosida) yuklama grafigi yordamida tasvirlanadi. Mos ravishda bir kecha kunduz, oylik, yillik yuklama grafiklari mavjud.

    Download 3,27 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   71




    Download 3,27 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari»

    Download 3,27 Mb.