|
Elektrokimyoviy analiz usullarining afzaliklari va kamchiliklari
|
bet | 1/5 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 64 Kb. | | #243423 |
Bog'liq Elektrokimyoviy analiz usullarining afzaliklari va kamchiliklari
Elektrokimyoviy analiz usullarining afzaliklari va kamchiliklari.
Reja;
1.Elektrokimyoviy analiz usullari
2.Potensiometrya
3.kulonometrya
4.Konduktometrya usulari kamchiligi va afzaliklari
Kimyoviy analizning bu usuli elektrodlar ustida yoki elektrodlar oralig‘ida
sodir bo‘layotgan jarayonlarga asoslangan. Bunda sistemaning qator
kattaliklari (potensial, tok kuchi, elektr miqdori, qarshilik, sig‘im, elektr
o'tkazuvchanlik yoki dielektrik xossalari) o‘zgaradi. Bu kattaliklar
aniqlanadigan moddalarning eritmadagi konsentratsiyalariga mos boiganligi
yoki ularning o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanganligi uchun ular
yordamida o‘sha moddalarning tabiati va miqdorini aniqlash mumkin.
O'lchanadigan mazkur qiymatlaming ko‘p sonli umumlashmalari mavjud,
biroq ular analiz usullarini to‘liq ifodalab berolmaydi va shuning uchun ham
usullami sinflashda qator chigalliklar uchraydi. Bizningcha, barcha elektr
kimyoviy analiz usullarida elektr zanjiri asosiy o‘rinda turganligini hisobga
olib, usullar sinflanishining asosiga elektrodlarda boiadigan jarayonlami
qo'yish maqsadga muvofiqdir. Shu asosda barcha elektr kimyoviy usullami
uch gruppaga bolish mumkin: 1) elektrod reaksiyalariga asoslangan elektr
kimyoviy usullar (potensiometriya, voltamperometriya: polyarografiya,
amperometriya, inversion voltamperometriya, xronoamperometriya,
xronopotensiometriya va boshqa voltamperometrik usullar, kulonometriya,
elektr gravimetriya); 2) elektrod reaksiyalari bilan aloqador bolmagan elektr
kimyoviy usullar (past va yuqori chastotali konduktometriya, dielkometriya);
3) qo‘sh elektr qavatning o'zgarishi bilan bog'liq bo'lgan usullar
(tenzammetriya, elektr sorbsion analiz).
|
| |