• Konduktometrya.
  • Foydalanilgan Adabiyotlar.
  • Elektrokimyoviy analiz usullarining afzaliklari va kamchiliklari




    Download 64 Kb.
    bet5/5
    Sana19.05.2024
    Hajmi64 Kb.
    #243423
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Elektrokimyoviy analiz usullarining afzaliklari va kamchiliklari

    Voltamperometrya. Bu usul yordamida voltamper egri chiziqlari elektrod reaksiyalari bilan moddalar konsentratsiyalarining bog'liqligi o'rganiladi. Bunda ish
    elek tro d i sifatid a sim ob va boshqa m etall ham da g rafit kabi mikroelektrodlar ishlatiladi. Ish elektrodi sifatida tomchilaydigan simob ishlatiladigan usul polyarogmfiya deb ataladi. Bu usul 1922-yilda chex olimi Ya.Geyrovskiy tomonidan kashf etilgan. Voltamperometriyaning yana bir ko'rinishi — amperometrik titrlash ham Ya.Geyrovskiy tomonidan 1927-yilda ta k lif etilg an . XX asrn in g 50 -yillard an boshlab voltamperometriyaning bir qator yangi usullari paydo bo'ldi. Kvadrat to'lqinli polyarografiya, inversion polyarografiya, impuls polyarografiya, vektor polyarografiya, ikkinchi garmonikadagi polyarografiya shular jumlasidandir. Bu usullarning paydo bo'lishi fan, texnika va sanoatning
    ehtiyojlari bilan bog'liq. Voltamperometriya usullari moddalami sifat va miqdor jihatdan tekshirish, ulaming tuzilishi (strukturasi) va reaksiyalarim exanizmini o'rganish, turli xil fizik-kim yoviy konstantalarini (dissotsiasiya, barqarorlik va sh.k.) aniqlash uchun qo'llaniladi. Bu usullar selektiv usullar qatoriga kiradi. Har bir usul tegishli sezuvchanlik va aniqlikka ega. Hozirda bu usulning qator yangi yo'nalishlari vujudga kelgan. Shunday b o 'lsad a, voltam perom etriya usullari orasida polyarografiya va amperometrik titrlash muhim o'rin tutadi.
    Polyarografiya Polyarografik tahlil usulida tomchilaydigan simob elektrodi sirtida
    tekshiriladigan moddaning qaytarilishi natijasida yuzaga keladigan
    tokning elektrodlarga berilgan potensialga bog'liqligi o'rganiladi. Bu
    bog'liqlik polyarograf yordamida tekshiriladi Tashqi tok manbai (V) va reostat (R) orqali tomchilaydigan simob elektrodi (K) va yordam chi elektroddan (A) iborat galvanik zanjirga +0,3-2,0 V oralig'idagi istalgan kuchlanishni berish mumkin.
    Konduktometrya.Bu usul elektrolitlar eritm alarining elektr o'tkazuvchanligini o‘lchashga asoslangan. Tokning ish chastotasiga ko ‘ra pastvayuqori chastotali usullarga bo'linadi. Konduktometriya usullarinin g elektrodlarning tekshiriladigan eritma bilan tutashganligiga qarab tutashgan va tutashmagan turlari mavjud. Past (103 Gs) chastotali usullar konduktometriya, yuqori (106-107 Gs) chastotali usullar esa yuqori chastotali konduktometriya (usul ko‘pincha titrlashning oxirgi
    nuqtasini topish maqsadida ishlatilgani uchun yuqori chastotali titrlash) deb yuritiladi. Tutashgan usullar yordamida oichashda elektrodlar tekshiriladigan
    elektrolit eritmasiga bevosita tushirilgan bo‘ladi. Bu usullar o ‘lchash aniqligini oshirish imkonini bersa-da, ular elektrodlarning polarizatsiyasi bilan bog'liq bo‘lgan tegishli xatolardan xoli emas. Tutashmagan usullarda elektrodlar bilan tekshiriladigan elektrolit eritmasi orasida bevosita tutashuv bo‘lmaydi, ya’ni elektrodlar eritmaga tushirilmagan bo’ladi. Bu usullarda elektrodlar o ‘lchash zanjiri bilan sig‘im yoki induktivlik orqali bogianadi. Bunday usullarda polarizatsiya hodisasi uchramaydi. Tutashmagan usullar konsentratsiyalari yuqori bo‘lgan, agressiv, yopishqoq va uchuvchan moddalarni tekshirish uchun qulay.
    Elektrod bilan eritma tutashmaganligi uchun ular orasida o ‘zaro ta ’sir bo’lm aydi. Eng muhimi qimmatbaho platina elektrodini arzon metallarga almashtirish mumkin. Tutashmagan usullarda elektr o ‘tkazuvchanlik o ‘lchanmaydi, balki, uning hosilasi - tok kuchi o ‘lchanadi.
    Konduktometrik usullarning rangli va loyqa eritmalami tekshirish, sezuvchanligining yuqoriligi, avtomatlashtirish imkoniyati, titrlashning
    oxirgi nuqtasini aniq topish, aralashmalarni titrlash va sh.k. qator afzalliklari bilan bir qatorda, selektiv emasligi, konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan eritmalarni aniqlashda chetga chiqishlarning uchrashi kabi kamchiliklari ham mavjud.
    Potensiometr avzaligi

    1. Indikator elektrodlari muvozanat potensialining qisqa vat ichida qaror topishi reaksiya kinetikasioni o’rganishga qulaylik yaratishi

    2. Texnologik jarayonlarni avtomatik nazorat qilishda qulaylik yaratish

    3. Tez bajarilishi

    4. Yuqori aniqlilig

    5. O’lchashning odiyligi

    6. Nihoyatda sezgirlik

    Amperometrya avzaligi.

    1. sezgirlig

    2. Tezkorligi

    3. Tanlanuvchanlik

    4. 10-5mol/l va undan ham suyultirilgan eritmalarda 2% ni, Juda suyultirilgan eritmalarda 5% xatolikni tashkil etadi

    Konduktometrya afzaligi va kamchiligi.
    1. elektrolit eritma bilan kimyoviy reaksiyaga kirishmaydi va elektrodlar sifatida odiy metallardan (Cu,Zn,Al,) foydalanish mumkun
    2. Bu usulda agresiv muxitli, rangli modalarni,yog’, neft va boshqalarni titrlasa bo’ladi.
    3. Analizni uzoq masofadan olib borish mumkun
    Usulning asosiy kamchiligi-apparatning qimatliligi va murakkabligi.
    Foydalanilgan Adabiyotlar.
    1.Ochildi Fayzullayev ,,Analitik kimyo’’ darslik Toshkent ,,Yangi avlod’’ 2006.
    2.H. Akbarov, B.Sagdullayev, A.Xoliqov ,,Fizikaviy kimyo’’ Toshkent ,,Donishmand ziyosi’’ 2020.
    3. https://uzpedia.uz/pedia/elektrokimyoviy_analiz_usullari_1
    Download 64 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektrokimyoviy analiz usullarining afzaliklari va kamchiliklari

    Download 64 Kb.