linyalarida energiya sezilarli miqdorda isrof boʻladi, chunki tok uzatish oʻtkazgichlar
orqali oʻtganda ularni qizdiradi. Joul-Lens qonuniga muofiq, oʻtkazgich simlarini
qizdirish uchun sarf boʻladigan energiya miqdori Q=I
2
RT formula bilan aniqlanadi, bu
yerda R oʻtkazgich qarshiligi. Elektr energiyasini uzatish foydaliroq boʻlish
uchun
oʻtkazgichlarni qizdirishga ketadigan issiqlik energiyasi mumkin qadar kamtirilishi
kerak. Joul-Lens qonuni bu masalani hal qilishning ikki yoʻlini koʻrsatib beradi:
1)
Energiya: oʻtkazgich simlarining qarshiligini kamaytirish kerak. Buning
uchun yoʻgʻon simlar ishlatish kerak lekin turmushda buni amalga oshirib boʻlmaydi
chunki oʻrkazgichning qarshiligini necha martta kamaytirilsa, uning massasi shuncha
martta ortib ketishi mumkin. Qimmat turadigan rangli metallarni bunchalik koʻp
sarflashga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi bundan tashqari ogʻir simlarni baland minoralarga
oʻrnatish bilan bogʻliq boʻlgan va boshqa qiyinchiliklar ham tugʻiladi.
2)
Uzatish: oʻtkazgichlardagi tok kuchini kamaytirish lozim. Ammo tok
quvvatini saqlash uchun tok kuchini faqat kuchlanishni oshirish yoʻli
bilangina
kamaytirish mumkin. Elektr energiyasini uzatish oʻtkazgichlar orasidagi kuchlanish
yuqori boʻlsagina u shuncha yuqori boʻladi. Chunki, P=IU quvvat formulasidan
koʻrinishicha, tok kuchi shuncha kamayadi va oʻtkazgichlardagi
isrof tok kuchi
kattaligining kvadratiga praporsional ravishda kamayadi.
Hozirgi zamon sharoitida elektr energiyasini olisga uzatishni transformatorsiz
amalga oshirish mumkin emas chunki, transformatorlar yordamida oʻzaguruvchan
tokning uzatiladigan quvvatini oʻzgartirmagan holda uning kuchlanishi oʻzgartirib
berishi mumkin. Quyidagi sxema orqali elektr energiyasini
olisga uzatishni
quyidagicha tasavvur qilish mumkin.
3-
rasm. Elektr energiyasini uzatish sxemasi.
Elektr stansiyasiga yuksaltiruvchi transformator oʻrnatiladi. Yuqori kuchlanishli
tok energiyasi istemolchiga toʻgʻridan toʻgʻri uzatiladi. Istemolchi oldiga pasaytiruvchi
transformatorlar oʻrnatish bilan istemolchi elektr energiyadan hayot uchun havfsiz va
izolyatsiyaning maxsus usullarini talab etmaydigan normal kuchlanishidan
foydalanadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, insonlar moddiy va maʼnaviy
hayotini
yaxshilashga doimo harakat qilishadi. Shuningdek hozirgi rivojlanib borayotgan
zamonda elektr energiyaga talabchanligimiz ham yaqqol nomoyon boʻlib bormoqda.
Elektr energiya hozirgi kunda suv va havodek zarur ekanligini yuqoridagi elektr
energiyasini oʻzgaruvchan tok sifatida kuchlanishini oʻzgartitish orqali, transformator
qurilmasi yordamida hayot uchun havfsiz va izolyatsiyalangan
usullar bilan aholiga
toʻgʻridan toʻgʻri uzluksiz yetkazib berilmoqda shu kabi maʼlumotlar orqali ham
energiya tejamkorligini yana bir bor bilib oldik. Energiya tejamkorligi sizu bizni
ogohlikka chaqiradi. Holbuki soʻzimiz yakunida
shuni aytishimiz kerakki, elektr
tarmoqlari va ularning kundalik hayotimiz uchun zarur boʻlib hizmat qilayotganligini
guvohi boʻlib bormoqdamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
C.Tursunov, J.Kamolov “Elektr va magnetizm”, T:. -1996 b; 211-235.
2.
M.Ismoilov, P. Xabibullayev, M. Xalilulin.
Fizika kursi, Oʻzbekiston
nashriyoti T:.- 2000 b; 234-239.
3.
I.U Raxmonov, K.M Reymonov, N.N Niyozov. Elektr taminoti tizimida
energiya tejamkorligi. Oʻz halqaro islom ak nash. -T:. 2020 b;
4.
U.O Oripov, S.A Azimov, P.Q Habibullayev, M. Rasulova. Fizika.
“Oʻzme.f.1-jild” -T:. 2000.
5.
Кудрявсев П.С. Краткий. Курс истори физики, М:.1974.
6.
M.R Raxmatov, Vatanimiz fiziklari -T:. 1983.
154