• O ksredm etriya
  • Elektrokimyoviy analiz usullarining afzaliklari va kamchiliklari




    Download 64 Kb.
    bet2/5
    Sana19.05.2024
    Hajmi64 Kb.
    #243423
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Elektrokimyoviy analiz usullarining afzaliklari va kamchiliklari

    Potensiom etriya Potensiometriya usuli tekshiriladigan eritmaning elektrod
    potensialini o'lchashga asoslangan. Nernst tenglamasiga

    binoan elektrod potensiali potensialni belgilovchi M moddaning
    aktivligiga bog'liq bo’lganligi uchun elektrod potensialini o ich ash
    yordam ida M m oddaning aktivligi (konsentratsiyasi) aniqlanishi mumkin. Elektrod potensiali bilan aktivlik orasidagi ushbu bogliqlik
    bo'yicha turli sistem alardagi m uvozanat jarayonlarini aniqlash mumkin. Agar kim yoviy reaksiya davom ida elektrod potensiali o'zgarsa, bu o'zgarish yordamida ritmadagi modda konsentratsiyasining o'zgarishini va titrlashning oxirgi nuqtasini
    topish mumkin. Potensiom etrik analiz sanoatning turli sohalarini
    kim yoviy-tahliliy nazorat qilishda va moddalarning m iqdorini
    aniqlashda keng qo'llaniladi. Potensiometriya usuli o'tgan asrdan
    m a’lum bo'lsada, u Zyorensen p H haqidagi tushunchani fanga kiritgandan (1909-y.) so'ng tez rivojlanib ketdi. Potensiometrik analiz bevosita va bilvosita usullarga bo'linadi. Bevosita potensiom etriya usulida p o ten sialn i belgilo v ch i m oddaning aktivligi elektrod potensialini aniqlash asosida topiladi. Bu usul ionlarning aktivligini tog 'r id a n - to 'g 'r i a n iq la sh g a im kon b era d ig a n y ag o n a usul h iso b la n a d i. Uquyidagi turlarga bo'linadi: pH - metiya eritm alarning H qiymati, kislota va asoslarning (protolitlarning) kislota-asosli konstantalari, protolitik xususiyatga ega b o 'lg an kompleks birikm alarning barqarorlik konstantalari va shu kabilami aniqlashga imkon beradi. Ionometriya — PH-metriyaning rivojlanishi natijasida mustaqil usul sifatida shakllangan zamonaviy usullardan biri. Bu usulda indikator elektrodi vazifasini turli xil ion selektiv elektrodlar bajaradi. O ksredm etriya — o k sidlanish-qaytarilish reaksiyalari va oksred juftlarning potensiallarini tekshirishga
    asoslangan usul bo'lib, uning yordam ida oksred juftlarning standart va real potensiallari, ular yordamida esa turli xil konstantalar hamda kinetik kattaliklar aniqlanadi. Bevosita potensiom etrik usullar kimyoviy va elektr kimyoviy reaksiyada qatnashuvchi elektronlar soni, kimyoviy reaksiyalarning stexiometrik va aktivlik koeffitsientlari kabilarni aniqlash imkonini beradi. Bilvosita potensiom etriya usuli qisqa tarzd a p o ten sio m etrik titrla sh deb y u ritilsa -d a , aslid a titrlashning oxirgi nuqtasini potensiometrik aniqlash deb qaralm og'I lozim (IYUPAK). Potensiom etrik titrlash usullari kislota-asosli(protolitometrik ), oksidlanis h -qaytarilis h (oksredmetrik ), komplekslanish va cho'ktirish reaksiyalari asosida moddalarni aniqlash va tek sh irish uchun keng q o 'lla n ila d i. Shu negizda m oddalarning konsentratsiyasigina emas, balki ularning turli xil konstantalarini ham aniqlash mumkin. Potensiometrik va boshqa asbobli (instrumental) titrlash usullarining vizual usullarga ko'ra bir qator afzalliklari mavjud: 1) titrlashdagi subyektiv xatolar deyarli yo'qoladi; 2) aniqlashning sezuvchanligi ancha yuqori bo’ladi; 3) loyqa va rangli eritm alar ham osongina titrlanadi; 4) muayyan sharoit yaratilganda eritmada bo’gan bir necha modda aralashmasi tabaqalab titrlanadi; 5) titrlash jarayoni osongina avtomatlashtiriladi. Titrlashning oxirgi nuqtasi yaqinida elektr kimyoviy indikator reaksiyalarining biri ikkinchisi bilan almashinadi, buning natijasida sistemaning potensiali keskin sakrash bilan o'zgaradi.

    Download 64 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektrokimyoviy analiz usullarining afzaliklari va kamchiliklari

    Download 64 Kb.