• Klinik o‘lim Holati 6-8 min davom etadi.
  • Elektr tokining inson organizmiga ta’siri va undan himoyalanish choralari Reja




    Download 188.44 Kb.
    bet2/4
    Sana23.10.2022
    Hajmi188.44 Kb.
    #27924
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Презентация1 hayot faoliyati
    2-mavzu (3), Mustaqil ish (5), Mustaqil ish (7), 7-8 - маъруза
    Klinik o‘lim holati
    Bu hayot bilan o‘lim orasidagi ma’lum oraliq bo‘lib, ma’lum vaqtgacha inson ichki imkoniyatlar hisobiga yashab turadi. Bu vaqtda unda hayot belgilari: ya’ni nafas olish, qon aylanish bo‘lmaydi, tashqi ta’sirlarga farqsiz bo‘ladi, og‘riq sezmaydi, ko‘z qorachug‘i kengaygan va yorug‘likni sezmaydi. Ammo bu davrda hali undagi hayot butunlay so‘nmagan, hujayralarda ma’lum modda almashinuv jarayonlari davom etadi va bu organizmning minimal hayot faoliyatini davom ettirishga etarli bo‘ladi, buning uchun tashqi ta’sir natijasida hayot faoliyatini yo‘qotgan organizmning bazi bir qismlarini tiklash natijasida uni hayotga qaytarish imkoniyati bor.
    Klinik o‘lim Holati 6-8 min davom etadi. Hech qanday yordam bo‘lmagan taqdirda eng oldin bosh miya qobig‘idagi hujayralar parchalanadi va klinik o‘lim holati biologik o‘lim holatiga o‘tadi.
    Biologik o‘lim
    Qaytarib bo‘lmaydigan jarayon bo‘lib, organizmdagi biologik jarayonlar butunlay to‘xtashi bilan xarakterlanadi, shuningdek organizmdagi oqsil strukturalari parchalanadi. Bu klinik o‘lim vaqti tugagandan keyin ro‘y beradi.
    Inson organizmining qarshiligi teri qarshiligi va ichki organlar qarshililari yig‘indisi sifatida olinadi.
    Inson organizmi qarshiligi 1000 Om qabul qilingan.
    Inson organizmi orqali 50 Gs li sanoat elektr tokining 0,6-1,5 mA oqib o‘tsa, buni u sezadi va bu miqdordagi tok sezish chegarasidagi elektr toki deb ataladi.
    Agar inson organizmidan oqib o‘tgan tokning miqdori 10-15 mA ga etsa, unda organizmdagi muskullar tartibsiz qisqarib, inson o‘z organizmi qismlarini boshqarish qobiliyatidan mahrum bo‘ladi, ya’ni elektr toki bo‘lgan simni ushlab turgan bo‘lsa, panjalarini ocha olmaydi, shuningdek unga ta’sir ko‘rsatayotgan elektr simini olib tashlayolmaydi. Bunday tok chegara miqdordagi ushlab qoluvchi tok deyiladi.
    Agar tok miqdori 25 - 50 mA ga etsa, unda tok ta’siri ko‘krak qafasiga ta’sir ko‘rsatadi buning natijasida nafas olish qiyinlashadi.
    Agar tok ta’siri uzoq vaqt davom etsa, ya’ni bir necha minutga cho‘zilsa, unda nafas olishning to‘xtab qolishi natijasida o‘lish mumkin.

    Download 188.44 Kb.
    1   2   3   4




    Download 188.44 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektr tokining inson organizmiga ta’siri va undan himoyalanish choralari Reja

    Download 188.44 Kb.