• Government Development Index
  • -yildan uchinchi bosqich boshlangan




    Download 484.5 Kb.
    bet5/8
    Sana21.05.2022
    Hajmi484.5 Kb.
    #21576
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Elektron hukumat asoslari
    №30 Sınaw, Berilgan oraliqda funksiyalarni furye qatoriga yoyish. Toq va ju, RUS TILIDA ENG KO\'P ISHLATILADIGAN GAPLAR, IJARI-ME-14-09-106 (1), FDA slides, obyektivka-namuna (1), 1 laboratoriya bo`yicha topshiriq Azimov Nizomiddin, Документ Microsoft Word, NGQOTTT(ma\'ruza), ekologik-muammolar- (1), Pul va banklar- Mustaqil ish, Doc3, 5656565656, Al-Xorazmiy UZB MATEMATIKA (1)
    2008-yildan uchinchi bosqich boshlangan. Bu bosqichda asosiy e’tibor barcha mavjud tizimlar va turli darajadagi elektron hukumatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va ularni bir-biriga integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan. Bu fuqarolarga va kompaniyalarga kompleks davlat xizmatlarini taqdim qilish imkonini beradi.
    Ushbu bosqichda Koreya Respublikasi boshqa davlatlarga (jumladan, Ekvador, Indoneziya, Bangladesh, Shri-Lanka, Mali) elektron hukumatni shakllantirish uchun texnologik yechimlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma ham tuzgan. Bungacha, 2004-yildan boshlab Janubiy Koreyada elektron hukumat uchun ishlab chiqilgan texnologiyalarni import qiluvchi asosiy davlat Yaponiya bo‘lgan.
    Janubiy Koreya hukumati turli sohalarda axborot texnologiyalarni qo‘llash borasida ilg‘or davlatlar qatoriga kiradi. Mamlakatda, bir so‘z bilan aytganda, bojxona ishidan tortib to intellektual mulk masalalarigacha avtomatlashtirilgan tizimga o‘tgan. Shuning uchun ham u hozirda dunyoda elektron hukumatning rivojlanish darajasi bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2002-yildan beri dunyodagi 192 ta davlat uchun elektron hukumat rivojlanishi indeksi (inglizcha “Government Development Index”) va elektron ishtirok indeksini (inglizcha “e-partisipation index”) hisoblab, bu bo‘yicha yillik reytingni e’lon qiladi. Bunda birinchi indeks mamlakatdagi milliy onlayn-servislarning mavjudligini baholasa, ikkinchisi esa o‘sha servislardan foydalanish darajasini baholaydi. Janubiy Koreya 2008-yilda ushbu reytingda elektron hukumat rivojlanishi bo‘yicha jahonda oltinchi, aholi va biznes vakillarining onlayn-servislardagi elektron ishtiroki bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turgan bo‘lsa, u 2010-yildan beri har ikkala reytingda ham yetakchilikni o‘z qo‘lida saqlab kelmoqda.
    1-jadval

    Reyting

    Davlat

    Indeks

    1

    Koreya Respublikasi (Janubiy Koreya)

    0.9283

    2

    Gollandiya

    0.9125

    3

    Buyuk Britaniya

    0.8960

    4

    Daniya

    0.8889

    5

    Amerika qo‘shma shtatlari

    0.8687


    Download 484.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 484.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -yildan uchinchi bosqich boshlangan

    Download 484.5 Kb.