Elektrokimyoviy analiz usullarining afzaliklari va kamchiliklari




Download 64 Kb.
bet4/5
Sana19.05.2024
Hajmi64 Kb.
#243423
1   2   3   4   5
Bog'liq
Elektrokimyoviy analiz usullarining afzaliklari va kamchiliklari

Kulonometrya. M.Faradeyning elektrolit eritmasidan tok o ‘tganda ajralib chiqqan modda miqdorining sarflangan elektr miqdoriga (kulon) bog’liqligi haqidagi yaratgan qonunlari kulonometriya usulining asosini tashkil etdi. Kulonometriya usuli standartlar talab qilmaydigan mutlaq usuldir. Bu usulda asboblami darajalash uchun standart namunalar talab qilinmaydi. Kulonometrik titrlashni amalga oshirish uchun ham boshqa usullardagi singari standart eritmalarga zarurat yo‘q. Agar potensial nazorat qilib turilsa, usulning selektivlik darajasi yuqori boiadi. Bu usulning aniqligi ham quyidagi shartlar bajarilganda nihoyatda kattadir: 1) elektrolizga sarflangan tokning samaradorligi 100 % ni tashkil etishi yoki u qat’iy aniq bo'lishi kerak; 2) elektr miqdorini baholashning aniq usuli bo'lishi kerak; 3) elektr kimyoviy yoki kimyoviy reaksiyaning tugash lahzasini to'g'ri topish imkoni bo'lishi zarur. Kulonometriya usulining sezuvchanligi ham boshqa usullarga nisbatan ancha yuqori. Hozirgi zamon texnikasi yordamida kulonometriya usulini oson avtom atlashtirish mumkin. Kulonometriya usulining mutlaqligi uning faqatgina modda massasini aniqlash uchun emas, balki turli fazalardagi (qattiq, suyuq, gaz) reaksiyalarning stexiometriyasi va kinetikasini tekshirish, elektr kimyoviy jarayonlarda hosil bo'ladigan moddalarning tabiatini aniqlash, kam eruvchan moddalar va kompleks birikmalarning tarkibini, metallar korroziyasi singarilarni o'rganish kabi maqsadlarda qoilanilishini ham ta’minlaydi.
Kulonometrik tahlil usuli M .Faradeyning elektroliz qonunlariga asoslanganligi uchun unga elektrolitik bo‘g‘inda sodir b oiadigan elektroliz hodisalari xosdir. Elektroliz sodir boiishi uchun elektrodlarga muayyan potensial yoki o'zgarmas tok beriladi. Elektrodlarga berilgan potensial eritmadagi moddani elektrolizga uchratadi va oqibatda zanjirda tok yuzaga keladi. Bu tokni o ‘lchash asosida moddaning miqdorini aniqlash mumkin. Yuqorida qayd qilinganiday, kulonometrik tahlil о ‘tkazishda quyidagi shart bajarilishi lozim: 1) elektroliz sharoitida faqat tekshiriladigan moddaning elektr kimyoviy reaksiyasi sodir bo’lishi, ya’ni sarflangan tok kuchi to iig ‘icha aniqlanadigan modda elektroliziga
sarflanishi kerak. Bu vaqtda generatsiya tokining samaradorligi 100 % yoki qat’iy aniq boiishi kerak. Buni nazorat qilish uchun eritmadagi barcha moddalarning voltamper egri chiziqlari o ‘rganiladi. Generatsiya tokining samaradorligi voltamper egri chiziqlari asosida

ifoda yordamida baholanadi; 2) elektr kimyoviy (bevosita usul) va
kimyoviy (kulonometrik titrlash) reaksiyalarning tugash (oxirgi nuqta)
lahzasi yetarli aniqlik bilan topilishi shart; 3) elektr kimyoviy reaksiyaga
kirgan aniqlanadigan moddaning massasini topish uchun elektr miqdorini
aniqlash usuli mavjud bo'lishi kerak. Buning uchun turli xil kulonometr,
elektron integrator va boshqa asboblar ishlatiladi. Elektrolizni 100 % li tok samaradorligida o'tkazish uchun eritmaga elektroliz sharoitida elektr aktiv bo'lmagan modda qo'shiladi. Bu modda befarq (inert, indifferent) elektrolitdan iborat bo'lib, u fon elektroliti deb yuritiladi. Fon elektroliti eritmaning qarshiligini imkon boricha kamaytirishi kerak. Elektroliz eritmalardan o'tkazilganda erituvchi (suv, suvsiz erituvchilar) ham elektroliz sharoitida befarq bo'lishi kerak. Odatda,
eritu v ch in in g k o n sen tratsiy asi unda erigan m oddaning konsentratsiyasidan beqiyos katta bo'lganligi uchun uning elektrodlarda parchalanishi erigan moddalarning parchalanishini cheklaydi. Shuning uchun ham elektrodlarga erituvchining parchalanish potensiallari orasidagi kuchlanishgina beriladi. Bu kuchlanish aniqlanadigan moddaning to'liq oksidlanishi yoki qaytarilishi uchun yetarli bo'lishi kerak. Shuni ham aytish kerakki, elektrod sirtida sodir bo'ladigan elektr kimyoviy reaksiya tanlangan elektrodning tabiati va uning sirt yuzasiga
ham bog'liq.

Download 64 Kb.
1   2   3   4   5




Download 64 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektrokimyoviy analiz usullarining afzaliklari va kamchiliklari

Download 64 Kb.