II. Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish




Download 188.44 Kb.
bet3/4
Sana23.10.2022
Hajmi188.44 Kb.
#27924
1   2   3   4
Bog'liq
Презентация1 hayot faoliyati
2-mavzu (3), Mustaqil ish (5), Mustaqil ish (7), 7-8 - маъруза
II. Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi tibbiyot xodimi kelgunga qadar ko‘rsatiladigan yordamni ikki qismga bo‘lib qaraladi:
Tok ta’siridan qutqarish;
Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish;
Tok ta’siridan qutqarish o‘z navbatida bir necha xil bo‘lishi mumkin. Hammadan oson va qulay usuli bu elektr qurilmasining o‘sha qismiga kelayotgan tokni o‘chirishdir.
Agar buni iloji bo‘lmasa (masalan o‘chirgich qurilmasi
uzoqda bo‘lsa), unda tok kuchlanishi 1000 V dan ko‘p bo‘lmagan elektr qurilmalarida elektr simlarini sopi yog‘ochli bo‘lgan bolg‘alar bilan kesish yoki zararlangan kishining kiyimi quruq bo‘lsa, uning kiyimidan tortib tok ta’siridan qutqarib qolish mumkin. Agar elektr tokining kuchlanishi 1000 V dan ortiq bo‘lsa, unda dielektrik qo‘lqop va elektr izolyasiyasi mustahkam bo‘lgan elektr asboblaridan foydalanish kerak.
Elektr ta’siriga tushgan kishiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, uning holatiga qarab belgilanadi. Agar jarohatlangan kishi hushini yo‘qotmagan bo‘lsa, unda uning tinchligini ta’minlab, vrach kelishini kutish yoki uni tezda davolash muassasasiga olib borish zarur.
Agar tok ta’sirida hushini yo‘qotgan ammo nafas olishi va yurak tizimi ishlayotgan bo‘lsa, unda uni quruq va qulay joyga yotqizish, kamari va yoqasini bo‘shatish va sof havo kelishini ta’minlash zarur. Nashatir spirt hidlatish, yuziga suv purkash, tanasini va qo‘llarini
ishqalash yaxshi natija beradi.
Agar jarohatlangan kishining nafas olishi qiyinlashsa, qaltirash holati kuzatilsa, ammo yurak urish ritmi nisbatan yaxshi bo‘lsa, unda bu kishiga sun’iy nafas oldirish ishlarini bajarish zarur.
Klinik o‘lim holati yuz bergan taqdirda sun’iy nafas oldirish bilan bir qatorda yurakni ustki tomondan massaj qilish kerak.
Klinik o‘lim holati yuz bergan taqdirda sun’iy nafas oldirish
Bir minutda taxminan 10-12 marta puflashni amalga oshiriladi. Puflashni doka, dastro‘mol va trubka orqali ham bajarish mumkin. Agar jarohatlangan kishi nafas olishini tiklagan taqdirda ham, sun’iy nafas oldirishni uning nafas olishiga moslab bemor o‘ziga kelguncha davom ettiriladi.
Yurakni tashqaridan massaj qilish jarohatlangan kishi organizmidagi qon aylanish funksiyasini sun’iy ravishda tiklab turish maqsadida amalga oshiriladi.
Qorin bo‘shlig‘idan ko‘krak qafasiga o‘tgandan keyin 2 barmoq yuqoridan massaj qiladigan joyni belgilab, qo‘lni bir-biri ustiga to‘g‘ri burchak shaklida qo‘yib, jarohatlangan kishi ko‘krak qafasini tana og‘irligi balan ma’lum miqdorda kuchni moslab bosiladi. Bosish sekundiga 1 marta keskin kuch bilan bo‘lishi kerak. Bunda ko‘krak qafasi ichkariga qarab 3- 4 sm pasayishi kerak va bu yurak urish ritmiga moslab davom ettiriladi.
Massaj qilish sun’iy nafas oldirish bilan birgalikda olib borilishi kerak. Agar yordam ko‘rsatuvchi bir kishi bo‘lsa, har ikki marta puflagandan keyin 15 marta ko‘krak qafasini bosishi kerak.
Jarohatlangan kishining yurak urishi normal holatga kelganligini uning pulsini tekshirib bilsa bo‘ladi. Buning uchun yuqoridagi muolajalarini 2-3 sekundga to‘xtalib pulsi sanab ko‘riladi

Download 188.44 Kb.
1   2   3   4




Download 188.44 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II. Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish

Download 188.44 Kb.