• Meyoriy hujjatlar bazasi
  • Interaktiv davlat xizmatlari: interaktiv xizmatlarni tashkil etish, interaktiv xizmatlar turlari, bazaviy interaktiv davlat xizmatlari. My.Gov.uz
  • Elektron hukumat asoslari




    Download 484.5 Kb.
    bet7/8
    Sana21.05.2022
    Hajmi484.5 Kb.
    #21576
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Elektron hukumat asoslari
    №30 Sınaw, Berilgan oraliqda funksiyalarni furye qatoriga yoyish. Toq va ju, RUS TILIDA ENG KO\'P ISHLATILADIGAN GAPLAR, IJARI-ME-14-09-106 (1), FDA slides, obyektivka-namuna (1), 1 laboratoriya bo`yicha topshiriq Azimov Nizomiddin, Документ Microsoft Word, NGQOTTT(ma\'ruza), ekologik-muammolar- (1), Pul va banklar- Mustaqil ish, Doc3, 5656565656, Al-Xorazmiy UZB MATEMATIKA (1)
    Qo‘llab-quvvatlash:
    Portalga «O‘zinfokom» kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi huzuridagi Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalini axborot bilan ta’minlash va rivojlantirish guruhi tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.
    Meyoriy hujjatlar bazasi:
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 17 dekabrdagi "Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida"gi 259-son qarori
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 20 yanvardagi "Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-1041-son qarori
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 21 apreldagi "Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga axborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi to‘g‘risida"gi 116-son qarori
    Interaktiv davlat xizmatlari: interaktiv xizmatlarni tashkil etish, interaktiv xizmatlar turlari, bazaviy interaktiv davlat xizmatlari.
    My.Gov.uz - Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali.
    Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Yagona portal) — foydalanuvchilarning interaktiv davlat xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan erkin foydalanishini, shuningdek elektron shaklda davlat xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlovchi Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalidagi ma’lumot-axborot portali.
    Yagona portal foydalanuvchilar tomonidan interaktiv davlat xizmatlaridan, shu jumladan pulli asosda erkin foydalanish maqsadida tashkil etilgan. Yagona portalning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

    • foydalanuvchilarga davlat organlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish uchun imkoniyat berish;

    • foydalanuvchilarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa loyihalar bilan integratsiyalash;

    • foydalanuvchilarning davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirish;

    • davlat organlariga murojaat qilinganda foydalanuvchilar uchun byurokratik

    to‘siqlarni qisqartirish va ularni bartaraf etish;

    • «Elektron hukumat»ni yanada rivojlantirish va davlat boshqaruviga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda ko‘maklashish.

    Yagona portal zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida interaktiv davlat xizmatlari olishda foydalanuvchining shart-sharoitlarini rivojlantirish va imkoniyatlarini kengaytirish uchun mo‘ljallangan.

    2-rasm. Yagona interaktiv davlat portali
    Hozirgi kunda yagona portalda taqdim etilayotgan interaktiv davlat xizmatlari Litseniyalash va ruxsatnomalar, elektron to‘lovlar, Bank va Moliya xizmatlari, Uy-joy va kommunal xo‘jaligi sohasi, Axborot texnologiyalari va aloqa, Konsullik xizmatlari, Mehnat, Tadbirkorlik, Sug‘urta, Ko‘chmas mulk, Sog‘liqni saqlash, Soliqqa tortish, Arxiv, Investitsiyalar va savdo, Madaniyat va Sport, Intellektual mulk, Transport, Bojxona, Huquq va Ta’lim yo‘nalishlarida, jami - 20 ta tematik bo‘limlarga birlashtirilgan bo‘lib, ular ham o‘znavbatida tarkibiy qismlarga bo‘linadi:
    Foydalanuvchilar YAIDXPda shuningdek alohida bo‘lim-ilova orqali, vazirliklar, davlat tashkilot, idora va muassasalarining ro‘yxatiga o‘tish va ularning aloqa manzillari, rahbariyat qabul jadvallari, on-layn murojaat shakllari bilan tanishishlari, giperilovalar orqali kerakli tashkilot yoki idoraning rasmiy veb-saytiga o‘tishlari mumkin. Ishonch telefonlari bo‘limi ham portalning o‘ziga xos jihatlaridan biri bo‘lib, bu yerda hozircha 20 ta muassasaning ishonch telefonlari qayd etilgan. Undan tashqari YADXIPning o‘zida ham Qo‘ng‘iroqlar markazi (Sallcenter) tashkillangan bo‘lib, internetga ulanish imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolar mazkur funksiyadan foydalanib, o‘z murojaatlarini bayon qilishlari imkoniyati mavjud.
    Portaldan foydalanuvchi fuqaro, o‘ziga zaruriy masalada taklif, shikoyat yoki ariza bilan, mazkur masalaga aloqador mas’ul davlat idorasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat etishi mumkin. Bunda murojaat etuvchi fuqaro, istagiga ko‘ra o‘z murojaatining ko‘rib chiqilishi jarayoni qaysi bosqichga yetganligi haqida SMS ma’lumotlari orqali xabardor bo‘lib turishi, murojaatiga javobni istasa elektron pochta orqali, xohlasa, oddiy pochta orqali olishi mumkin.
    Interaktiv xizmatning mazkur shakli hozircha YAIDXPning eng ommabop xizmat turib o‘lib turibdi. Portal asosiy sahifasida, kelib tushgan va ko‘rib chiqilgan murojaatlarning statistikasini kuzatish shunday xulosaga kelishga asos bo‘lmoqda.
    Undan tashqari portalda, «Ko‘p uchraydigan savollar» bo‘limidan, foydalanuvchilar tomonidan ko‘p beriladigan, an’anaviy savollarga javob olish, yoki, qanoatlanitiruvchi javob topa olmasa, maxsus shakl orqali o‘z savoli bilan portal xodimlariga murojaat etishi mumkin. Shuningdek portalga tashrif buyuruvchilar, biror bir xizmat turi borasida o‘z takliflarini kiritishlari yoki portal faoliyati bo‘yicha mulohazalari bilan uforum.uz da fikr almashinishi mumkin. Shuningdek, yagona portalda, sohaga oid qonunchilik tizimi, kalit so‘zlar yordamida qidiruv, teglar majmuasi (buluti) kabi qulayliklarni alohida ta’kidlash joiz.
    Portaldan foydalanish uchun fuqaro, maxsus identifikatsiya tizimi – www.ID.uzda ro‘yxatdan o‘tishi zarur bo‘ladi. Foydalanuvchi www.ID.uzma’lumotlari orqali www.my.gov.uzda ham o‘z shaxsiy kabinetiga ega bo‘ladi. Shaxsiy kabinetda, zaruriy ma’lumotlarni kiritib, tahrirlab olish kerak. Chunki, davlat idorasiga murojaat etishda, murojaatchining shaxsi aniq va to‘g‘ri bo‘lishi muhim. Ko‘pincha saytlardagi boshqa nom yoki taxallus bilan ro‘yxatdan o‘tish maqsadga muvofiq emas. Shaxsiy kabinetda, murojaatchi, o‘z murojaatining ko‘rib chiqilishi bosqichi haqida yangilanib turadigan ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Shuningdek, soliq, aloqa, hamda kommunal xizmat tashkilotlaridagi shaxsiy hisob-varaqalar raqamlarini kiritib, ulardan kelgusida foydalanishga zamin yaratishi mumkin.
    Umuman olgan portaldan foydalanish ancha oson. Tashqi dizayn va navigatsiyaning engilligi, har qanday foydalanuvchilar guruhiga, zaruriy xizmatni tez va oson topish imkoniyatini beradi. Har bir xizmat turi uchun ko‘zga yaqqol tashlanadigan izohlar va tushuntirishlar berilgan.

    Download 484.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 484.5 Kb.